Ushbu uslubiy ko‘rsatma texnika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


Download 192.31 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi192.31 Kb.
#1558145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

3. HISOBOTNING MAZMUNI

  1. LABORATORIYA ISHIning nomi

  2. Qisqacha nazariy ma’lumot

  3. Tajriba yakunlari

  4. Ishning yakuni bo‘yicha xulosa



Nazorat savollari:
1. Temperatura qanday asboblarda o‘lchanadi?
2. Barometr nimani o‘lchaydi?
3. Termopara turlari.
2-LABORATORIYA ISHI


SUV BUG‘I BOSIMINI TEMPERATURAGA BOG‘LIQLIGINI ANIQLASH
ISHNING MAQSADI: O‘zgarmas hajmdagi suv bug‘ining temperaturasini bosimga bog‘liqligini o‘rganish.

Xalq xo‘jaligining turli sohalarida suv bug‘i keng qo‘llaniladi. Suv bug‘i bug‘ turbinalarida, bug‘ mashinalarida va turli hil issiqlik almashinish apparatlarida qo‘llaniladi. Moddaning suyuq holatiga o‘tishi bug‘lanish deyiladi. Bunda molekulalarning bir qismi suyuqlik yuzasidan uchib chiqadi va uning ustida bug‘ hosil bo‘ladi.


Agar bug‘lanish yopiq idishda ketayotgan bo‘lsa, u holda bug‘ miqdori muvozanat qaror topguncha, ya’ni suyuqlik va bug‘ miqdorlari o‘zgarmas bo‘lguncha ortaveradi. Bu vaqt birligi ichida suyuqlikdan chiqib ketayotgan zarralar soni shu vaqt ichida suyuqlikka qaytayotgan zarralar soniga teng degan so‘zdir. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug‘ to‘yingan bug‘ deyiladi. Muvozanat vaqtida bug‘ning zichligi o‘zgarmas bo‘ladi, bu zichlik muayyan bosimga to‘g‘ri keladi. To‘yingan bug‘ bosimi temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi. Temperatura qancha yuqori bo‘lsa, suyuqlikning shuncha ko‘p molekulalari gaz fazaga o‘tadi va bug‘ning muvozanat qaror topgandagi zichligi, binobarin, bosimi shunchalik katta bo‘ladi. Suyuqlik tegib turganda va uning ustidagi bo‘shliqni to‘yintiradigan bug‘ to‘yingan nam bug‘ deyiladi. To‘yingan nam bug‘ - bug‘ bilan juda mayda suv tomchilari aralashmasidir.
Umumiy holda to‘yinish temperaturasi tm va bosim quyidagidek bog‘langan:



2. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI VA ISHLASHI

Suv bilan to‘ldirilgan va temir g‘ilof (7) ichiga joylashgan idish (1) elektroplitka (4) ustiga o‘rnatilgan. (3-rasm.)



Temperatura termopara (2) yordamida o‘lchanadi. Idishda saqlanish klapani (6) bor. Idishdagi bosim manometr (3) bilan o‘lchanadi.


3-rasm. To‘yingan bug‘ning bosimini temperaturaga bog‘liqligini aniqlash qurilmasi.
1-temir idish; 2-termopara; 3-manometr; 4-elektroplitka; 5-lagometr; 6-saqlanish klapani; 7-temir g‘ilof.



Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling