Услубий =ылланма ндки ы=ув-услубий кенгашининг 24


Download 438.96 Kb.
bet13/15
Sana17.06.2023
Hajmi438.96 Kb.
#1547659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Г-ка лаборu.

Nazorat savollari:



  1. Qanaqa quvurga quvurcha deyiladi?

  2. Quvurcha qaysi maqsadlar uchun ishlatiladi?

  3. Quvurchaning qaysi o‘lchamlarida va ko‘rinishlarida undan o‘tgan suyuqlik sarfi unumdorligi yuqori bo‘ladi?

  4. Qanaqa ko‘rinishdagi quvurchalarni bilasiz?

  5. Katta hajmdagi idishlardan suyuqlikni quvurchalar orqali oqib chiqishi uchun ketgan vaqt qaysi formuladan aniqlanadi?

  6. Quvurchadan oqib chiqayotgan suyuqlik nazariy sarfini formulasini keltiring va uni izohlang?



8-TAJRIBA ISHI

MARKAZDAN QOCHMA NASOSNI TAJRIBADA SINASH







Ishning maqsadi:
Markazdan qochma nasosning ishchi g‘ildiragi aylanish sonining o‘zgarmas qiymatida uning kompleks xarakteristikasini ko‘rishdan va tezyurarlik koeffitsientini aniqlashdan iborat.
Tajriba o’tkazish uchun kerak bo’ladigan asbob va jixozlar: ventillar vakuummetr, nasos, suv o‘lchov shishasi, sarf baki, klapan, so‘ruvchi quvur, haydovchi quvur, manometr, boshqaruv vintil. o‘lchov idishi, tushirish vintili.


QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT

Nasoslar texnikaning suyuqlik bilan ishlaydigan turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Nasoslarda suyuqlik qaysi tipdagi kuchlardan foydalanib so‘rilishiga qarab, ular dinamik yoki hajmiy nasoslarga bo‘linadi.
Dinamik nasoslar o‘zidan o‘tkazayotgan suyuqlikning kinetik energiyasini orttiradi, so‘ngra bu energiyaning ko‘proq qismini napor energiyasiga aylantiradi.
Hajmiy nasoslarda esa nasosdan o‘tayotgan suyuqlik potensial energiya ish bo‘lmasining o‘zida bo‘ladi.
Markazdan qochma nasoslar dinamik nasoslar turkumiga kiradi. Bu nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish g‘ildiragi kuraklari yordamida beriladi. Bunda parraklar orasida suyuqlik zarrachasi markazdan qochma kuch ta’sirida nasos kamerasiga intiladi. Bunday harakat natijasida ish g‘ildiragi markazida napor kamayib, ta’minlovchi idishdagi suyuqlik so‘rish trubasi orqali ko‘tariladi va ish g‘ildiraklari kuraklar orasidan chiqib ketgan suyuqlik o‘rniga yangi suyuqlik keladi. Nasos kamerasiga markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikning kelishi natijasida napor ortib, suyuqlik nasos kamerasidan haydash trubasiga ko‘tariladi. Markazdan qochma nasoslarning ishlashi shu prinsipga asoslangan bo‘ladi.
Inersiya va ishqalanish nasoslari – bu inersiya va ishqalanish kuchlari ta’sirida suyuqlikni harakatlantiradigan dinamik nasoslar guruhidir.
Hajmiy nasoslar guruhiga: porshenli, plunjerli, diafragmali, rotorli, shesternali, vintli nasoslar kiradi.
Markazdan qochma nasosning 8.1- rasmdagi ish shemasini ko‘ramiz.

8.1-rasm
Markazdan qochma nasoslarning afzalliklari: ixchamligi, massasining kichikligi,kichik masshtabda bo‘lsa ham yuqori ishlab chiqarishi, elektrodvigatel bilan bevosita ulana olishligi, suyuqlikni bir tekisda uzatishi, yoqish va boshqarish tizimining soddaligi.
Kamchiligi:kichik ishlab chiqarishdagi FIKining kichikligi, ishlab chiqarishni oshirish bilan oqimning o‘zgarishi.
Korpus (1) ni ichida val (3) ga mahkamlangan ishchi g‘ildirak (2) joylashtirilgan. Nasos korpusi naychalar (4) va (5) orqali so‘ruvchi va oqimli quvurlarga biriktirilgan. Markazdan qochma nasoslar nafaqat bir p og‘onali balki ko‘p pog‘onali ham bo‘lishi mumkin. Markazdan qochma nasosning ishlab chiqarishining o‘zgarishi bilan oqimi va quvvati ham
8.2- rasm. Markazdan qochma nasosning xarakteristikasiga oid chizma.



Download 438.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling