Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so


Download 38 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi38 Kb.
#1608390
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu.Adabiy nutq uslublari

5-topshiriq. O‘qing. Gaplarni ko‘chiring va qaysi uslubga xosligini ayting.
1. Qorda ko‘milgan izni dadam ko‘ribdi shekilli, kechqurun oyimdan so‘radi:

  • Kimga ko‘mir berding?

Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi.

  • Habiba oyi shamollab qopti. Ko‘miri yo‘q ekan, oborib berdim.

Dadam oyimni urishmadi. (O‘ Hoshimov).
2. Ona tili hayotning qon tomiridir. Ona tiliga beparvo bo‘lgan xalq halokatga mahkum. Diniga, ma’rifatiga, xulq-atvoriga, kiyim-kechagiga va hayot tarziga ko‘ra o‘zaro ko‘p mushtaraklikka ega bo‘lgan Ovro‘pa xalqlari, shunga qaramay, har qaysisi ona tilini saqlab qola bilgan. Ular ona tillari uchun jonlarini ham, mollarini ham ayamaydilar, chunki biladilarki, tili yo‘q bo‘lsa, millat ham yo‘q bo‘lib ketadi (I.G‘asprali). 3. Bahor Unsiyaga odatdagidan erta kelgan: allaqachon dov-daraxtlar yaproq yozgan, atirgullar, ra’no-nargizlar barq urib ochilgan, jambilu rayhonlar bo‘liqlashgan, sokin xiyobonlarda tovuslaru rayhonlar anjuman qilar edilar… Chorbog‘ o‘rtasida tushgan, devorlaridan tortib gumbazlariga qadar turfarang koshinlar zarblangan ko‘shk ayvonida, qalin-yupqa jildlar terilgan miz yonida tizzalagan Amir Alisher halidan beri o‘yga cho‘mgancha mo‘jiza sanalmish ushbu manzaradan nigoh uzmas edi (A.Dilmurod).
6-topshiriq. Ishga kirish, ishdan bo‘shash, mehnat ta‘tiliga chiqish mazmunida arizalarga namuna keltiring.
Ariza va uning turlari: ishga kirish, ishdan bo‘shash, mehnat ta’tiliga chiqish, o‘z hisobidan ta’til so‘rash, moddiy yordam, davolanish yoki dam olish uchun yo‘llanma, farzandini bog‘chaga, maktabga berish uchun yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjatlardir.
Arizaning zaruriy qismlari: ariza yo‘llanayotgan tashkilot, rahbar familiyasi, ismi, otasining ismi, ariza matni, ilova hujjatlar ro‘yxati, ariza yozgan shaxsning imzosi, familiyasi va sanasi yozib ko‘rsatiladi.
7-topshiriq. Bildirishnoma haqidagi ma’lumotlardan foydalanib bank boshqaruvchisiga bildirishnoma yozing.
Bildirishnoma: bildirishnomaning zaruriy qismlari: tashkilot rahbari familiyasi, hujjat yozayotgan kishining lavozimi, familiyasi va hujjat matni, ilova hujjat hajmi va nusxasi ro‘yxati, tuzuvchilarning imzo va familiyasi hamda sana keltiriladi. Bildirishnoma tashabbus, axborot, hisobot xususiyatiga ega, korxona doirasida va yuqori tashkilot, mansabdor shaxslar nomiga yoziladi.


Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling