Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor "Elektron hukumat" tizimini rivojlantrishga


Download 18.01 Kb.
bet2/2
Sana03.02.2023
Hajmi18.01 Kb.
#1156304
1   2
Bog'liq
zamonaviy AKT

Pochta tizimida AKT
Pochta jo‘natmalari yetkazilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida 2014 yili 
114ta avtomobil transporti xizmati shakllantirildi, ulardan 483 yo‘nalishda
foydalanilmoqda.2015- yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston pochtasi” AJ “PRIME” 
tizimiga ulandi. Mazkur tizim xalqaro jo‘natmalarni tez va samarali qidirish,
“IBIS” xalqaro tizimi orqali xorijiy pochta ma’muriyatlari bilan elektron ma’lumot 
almashishni yo‘lga qo‘yish orqali pochta xizmatlari sifatini oshirishga xizmat
qiladi.“O‘zbekiston pochtasi” AJning istiqboldagi asosiy vazifalaridan biri pochta 
aloqasi tizimini modernizatsiya qilish, AKT bazasida yangi xizmat turlarini joriy
etish va rivojlantirish hisoblanadi. Jamiyatda korporativ tarmoq tashkil etilib, 
uning bazasida bir nechta avtomatlashgan tizimlar ishi yo‘lga qo‘yilgan:
• elektron pul o‘tkazmalari; 
• gibrid pul o‘tkazmalari;
• to‘lovlarni qabul qilish; 
• pensiya va nafaqalarni to‘lash hisobi;
• ro‘yxatga olingan pochta jo‘natmalari va boshqalarning monitoringi. 
Korporativ tarmoqqa jami bo‘lib “O‘zbekiston pochtasi” AJning 15 filiali, 174
pochta aloqasi tarmog‘i, 1522 pochta aloqasi bo‘limi va 2758 avtomatlashtirilgan 
ish o‘rni ulangan.Toshkent viloyati va poytaxtda davriy nashrlar uchun internet
orqali obuna bo‘lish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan obuna tizimining 
sayyor
loyihasi 

amalga
oshirilmoqda.Magistral 


va
viloyatichi 

pochta
marshrutlarida harakatlanuvchi 68 avtomobilni GPS tizimi orqali masofadan 


nazorat qilish kompleks tizimi joriy qilingan.

Kadrlar tayyorlash 


Iqtisodiyotimizning turli sohalari uchun xalqaro standartlar darajasidagi AKT 


yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimni yaxshilash maqsadida
Toshkent axboro texnologiyalari universiteti bir qator yangi yo‘nalishlarda, 
jumladan, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya
texnologiyalari, televizion texnologiyalar, AKT yo‘nalishida iqtisod va menejment 
kabi yo‘nalishlarda o‘qitishni boshladi. Shuningdek, joriy yilda Prezidentimiz
qaroriga asosan, universitetda magistraturaning ikki yangi yo‘nalishi ochildi: 
“Elektron
hukumat” 
tizimi
boshqaruvi 

hamda
axborotlashtirish 


va
kutubxonachilik. 2014-yilning 1 oktyabridan Toshkentda Koreyaning Inxa 
Universiteti filiali o‘z faoliyatini boshladi. Prezidentimizning 2014 yil 24 martdagi
“Toshkent shahrida INHA universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida 
ish boshlagan mazkur o‘quv dargohi kompyuter va dasturiy injiniring, kompyuter
tarmoqlari injiniringi kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. 
O‘tgan yillar davomida TATU va filiallarining yosh va iqtidorli o‘qituvchilari
Janubiy Koreya va Germaniyada malaka oshirish kurslarini o‘tab qaytishdi. AKT 
samaradorligini oshirishda turli soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini
oshirib borish zarur. Shu maqsadda TATU qoshida elektron hukumat o‘quv 
markazi tashkil qilindi. Bu yerda davlat xo‘jaligi va boshqaruvi, mahalliy
boshqaruv organlarining xodimlari va rahbarlari o‘qitilmoqda. Bugungi kunga 
qadar davlat idoralarining xodimlaring aksariyati o‘quv kurslarini o‘tashga
muvaffaq bo‘ldilar. Albatta, bu jarayonda aholining ham savodxonligini oshirib 
borish talab etiladi. TATUning zukko talabalari tomonidan tuzilgan “Bunyodkor
yoshlar” kompyuter savodxonligi guruhi har yili iyul-avgust oylarida aholi va 
tadbirkorlarga zamonaviy texnologiyalar asoslarini o‘rgatadilar.


Download 18.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling