Uslubiy qo‘llanma analitik kimyoda organik reagentlar fanidan laboratoriya ishlari


Magniy kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Mg


Download 305 Kb.
bet8/12
Sana22.12.2022
Hajmi305 Kb.
#1040975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
АКОR.Laboratoriya ishlar 1 2021

Magniy kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Mg2+ kationini topish. Tekshiriluvchi eritmadan 2-3 tomchisiga ammoniy xlorid eritmasidan 2 tomchi va 4 tomchi Na2HPO4 eritmasi qo‘shiladi. So‘ng shisha tayoqcha bilan aralashtirib ammiak xidi kelguncha NH4OH ning 2N eritmasidan qo‘shiladi. Probirkaning ichki devori tayoqcha bilan ishqalanadi va aralashma 2—3 minut tinch qoldiriladi.
Magniy-ammoniy fosfat MgNH4PO4 ning oq kristall cho‘kmasi xosil bo‘lishi berilgan aralashma tarkibida Mg2+ kationi borligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, eritmadagi Mg2+ kationini boshqa reaksiyalar yordamida ham topish mumkin.
Oksixinolin C9H6NOH magniy tuzlarining ammiakli eritmalaridan Mg2+ kationini yashil-capg‘ish kristall cho‘kma magniy oksixinolyat holida ajratadi:

Probirkadagi 2 tomchi Mg2+ tuzi eritmasiga NH4C1 ning to‘yingan eritmasidan 1 tomchi, NH4OH ning konsentrlangan eritmasidan 2 tomchi, so‘ngra oksixinolinning 5% li spirtli eritmasidan 3 tomchi qo‘shiladi. Probirkadagi aralashma shisha tayoqcha bilan aralashtirilib, yashil-sarg‘ish cho‘kmaning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Reaksiyani olib borish sharoiti:
- cho‘ktirishda eritma muhitining pH ko‘rsatkichi 8—13 bo‘lishi tavsiya etiladi;
- birinchi va ikkinchi gurux kationlari Mg2+ ni bu reaksiya bilan ochishga xalaqit bermaydi;
- cho‘ktirish reaksiyasini isitish bilan olib borilishi ijobiy natija beradi.

Laboratoriya ishi № 4
Mis (II), nikel (II), kobalt (II) kationlarining organik reagentlar yordamida sifat analizi
Mis (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Mis guruxchasi va mishyak guruxchasi kationlarini vodorod sulfid ta’sirida cho‘ktirish. Tekshirilayotgan eritmaga aralashtirib turib kislotali muhit hosil bo‘lguncha NSl ning 2N eritmasidan tomiziladi va undan 8-10 tomchi ortiqcha qo‘shiladi. Kislota qo‘shilgan eritmaga qaynab turgan suv xammomida 80-90°S ga qadar isitiladi va 10 minut davomida vodorod sulfid yuboriladi. So‘ngra eritma vodorod sulfidli suv bilan suyultiriladi (distillangan sovuq suv ishlatsa ham bo‘ladi) va vodorod sulfid bilan qayta to‘yintiriladi. To‘la cho‘ktirishga (kationlar sulfidlar xolida cho‘kadi) erishilgandan so‘ng aralashma sentrifugalana­
di. Cho‘kmada mis guruxchasi va mishyak guruxchasi kationlari sulfidlari bo‘ladi. sentrifugat (1) tashlab yuboriladi.
Tarkibida mis guruxchasi bor cho‘kmani analiz qilish. Cho‘kma (II) bir necha tomchi NH4 C1 aralashgan vodorod sulfidli suv bilan yuviladi. Yuvilgan cho‘kmani chinni kosachaga solinadi va unga katalizator KNO2 kristallaridan 1-2 dona qo‘shilib, HNO3 ning 2N eritmasida qizdirish bilan eritiladi. Erimay qolgan qismi sentrifugatlanib, cho‘kma (III) ajratiladi. Cho‘kma (III) da HgS, sentrifugat (III) da Cu2+, Bi3+, Cd2+ kationlari bo‘ladi.



Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling