Uslubiyat va nutq uslublari tasnifi


Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi


Download 109.08 Kb.
bet5/6
Sana16.11.2023
Hajmi109.08 Kb.
#1782205
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI

Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi:
Sof ilmiy uslub
Ilmiy- ommabop
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo'ljal- lanadi. Shu bois bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi. Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yet- kazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi.
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yet- kazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi.
Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq malumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta'riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko'radi. Kitobxonning his-tuyg'ulariga emas, ongiga ta'sir etadi. Ilmiy uslubda so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo'laklar, kirish so'z va iboralar, shuningdek, qo'shma gaplardan ko'proq foydalaniladi.
Ilmiy uslubga misollar:
Tobe so'zning hokim so'z talabiga ko'ra ma'lum kelishik qo'shimchalari yoki ko'makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
Atomlar kimyoviy bo'linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt; barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo'lib, muayyan nutqiy qolip, qat'iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.
Nazariy matn
Hozirgi kunda ishga kiruvchilardan, odatda, rezyume ma'lumotnoma so'raladi. U ish qog'ozlaridan, rasmiy uslub janrlaridan biri. Uning birinchi sahifasida shaxsning surati, ismi, otasining ismi va familiyasi, tug'ilgan joyi, qayerda ta'lim olganligi, ma'lumoti, qayerda va qanday tashkilot(lar)da ishlaganligi, mukofotlar olgan/olmaganligi, harbiy xizmatga aloqasi, qaysi chet tillarini bilishi kabilar aks etadi. Orqa sahifada shaxsning yaqin qarindoshlari: ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, (agar turmush qur- gan bo'lsa) turmush o'rtog'i, qaynata-qaynanasi hamda farzandlari haqida ma'lumot beriladi. Rezyume - ma'lumotnomada ma'lumotlar aniq va to'g'ri berilishi

Download 109.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling