Ushbu uslubiy ko‘rsatma texnika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


Download 192.31 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi192.31 Kb.
#1558145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

4. HISOBOTNING MAZMUNI



  1. laboratoriya ishining nomi

  2. Qisqacha nazariy ma’lumot

  3. Tajriba yakunlari

  4. Ishning yakuni bo‘yicha xulosa



Nazorat savollari:

1. Nyuton – Rixman qonuni.


2. O‘xshashlik nazariyasi.
3. Kriterial tenglamalar.
4. O‘xshash sonlar.
7-LABORATORIYA ISHI


PARALLEL PLASTINALAR ORASIDAGI NURIY ISSIQLIK ALMASHINUVI


ISHNING MAQSADI: Po‘lat, alyumin va latun plastinkalar orasidagi nuriy issiqlik almashinuvini o‘rganish.

Barcha jismlar absolyut noldan yuqori temperaturada o‘zidan fazoga to‘xtovsiz ravishda turli uzunlikdagi elektromagnit to‘lqinlar tarqatib turadi.


Nur chiqarayotgan jismning faqat temperaturasi va optik xossalari bilan aniqlanadigan nurlanish issiqlik nurlanishi deyiladi.
Jismga yutilgan issiqlik nurlari atom va molekulalarning tartibsiz issiqlik harakat energiyasiga aylanadi va jismning temperaturasini oshiradi.
Nur chiqarayotgan jismning temperaturasi ko‘tarilishi bilan nurlanish intensivligi ortadi.
Turli jismlarning nurlanish xususiyati turlicha bo‘ladi. Nurlanish xususiyati E ayni temperaturada jismning birlik yuzasidan vaqt birligi ichida =0 dan = gacha barcha to‘lqin uzunlikdagi chiqarilgan nuriy energiya miqdori Q bilan aniqlanadi.


(1)
bu yerda: F – nurlanayotgan sirt yuzasi, m2.
 – nurlanish vaqti, sek.
Jism sirtiga tushgan barcha nuriy energiya miqdori Q ning bir qismi QA jismga yutiladi, bir qismi QR undan qaytariladi, qolgan qismi QD esa jism orqali o‘tib ketadi, ya’ni
Q=QA+QR+QD (2)

(2) tenglamaning ikkala qismini nuriy energiyaning umumiy miqdori Q ga bo‘lsak, quyidagini olamiz:




(3)

(3) tenglamaning chap qismidagi nisbatlarni tegishlicha A, R, D bilan belgilasak, quyidagicha bo‘ladi:


- yutish koeffitsiyenti yoki jismning yutish xususiyati;
- qaytarish koeffitsiyenti, boshqacha aytganda jismning qaytarish xususiyati;
- o‘tkazish koeffitsiyenti, boshqacha aytganda jismning o‘tkazish xususiyati.

Bularni e’tiborga olib (3) tenglikni shunday yozish mumkin:

A+R+D+=1 (4)


Agar A=1 bo‘lsa (bu R=D=0), u holda jism o‘ziga tushadigan nurlanishni qaytarmay va o‘tkazib yubormay hammasini yutadi. Bunday jism absolyut qora jism deyiladi.


Agar R=1 bo‘lsa, (ya’ni A=D=0), jism o‘ziga tushgan barcha nurlarni qaytaradi. Bunday jism absolyut oq deyiladi.
Agar D=1 bo‘lsa, (ya’ni A=R=0), u holda jism o‘ziga tushayotgan nurlarning hammasini o‘tkazib yuboradi va absolyut tiniq jism deyiladi. Barcha real jismlar uchun A, R, D koeffitsiyentlar doimo birdan kichik bo‘ladi. Nuriy issiqlik almashinuvi nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi va juda ko‘p faktorlarga bog‘liq.
Jismlar orasida nuriy issiqlik almashinuvida yuzasi F va temperaturasi T1 hamda T2 bo‘lgan 2 parallel plastina ishtirok etsa, u holda yuza 1 dan 2 ga (T1>T2) uzatilgan nuriy issiqlikning to‘la miqdori Q ushbu formuladan topiladi.


(5)
bu yerda c - issiqlik almashinuvida ishtirok etayotgan jismlar sistemasining keltirilgan nurlanish koeffitsiyenti. (7-rasm.)

7-rasm. Parallel plastinalar orasidagi issiqlik almashinuvi.

Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling