Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so
-topshiriq. Matn namunalarini o‘qing va bir-biriga qiyoslang
Download 38 Kb.
|
9-mavzu.Adabiy nutq uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
- 4-topshiriq.
1-topshiriq. Matn namunalarini o‘qing va bir-biriga qiyoslang.
So‘zlar va ularning ma’nolaridagi farqlarni izohlang. Texnika — yunoncha so‘z bo‘lib, san’at, mahorat degan ma’noni bildiradi. Texnika — inson faoliyati vositalari majmui. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish va jamiyatning turmush talablarini qondirishga xizmat qiladi. Ba’zan biror faoliyatdagi mahorat va usullar ham texnika deb ataladi. (Masalan, milliy kurash texnikasi). Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida insoniyatning bilimi va ishlab chiqarish tajribasi texnikada mujassamlanadi. Texnika insonning og‘ir mehnatini yengillashtiradi. Shirin muomalada bo‘lish har bir kishining burchidir. Odamlar bir-birlarining qalbiga yaxshi va shirin so‘z orqali yo‘l topadilar. Ammo inson qalbiga so‘zni o‘z holicha singdirib bo‘lmaydi. Buning uchun o‘zingizga libos tanlagan kabi so‘zni ham pardozlaysiz. So‘zingizga libos sifatida ohang kiydirasiz, gapingiz go‘zal so‘zlardan tashkil topsin. Ortiqcha har bir so‘z noo‘rin ichilgan dori kabi zararlidir. Har bir kishi so‘zning qadrini baland tutsin, samimiy va jarangdor so‘zni sog‘inib yashasin. 2-topshiriq. Quyidagi terminlar asosida ilmiy uslubga xos matn tuzing. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring. Neft, o’zgaruvchan tok, akustik to’lqin, lazer, sxema, asbob, yarimo’tkazgich, transistor, stansiya 3-topshiriq. Quyidagi gaplarda so‘z tartibining buzilishi bilan bog‘liq uslubiy xatolarni aniqlang, ularni o‘z o‘rniga qo‘yib ko‘chiring. Astoydil fermer xo‘jaligi a’zolari mehnat qilmoqdalar. 2. Biz xalq shevalarini tasvirlaymiz va o‘rganamiz. 3. Texnika – chinakam dehqonning do‘sti. 4. U suv ichdi va qaynatdi. 5. Muharrir bo‘lib ishlayman jurnalda. 6. Nigora Ahmedovaning yaqinda quvonchli hodisa hayotida yuz berdi. 4-topshiriq. Matnni ifodali o‘qing. Uning publisistik uslubni shakllantiruvchi nutq vositalarini aniqlang. Darvoqe, biz, ko‘plarimiz hayotlik chog‘larida ota-onamizning qadriga yetamizmi, hurmatini o‘rniga qo‘yamizmi, axir ular bizni deb sog‘liqlaridan kechishgan, tunlarni bedor o‘tkazishgan. Ko‘p mashaqqatlar chekishgan. Ne-ne to‘siqlarni yengishgan va oxir-oqibatda kuch-quvvatdan qolishgan. Asablari ishdan chiqqan. Ko‘ngillari yarimta bo‘lib qolgan. Tabiiyki, bunday holatda ular o‘g‘il-qizga munosabatda, muomalada gap-so‘zda ehtimolki, xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin, ana shunday paytda biz ularni to‘g‘ri tushunamizmi, ularni kechira olamizmi, oshiqmay, asabiylashmay xushmuomalalik bilan fikrimizni tushuntira olamizmi? Men dunyodan, hayotdan, kelajakdan, puf-puflab, avaylab – oq yuvib, oq tarab o‘stirayotgan farzandlarining orzu-havasini ko‘rishdan, ularning kelajakda baxtli bo‘lishidan umidvor bo‘lgan odamlardan, yigit va qizlardan bu haqda chuqur o‘ylab, mushohada qilib ko‘rishlarini istar edim. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling