Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor "Elektron hukumat" tizimini rivojlantrishga
Download 18.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqzamonaviy AKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlar tayyorlash
Pochta tizimida AKT
Pochta jo‘natmalari yetkazilishi muddatlarini qisqartirish maqsadida 2014 yili 114ta avtomobil transporti xizmati shakllantirildi, ulardan 483 yo‘nalishda foydalanilmoqda.2015- yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston pochtasi” AJ “PRIME” tizimiga ulandi. Mazkur tizim xalqaro jo‘natmalarni tez va samarali qidirish, “IBIS” xalqaro tizimi orqali xorijiy pochta ma’muriyatlari bilan elektron ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish orqali pochta xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.“O‘zbekiston pochtasi” AJning istiqboldagi asosiy vazifalaridan biri pochta aloqasi tizimini modernizatsiya qilish, AKT bazasida yangi xizmat turlarini joriy etish va rivojlantirish hisoblanadi. Jamiyatda korporativ tarmoq tashkil etilib, uning bazasida bir nechta avtomatlashgan tizimlar ishi yo‘lga qo‘yilgan: • elektron pul o‘tkazmalari; • gibrid pul o‘tkazmalari; • to‘lovlarni qabul qilish; • pensiya va nafaqalarni to‘lash hisobi; • ro‘yxatga olingan pochta jo‘natmalari va boshqalarning monitoringi. Korporativ tarmoqqa jami bo‘lib “O‘zbekiston pochtasi” AJning 15 filiali, 174 pochta aloqasi tarmog‘i, 1522 pochta aloqasi bo‘limi va 2758 avtomatlashtirilgan ish o‘rni ulangan.Toshkent viloyati va poytaxtda davriy nashrlar uchun internet orqali obuna bo‘lish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan obuna tizimining sayyor loyihasi amalga
va viloyatichi pochta
nazorat qilish kompleks tizimi joriy qilingan. Kadrlar tayyorlash
yo‘nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimni yaxshilash maqsadida Toshkent axboro texnologiyalari universiteti bir qator yangi yo‘nalishlarda, jumladan, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari, televizion texnologiyalar, AKT yo‘nalishida iqtisod va menejment kabi yo‘nalishlarda o‘qitishni boshladi. Shuningdek, joriy yilda Prezidentimiz qaroriga asosan, universitetda magistraturaning ikki yangi yo‘nalishi ochildi: “Elektron hukumat” tizimi boshqaruvi hamda
va kutubxonachilik. 2014-yilning 1 oktyabridan Toshkentda Koreyaning Inxa Universiteti filiali o‘z faoliyatini boshladi. Prezidentimizning 2014 yil 24 martdagi “Toshkent shahrida INHA universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida ish boshlagan mazkur o‘quv dargohi kompyuter va dasturiy injiniring, kompyuter tarmoqlari injiniringi kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. O‘tgan yillar davomida TATU va filiallarining yosh va iqtidorli o‘qituvchilari Janubiy Koreya va Germaniyada malaka oshirish kurslarini o‘tab qaytishdi. AKT samaradorligini oshirishda turli soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish zarur. Shu maqsadda TATU qoshida elektron hukumat o‘quv markazi tashkil qilindi. Bu yerda davlat xo‘jaligi va boshqaruvi, mahalliy boshqaruv organlarining xodimlari va rahbarlari o‘qitilmoqda. Bugungi kunga qadar davlat idoralarining xodimlaring aksariyati o‘quv kurslarini o‘tashga muvaffaq bo‘ldilar. Albatta, bu jarayonda aholining ham savodxonligini oshirib borish talab etiladi. TATUning zukko talabalari tomonidan tuzilgan “Bunyodkor yoshlar” kompyuter savodxonligi guruhi har yili iyul-avgust oylarida aholi va tadbirkorlarga zamonaviy texnologiyalar asoslarini o‘rgatadilar. Download 18.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling