Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor "Elektron hukumat" tizimini rivojlantrishga
Download 18.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqzamonaviy AKT
Zamonaviy AKT Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor “Elektron hukumat” tizimini rivojlantrishga qaratiladi. Hozirgi paytda mazkur tizimning alohida elementlari muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan: • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (32,6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga olgan). • Soliq to‘lovchining portali (soliq hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash imkonini berib, bugungi kunda tizimdan tadbirkorlarning 99 foizi foydalanishmoqda). • Litsenziatning yagona portali (unda litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib- taomilllari haqidagi ma’lumotlar to‘liq taqdim qilingan). • Deklarantlarning yagona portali (tizim orqali yil boshidan buyon barcha bojxona yuk deklaratsiyalarning 99 foizi elektron shaklda ro‘yxatga olingan). • “eStat” avtomatlashtirilgan elektron statistika hisoboti tizimining joriy qilinishi natijasida firma nomlarini elektron tartibda zaxiralash ulushi 97 foizga yetdi. • Kommunal xo‘jaligi va uy-joy fondi portali murojaat va shikoyatlarni qabul qilish va qayta ishlash, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, tariflar haqidagi ma’lumotlar kabi keng turdagi xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. • E-Visa axborot tizimining joriy qilinishi evaziga xorijliklarning O‘zbekistonga vizani elektron shaklda rasmiylashtirilishi ulushi 90 foizdan oshdi. • Xo‘jalik sudlariga 35 mingdan ortiq da’vo arizasi va iltimosnoma e-Sud tizimi orqali elektron shaklda taqdim qilingan. “Elektron hukumat” tizimini kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra elektron hukumat sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, “Tadbirkor” axborot tizimi majmuasini yaratish, jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish, Milliy geografik axborotlar tizimi va boshqalarni yaratish kabi ishlar olib borilmoqda.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fuqarolar va tadbirkorlarga umumiy holatda 96 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi. Yagona portalning ma’lumotlar markazi 40 mingdan ortiq chaqiruvlarni qabul qildi. Bugungi kunda portal orqali 230ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti. 2014 yili Yagona portal orqali tadbirkorlik sub’ektlariga 45,6 ming elektron xizmat ko‘rsatildi. 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazildi, 400 bor fuqarolar davlat organlari rahbarlari qabuliga internet orqali yozilishdi.2014 yilning yanvaridan Yagona portalda yangi interaktiv xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziriga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Bugungi kunga kelib portal foydalanuvchilari mazkur xizmatdan 2,2 ming bora foydalanishdi.Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari ZiyoNET ta’lim tarmog‘iga ulangan. 2014 yilda yangilangan portal kutubxonasida o‘quv qo‘llanmalari, dissertatsiya ishlari, ilmiy maqolalar va boshqa turdagi materiallarni jamlagan 75 mingdan ortiq axborot-ta’lim resursi jamlangan. Xorijiy tillarni o‘rgatish uchun tashkil etilgan interaktiv bo‘lim 4 mingdan ortiq materiallar va ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 400 axborot resursini o‘z ichiga olgan.Respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlarini texnik jihozlash davom etmoqda. 2014 yili Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlari yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.Mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oirish doirasida dasturchilarning Milliy reyestri tuzilib, 69 mahalliy kompaniya unga kiritildi. Software.uz katalogiga 1600 mahalliy dasturiy mahsulotlar kiritildi.Dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini ishlab chiqish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tuzish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Koreyaning LG CNS kompaniyasi bilan hamkorlikni misol keltirish mumkin.Bugun axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda, ushbu sohada professional kadrlarga talab ortmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash vazifasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Download 18.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling