Услубий =ылланма ндки ы=ув-услубий кенгашининг 24


TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI


Download 438.96 Kb.
bet11/15
Sana17.06.2023
Hajmi438.96 Kb.
#1547659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Г-ка лаборu.

TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI

Shahar suv keltirish tomonidan 5 - quvur orqali 1 - idishga suv keladi. Bu suvning sarfi 2 - vintel orqali sozlanadi. Bu idishning yon tomonida 3 - quvurning ko‘rish shishasi, tagida esa uchta har xil diametrli 4 - nasadkali teshiklar bor



7.1-rasm. Suyuqlikni idish teshigidan oqib chiqishni o‘rganish qurilmasining shemasi.
Ish ikki qismdan iborat bo‘lib, 1-qismida 1-idish ichidagi suyuqlik sathi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Har safar tajribani boshlashdan oldin 1-idish ixtiyoriy balandlikkacha suvga to‘ldiriladi va shundan keyin 2-ventil yopiladi.
Ishning ikkinchi qismida suyuqlik sathi ham o‘zgarmas, ham o‘zgaruvchan bo‘lgan hollar uchun suyuqlikning sarf koeffitsienti topiladi. Idishdagi suvning sathini bir xil tutib turish uchun 7 - oqish quvuri o‘rnatilgan bo‘lib ortiqcha suv shu quvurdan chiqib ketadi. Bunda ishni bajarish davomida 2 - ventil ochiq turadi. Oqib tushgan suv sarfi 6 - o‘lchagich idish yordamida aniqlanadi. Ishning ikkinchi qismini bajarishda 1-idish tagidagi teshiklarning faqat bittasidan (eng kattasidan) foydalaniladi. Faqat bunda idish tagi tekis bo‘lgan hamda teshikka nasadka (quvur bo‘lagi) o‘rnatilgan hollar uchun sarf koeffitsienti topiladi.


ISHNI BAJARISH TARTIBI
1-QISM

Ishning 1-qismida 2-ventil ochilib, 1-idish ixtiyoriy H sathigacha suvga to‘ldiriladi va bunda ham 1-idish tagidagi teshiklar yopiq bo‘lib 6-idish tagidagi 8-ventil ochiq bo‘lishi kerak. Tanlangan H1 balandlik daftarga qayd qilinib quyiladi. SHundan keyin 1-idish tagidagi teshiklardan biri ochiladi va ayni paytda sekund o‘lchagich yuritiladi. Suv biroz oqqandan keyin teshik zudlik bilan yopiladi va sekund o‘lchagich ham to‘xtatiladi. Suvning birinchi idishdagi keyingi H2 sathi hamda sekund o‘lchagichning ko‘rsatishi daftarga yoziladi. Tajribani har qaysi teshik uchun kamida 2 marta takrorlash kerak.


Hamma o‘lchashlar tugatilgandan keyin hisobot tuzishga kiritiladi.
Idish tagidagi teshikdan suyuqlik oqib chiqqanda, uning ichidagi suyuqlik sathining H1 balandlikdan H2 balandlikka kamayishiga ketgan vaqt quyidagi tenglamadan topiladi:
(7.11)
bu erda F – idishning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2.
Barcha o‘lchangan va hisoblangan kattaliklar 7.1 hisobot jadvaliga yoziladi.
7.1-jadval



O‘lchangan kattaliklar

Hisoblangan kattaliklar

Suvning dastlabki sathi H1 (m)

Suvning keyingi sathi H2 (m)

Tajribadan olingan vaqt
, (sek)

Idishning ko‘ndalang kesim yuzasi
F, (m2)

Teshikning ko‘ndalang kesim yuzasi
F, (m2)

1
















2



















Download 438.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling