Ushbu uslubiy ko‘rsatma texnika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


Download 192.31 Kb.
bet12/17
Sana18.06.2023
Hajmi192.31 Kb.
#1558145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

Nazorat savollari:

1. Konvektiv issiqlik almashinuvi.


2. Issiqlik berish koeffitsiyenti.
3. Erkin va majburiy konveksiyada issiqlik berish.


6-LABORATORIYA ISHI


VERTIKAL QUVURNING ERKIN KONVEKSIYA SHAROITIDA ISSIQLIK BERISHINI ANIQLASH


ISHNING MAQSADI: Issiqlik almashinuvi jarayonlarini tajriba orqali o‘rganish.

Konvektiv issiqlik berish nazariyasining asosiy vazifasi oqim yuvib o‘tadigan qattiq jism sirti orqali o‘tuvchi issiqlik miqdorini aniqlashdir. Issiqlikning yakuniy oqimi doimo temperaturaning pasayishi tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi.


Erkin harakatlanishda issiqlik almashinuv jarayoni ko‘pchilik issiqlik qurilmalarida kuzatiladi.
10-rasmda havoning qizigan vertikal quvur atrofida harakatlanish sxemasi ko‘rsatilgan. Quvurning pastki qismida issiqlik tashuvchining quvur sirtiga bevosita tegib turgan yupqa qatlami kichikroq tezlik bilan yuqoriga ko‘tarilib, laminar oqim hosil bo‘ladi.
Shundan keyin harakatlanish davomida issiqlik tashuvchining zarralarini ilashtirib ketishi hisobiga harakatlantiruvchi qatlam qalinligi asta-sekin ortib boradi. Bunda tezlik ortadi, laminar oqim rejimi buziladi, lekin hali turbulent oqim rejimiga o‘tmagan bo‘ladi.
Bunday oqim rejimi oraliq (gajaksimon) rejim deyiladi. Oraliq oqim barqaror bo‘lmaydi, quvurning yuqori qismining hammasida oqish rejimi turbulent bo‘ladi.


2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI

10-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi.
1–quvur; 2– avtotransformator; 3– vattmetr; 4–potensiometr; 5–termopara;

Vertikal joylashgan po‘lat (1) quvurlar ichida elektrisitgich joylashgan. Quvurlardagi temperatura termopara (5) yordamida aniqlanadi. Elektrisitgichni quvvati vattmetr (3) yordamida o‘lchanib, avtotransformator (2) orqali boshqariladi.




3. ISHNING BAJARISH TARTIBI



  1. Tajriba qurilmasini ishlashi bilan tanishib chiqilgandan so‘ng, kuzatishlarni qayd etish uchun jadval tayyorlab qo‘yiladi.

  2. Elektr isitgich tokka ulanib, avtotransformator orqali quvvatini W=100Vt ga sozlanadi. Tajriba temperatura barqarorlashgandan so‘ng (40-50 min) boshlanadi.

  3. Tajriba W=150-200 Vt uchun takrorlanadi. Quvurdan konveksiya tufayli berilayotgan issiqlik miqdori quyidagi tenglikdan aniqlanadi:

Qk=Q – Qn (1)


Bu yerda: Q=W – trubadan atrof-muhitga konveksiya va nurlanish yo‘li


bilan berilayotgan issiqlik miqdori.
Quvurdan nurlanish vositasida tarqalayotgan issiqlik miqdori quyidagiga teng.


(2)
Po‘lat truba uchun
Latun uchun
Issiqlik berish koeffitsiyenti:


(3)
Issiqlik oqimining zichligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


(4)



Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling