Ushbu uslubiy ko‘rsatma texnika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI


Download 192.31 Kb.
bet11/17
Sana18.06.2023
Hajmi192.31 Kb.
#1558145
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI

Gorizontal truba (1) elektr isitgich (2) o‘rnatilgan. Isitgichni quvvati avtotransformator (6) orqali boshqarilib vattmetr (4) yordamida o‘lchanadi. Trubadagi temperatura potensiometrga (5) ulangan termopara (3) orqali aniqlanadi.


Laboratoriya xonasidagi temperatura simobli termometr yordamida aniqlanadi (9-rasm).

9-rasm. Gorizontal trubaning erkin konveksiya sharoitida issiqlik berishining aniqlash tajriba qurilmasi.


3. ISHNI BAJARISH TARTIBI



  1. Tajriba qurilmasining sxemasi chiziladi.

  2. Elektr isitgich tarmoqqa ulanib, quvvati W=60 Vt ga sozlanadi.

  3. Temperatura barqarorlashganda potensiometr ko‘rsatishi aniqlanadi.

  4. Issiqlik berish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi.



(6)

Bu yerda: Qk=Q–Qn konveksiya tufayli atrof muhitga berilayotgan issiqlik, Vt;


Q=W – elektr isitgich tomonidan atrof muhitga berilayotgan
issiqlik (konveksiya va nurlanish yo‘li bilan), Vt;
Qn – truba orqali nurlanish yo‘li bilan berilgan issiqlik miqdori, Vt.

Nuriy issiqlik oqimi quyidagi formula bilan aniqlanadi.




(7)

bu yerda: Ckelt – keltirilgan nurlanish koeffitsiyenti; Vt/m2 grad


(po‘lat truba uchun Ckelt=0,80 Vt/m2.grad);
T1, T2–truba va atrof muhitning absolyut temperaturasi, grad.



  1. W=80 Vt; W=100 Vt uchun tajriba takrorlanadi.



4. HISOBOTNING MAZMUNI



  1. Laboratoriya ishining nomi

  2. Qisqacha nazariy ma’lumot

  3. Tajriba yakunlari

  4. Ishning yakuni bo‘yicha xulosa




Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling