PUBLISISTIK USLUB
Publitsistik uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo'lishlik, hozirjavoblik, ta'sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masala- larga harakatchanligi tufayli, unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar ko'proq qo'llaniladi.
Masalan:
isyon, irqchilik, qo'poruvchilik, siyosiy tanglik, bitim, reja, qurultoy, anjuman, kengash, hukumat rahbarlari, davlat va boshqalar.
- Publitsistik nutqda ta'sirchan so'z va birikmalardan, maqol va hikmatli so'zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo'laklari odatdagi tartibda bo'ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi: darak, his- hayajon va ritorik so'roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so'z va birikmalardan foydalaniladi.
Publitsistik nutq uslubiga misol:
Siyosiy tutqunlik og'ir, lekin milliy o'lim millatning butkul halokatidir. O'zbek xalqi o'tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy tutqunlikka tushdi, biroq milliy qiyofasini yo'qotmadi.
Yer qish uyqusidan uyg'ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi.Ariqlarning bo'yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi.
Vatan, istiqlol, ma'naviyat... Bu so'zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so'zlardir. Agar insonda shu so'zlarning birortasi yo'q bo'lsa, hayotning qayeridir kemtik bo'lib turaveradi.
Ma'lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo'l bilan tinglovchiga estetik ta'sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi.
Nazariy matn
Badiiy uslub - uslublarning eng murakkabi. Unda muallif asarning go'yaviy mazmuni va o'z maqsadidan kelib chiqib turli uslub unsurlarini qorishiq holda qo'llashi mumkin. Masalan, O'ktam Usmonovning Girdob" romanida qishloq xo'jaligiga oid terminlar, ilmiy ma'ruza (nutq) ko'p uchraydi. Badiiy uslubning asosiy xususiyati bo'yoqdor til birliklaridan, ko'chma ma'noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi. Bu uslubda jumlalaming qisqargan shakli, ritorik so'roq gaplar, yig'iq va to'liqsiz, bo'laklar o‘rni almashgan gaplar cheklanmagan holda qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |