Ushbu uslubiy ko‘rsatma texnika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI


Download 192.31 Kb.
bet9/17
Sana18.06.2023
Hajmi192.31 Kb.
#1558145
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI

Tajriba qurilmasining sxemasi 11-rasmda ko‘rsatilgan. Issiqlik o‘tkazuvchanligi aniqlanadigan material (3) l uzunlikdagi quvurning sirtida silindrik qatlam sifatida joylashgan.


Quvurning diametri silindrik qatlamning ichki diametriga teng

d1=28 mm yo 42 mm.


Trubaning ichida elektrisitgich (2) joylashgan. Isitigichning quvvati avtotransformator (5) yordamida boshqariladi. Silindrik sirtlar temperaturasi termopara (1) yordamida aniqlanadi.


Tok kuchi va kuchlanishni tushishi ampermetr va voltmetr orqali aniqlanadi.

11-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi.
1–tekshirilayotgan material; 2–silindrik quvurning sirti; 3–elektrisitgich; 4–termopara; 5–potensiometr; 6–avtotransformator.


3. ISHNING BAJARISH TARTIBI



  1. Tajriba qurilmasining ishlashini o‘rgangandan so‘ng, qurilmani elektr tokiga ulab, 100 Vt ga sozlanadi.

  2. Issiqlik almashinish barqarorlashganda termopara ko‘rsatishi aniqlanadi.

  3. Tajribani 200 va 300 Vt quvvat uchun takrorlanadi. (O‘qituvchi ko‘rsatishiga asosan).

  4. t1 va t2 temperaturalarning o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi:



(6)



  1. Turli hil temperaturalar uchun  hisoblanadi.

  2. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini o‘rtacha temperaturaga bog‘liqlik grafigi chiziladi.



(7)
4. HISOBOTNING MAZMUNI



  1. laboratoriya ishining nomi

  2. Qisqacha nazariy ma’lumot

  3. Tajriba yakunlari

  4. Ishning yakuni bo‘yicha xulosa



Nazorat savollari:
1. Issiqlik o‘tkazuvchanlikka ta’rif bering.
2. Issiqlik izolyatsion materiallar.
3. Fure qonuni.



Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling