Uslubiy qo‘llanma analitik kimyoda organik reagentlar fanidan laboratoriya ishlari


Download 305 Kb.
bet6/12
Sana22.12.2022
Hajmi305 Kb.
#1040975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
АКОR.Laboratoriya ishlar 1 2021

Laboratoriya ishi № 2
Aluminiy va rux kationlarining organik reagentlar yordamida sifat analizi

Aluminiy kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Alyuminon — aurintrikarbon kislotaning ammoniyli tuzi C22H11O9(NH4)2 aluminiy kationlari bilan qizil rangli birikma hosil qiladi.


Probirkaga tekshiriladigan aluminiy tuzi eritmasidan 4-5 tomchi solinadi, ustiga sirka kislotaning 2N eritmasidan 2-3 tomchi va 4-5 tomchi alyuminon eritmasi (0,1% li eritmasi) qo‘shiladi.
Probirkani ichidagi aralashmasi bilan suv xammomida istiladi, so‘ng ammiak eritmasidan ishqoriy muhit hosil bo‘lguncha qo‘shiladi, keyin ammoniy karbonatning 2N eritmasidan 3-4 tomchi qo‘shiladi. Bunda qizil cho‘kma yoki qizil rang hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Reaksiyaning borish sharoiti:
- eritmadagi Fe3+ va Bi3+ kationlari bu reaksiyani o‘tkazishga xalaqit beradi;
- reaksiya eritmaning pH qiymati 8,5 yoki 9,5 bo‘lganda boradi.


Rux kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi Ditizon (Difeniltiokarbazon) (C6H5)2N4CS ning xloroformdagi eritmasi Zn2+ kationlari bilan qizil ichki kompleks birikma hosil qiladi.
Probirkaga 2-3 tomchi tekshirilayotgan rux tuzi eritmasidan solib tiniq eritma hosil bo‘lguncha natriy gidroksidning 2N eritmasidan 5-6 tomchi qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan tiniq eritmadan kichik chinni tigelga 1 tomchi solinadi va ustiga ditizonning xloroformdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shilib, erituvchining hammasi uchib ketguncha shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Zn2+ kationlari bo‘lishidan suvli eritma qizil rangga kiradi.
Ditizon rux kationini III guruxning boshqa kationlari ishtirokida ham tekshiriladigan aralashmaning ayrim ulushidan topishga imkon beradi.

Laboratoriya ishi № 3
Temir (II), temir (III), surma (III), magniy kationlarining organik reagentlar yordamida sifat analizi
Temir (III) xlorid FeCl3 asetat eritmalari bilan ta’sirlashib, qizil-choy rangidagi kompleks hosil qiladi. Bu kompleks suyultirilganda va qizdirilganda gidrolizga uchrab, qizil-qo‘ng‘ir rangli temir (II) ning asosli asetat tuzi cho‘kmasini hosil qiladi:
Fe(OH)2SN3SOO
Probirkadagi 5-6 tomchi asetat tuzi eritmasiga shuncha tomchi temir (III) xlorid FeCl3 eritmasidan qo‘shiladi va isitiladi.
Bunda qizil-qo‘ng‘ir rangli temirning asosli asetat tuzi cho‘kmaga tushadi.
Reaksiyaning o‘tkazish sharoiti:
- reaksiya eritma muhitining rN=5-8 bo‘lganda boradi;
- asetat-anionni bu reaksiya yordamida topishga SO32, I, SO32, RO43, S2 anionlari halaqit beradi. Ularni bariy xlorid va kumush nitrat yordamida cho‘ktirib, ajratiladi.

Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling