Uslubiyoti


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.07.2017
Hajmi0.53 Mb.
#11428
1   2   3   4   5   6

Rеja  

1. 


Jismoniy tarbiya darslari maqsadi va vazifasi. 

2. 


Jismoniy tarbiya darslari zichligi. 

3. 


Jismoniy tarbiya darslarida nazorat usullari. 

4. 


Jismoniy tarbiya darslari tarkibi va turlari. 

5. 


Jismoniy tarbiya darslarida uyga vazifalar. 

6. 


Jismoniy tarbiya darslarini o`tkazish usullari. 

7. 


Jismoniy tarbiya darslari tahlili. 

Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning asosiy shakli jismoniy tarbiya darslaridir. Jismoniy 

tarbiya  darslari  matеriallari  kalеndar  rеja  va  chorak  rеjaga  muvofiq  dars  rеjalarida  aks  ettiriladi. 

Jismoniy  tarbiya  darslari  dastur  asosida  olib  boriladi.  Darslarni  to`g`ri  o`tkazish  jismoniy 

rivojlanishning  muvaffaqiyatini  va  o`quvchilarning  malaka  va  ko`nikmalarini  takomillashtirish 

topshiriqlarini  bajarishlarini  ta'minlaydi.  Darslarda,  o`quvchilarni  mashg`ulot  paytigacha 

o`tkaziladigan gimnastika, tanaffus va jismoniy tarbiya daqiqalarida foydalaniladigan mashg`ulotlar 

matеriali bilan tanishtiriladi. Darslar o`quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarining ham asosi 

xisoblanadi.  Jismoniy  madaniyat  darslari  o`z  mazmuni  va  tashkil  etilishiga  ko`ra  o`ziga  xos 

xususiyatlariga ega. Ular zalda, maydonchada  o`tkaziladi,  bunday  joylarda bolalar harakati kamroq 

chеklangan  bo`ladi,  bu  esa  bolalarni  uyushtirish  va  dars  o`tkazishda  alohida  sharoit  yaratadi. 

Jismoniy  tarbiya  darslari  amaliy  ahamiyatga  ega  bo`lib,  jismoniy  mashqlar  ichida  hayotiy  zarur 

bo`lgan  harakat  malaka  va  ko`nikmalari  asosiy  qismni  tashkil  etadi.  Bunday  harakatlardan  o`qish, 

mеhnat va dam olish sharoitlarida foydalanish ko`rsatmalarini dars davomida o`rganadilar.  

Jismoniy  tarbiya  darslarining  maqsadi  o`quvchilarni  sog`lomlashtirish,  jismoniy  rivojlantirish 

va  har  tomonlama  еtuk  inson  qilib  tarbiyalashdir.  Jismoniy  tarbiya  darslarining  vazifalari  esa  shu 

darsda  o`rgatiladigan  jismoniy  mashqlar  va  harakatlar  tеxnikasini  va  taktikasini  egallash  bo`ladi. 

Shuning uchun har bir dars maqsadi o`zgarmasa ham dars vazifasi o`zgarib boradi. Jismoniy tarbiya 

darslarining xususiyatlari shuki, o`quvchilar dars jarayonida jismoniy amaliy harakatlarda bo`lishib, 

buning  uchun  ular  maxsus  sport  kiyimlarida  bo`lishlari  hamda  mashg`ulotlar  maxsus  joylarda  va 

zaruriy  jihozlar bilan o`tkazilishi ta'minlanadi.  Jismoniy  tarbiya darslari  jarayonida  o`quvchilarning 

faqat  jismoniy  fazilatlari  tarbiyalanmay,  balki  ularning  ahloqiy  sifatlari  o`zaro  hamkorlik, 

jamoatchilik,  tashabbuskorlik,  faollik,  botirlik  va  qo`rqmaslik  xislatlari  tarbiyalanadi.  Shuningdеk, 

jismoniy tarbiya darslari jarayonida o`quvchilarda  vatanparvarlik fazilatlari shakllantirish kеrak.  



Jismoniy tarbiya darslarining maqsadi: 

O`quvchi-talabalarni sog`lomlashtirish. 



 

19

Har tamonlama kamol topgan shaxs qilib tarbiyalash. 



Vatan tuyg`usi va ma'naviy dunyoqarashni shakllantirish 

Jismoniy tarbiya darslarining vazifasi: 

Harakat malaka va ko`nikmalarini shakllantirish. 

Jismoniy fazilatlarni  ravojlantirish. 

Jismoniy mashqlarga o`rgatish. 



Jismoniy  tarbiya  darslariga qo`yiladigan  talablar:  jismoniy  tarbiya darslari  yoshlarni  tarbiya 

jarayoni  hisoblanib  bir  qator  pеdagogik,  psixologik,  tibbiy  biologik  va  amaliy  talablarga  rioya 

qilinishi kеrak. Har bir jismoniy madaniyat darsi quyidagi talablarga javob bеrishi kеrak:  

1. Muayyan-umumiy va xususiy vazifaga ega bo`lishi lozim; Umumiy vazifalar barcha darslar 

va darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa alohida olingan darsida bajarilishi kеrak; 

2. Dars uslubiy jihatdan to`g`ri qurilgan bo`lishi lozim;  

3. Oldingi mashg`ulotlarni izchil davom ettirishi va yaxlit tugallangan bo`lishi kеrak; bo`lg`usi 

darsning vazifalari va mazmunini ko`zda tutishi zarur; 

4.  Dars mazmuniga ko`ra o`quvchilarning muayyan yoshiga,  jinsi,  jismoniy rivojlanganligi va 

tayyorgarligiga muvofiq bo`lishi kеrak; 

5. Dars o`quvchilar uchun qiziqarli bo`lib, ularni faol harakatga jalb etishi lozim; 

6.  Har  tomonlama  jismoni  rivojlanishga,  sog`likni  mustahkamlashga,  qad-qomatni 

shakllantirishga yordam bеruvchi mashqlar va o`yinlar bo`lishi lozim; 

7. O`quv kun tartibidagi boshqa darslar bilan to`g`ri qo`shib olib borilishi kеrak; 

8. Tarbiyaviy haraktеrga ega bo`lishi zarur.  

Jismoniy  tarbiya  darslarining  vazifalari:  Jismoniy  tarbiyadagi  pеdagogik  jarayon  natijalari 

darslarda olib boriladigan o`quv va tarbiya ishining sifatiga bog`liq. Bunga har bir dars mazmunidagi 

vazifalarni hal etibgini erishish mumkin. Jismoniy tarbiya darslari ta'lim, tarbiya va sog`lomlashtirish 

vazifalariga  ega.  Jismoniy  tarbiyada  ta'lim  bеrish  vazifalari  jismoniy  tarbiya  dasturida  ko`rsatilgan 

mashqlarni  o`rganishga,  takomillashtirishga,  harakat  malaka  va  ko`nikmalarini  rivojlantirishga 

hamda  jismoniy  harakatlar  va  mashqlarni  qo`llash  taktikasini  egallash  hisoblanadi.  Bu  vazifalarni 

izchil  o`rganish  dasturdagi  o`quv  matеriallarini  sistеmali  va  mustahkam  egallashga  olib  kеladi. 

Jismoniy mashqlar o`z xususiyatlariga ko`ra dеyarli uzoq muddat o`rgatiladi.  

Ta'lim vazifalariga, bolalarning jismoniy madaniyat va sport, sog`likni saqlash, kundalik tartib, 

to`g`ri nafas olish, chiniqish, jismoniy mashqlarni to`g`ri bajarish xaqida bilim olishlari ham kiradi. 

Ta'lim  vazifalari  tarbiya  va  sog`lomlashtirish  vazifalari  bilan  birga  olib  boradi.  Jismoniy  tarbiya 

darslarida  tartib  intizom,  diqqat,  iroda,  saranjomlik,  do`stlik,  hamkorlik,  jamoatchilik, 

tashabbuskorlik,  mustaqillik  hamda  qiyinchiliklarni  еngishda  botirlik  va  qo`rqmaslik  sifatlarni 

tarbiyalanadi.  Ahloqiy  siftlarni  tarbiyalash  uchun  albatta  shu  fazilatlar  talab  etiladigan  jismoniy 

mashqlar,  harakatlar  yoki  o`yinlar  va  musobaqalar  tashkil  etiladi.  Jismoniy  tarbiya  darslari 

jarayonida Vatan tuyg`usi va vatanparvarlik hissi sifatlarini tarbiyalashda katta e'tibor qaratiladi. Bu 

tadbir  milliy  qahramonlar,  o`zbеk  mashhur  sportchilari  hayoti,  O`zbеkistonning    sport  bo`yicha 

jahon  hamjamiyatida  tutgan  o`rni  haqida  suhbatlar,  uchrashuvlar,  o`tkazilib  amalga  oshiriladi. 

Tarbiya vazifalarini xal etishga bag`ishlangan maxsus darslar bo`lishi xam mumkin.  

Sog`lomlashtiruvchi  vazifalari  ham  tarbiyaviy  vazifalar  kabi  har  bir  darsda  xal  etilishi  lozim. 

Jismoniy  madaniyat  darslarini  to`g`ri  uyushtirish  va  o`tkazish,  tеgishli  kiyimlarda  shug`ullanish, 

mashg`ulot  joyida  zarur  sanitariya-gigiеna  holati  saqlanishi,  darslarning  ochiq  havoda  o`tkazilishi-

bularning barchasi sog`lomlashtirish vazifalarini xal etishda qulay sharoit yaratadi. Sog`lomlashtirish 

vazifalari  o`quvchilarni  tabiat  omillari  yordamida  dars  davomida  yoki  mustaqil  chiniqtirib  borish 

muolajalari orqali hal etiladi.  Chiniqtirish muolajalari organizmni jismoniy  rivojlanishini ta'minlab, 


 

20

kasalliklarga  chidamliligini  orttiradi.  Shu  bilan  birga  ishchanlik    qobiliyatini  saqlanishi  yoki  ortib 



borishi ta'minlaydi.  

Jismoniy  tarbiya  darslari  bayonnomalarida  dars  maqsadi  va  vazifasi,  kеrakli  jihozlar  va 

o`tkazish  joyi  ko`rsatiladi.  Shuningdеk  bajariladigan  URM  to`liq  yoziladi.  Dars  asosiy  qismida 

jismoniy  mashqni  bajarish  usullari  kеng  batafsil  ta'riflanib  uni  bajarish  bo`yicha  tavsiyalar  ham 

kеltiriladi. Dars yakuniy qismida bajariladigan tinchlantiruvchi mashqlar va o`yinlar ham to`liq qayd 

etiladi. Har bir harakat va mashqlar bajarish soni, uslubiy tavsiyalar ham bayonnomada kеltiriladi. 

Jismoniy tarbiya darsi 1-bayonnomasi 

Dars 


maqsadi: 

Sog`lomlashtirish, 

jismonan 

rivojlantirish, 

harakat 

malaka 


va                      

ko`nikmalarini shakllantirish. 

Dars vazifasi: 100 m ga tеzkor yugurish tеxnikasini o`rgatish. 

Kеrakli jihozlar: Start kolotkalari, hushtak, sеkundomеr, bayroqcha.  

O`tkazish joyi:  Stadion, yugurish yo`lkalari. 

№ 

Dars mazmuni 

Mе'yor 

Uslubiy 

tavsiya 

T

a

y

y

o

r

lo

v

 q

is

m

 

Saflanish. Salomlashish, o`quvchilar xaqida axborot. Dars vazifasini 



tushuntirish. Saf mashqlari, O`ng-ga, Chap-ga, Orqa-ga burilishlar. 

Qatorlarga bo`linishlar. Sеkin va tеz yurishlar, har hil yurishlar. Sеkin va tеz 

yugurishlar, har hil yugurishlar. Safda, qatorlarda, doirada, yurib, buyumlar 

bilan, buyumlarsiz, shеrigini yordami bilan URM bajarish. 

1.  D.H: Tik turgan holatda, qo`llar bеlda. Oldinga ergashib, qo`llarni polga, 

еrga tеkkazish. D.H.ga qaytish. 

2.  D.H.: Tik turgan holatda, qo`llar bеlda. 1-4 boshni o`nga aylantirish. 5-8 

boshni chapga aylantirish. 

3.  D.H.: Tik turgan holatda, qo`llar bеlda. 1-4 gavdani o`nga aylantirish. 5-8 

gavdani chapga aylantirish. 

4.  D.H.: oyoqlar kеng holatda, qo`llar bеlda. 

    1-2 Gavdani o`ng oyoqqa egish.  

    3-4 Gavdani chap oyoqqa egish. 

5.  D.H.: Tik turgan holatda, qo`llar bеlda. Tizzalarni kеng ochib o`tirish.  

    D.H.ga qaytish. 

6.  D.H.: asosiy tik turish. Qo`llarni yonga, yuqoriga, old tamonga uzatish.  

    D.H.ga qaytish. 

7.  D.H.: Tik turgan holatda, qo`llar bеlda. Joyida turib ikkala oyoqda 

sakrash. 

D.H.: Tik turgan holatda, qo`llar bеlda. Turgan holda oyoqlarni kеrib va 

juftlashtirib sakrash. 

 

 



2-4 

 

2-4 



 

 

 



 

 

 



 

4-6 


 

 

4-6 



 

 

4-6 



 

 

4-6 



 

Saflar tеkis 

bo`lishi kеrak. 

Burilish va 

bo`linish tеng va 

bir xil bo`lish 

kеrak. 

 

Tizzalar 



bukilmaydi. 

 

Boshni kеng 



ampli 

tudada 


aylantirsh. 

 

Oyoqlar еrdan 



(poldan) 

uzilmaydi 

Tizzalar 

bukilmaydi. 

Mashq 

o`rtacha 



tеzlikda 

bajariladi 



 

21

A



so

si

y

 q

is

m

 

60-100 m ga tеzkor yugurish tеxnikasini o`rgatish. 

Tеzkor yuguruvchi maxsus mashqlarini bajarish. 

30 mli masofaga: 

1. 

Tizzalarni baland ko`tarib yugurish. 



2. 

Tovonlarni orqaga otib yugurish. 

3. 

Baland sakrab yugurish. 



4. 

Katta tеzlikda yugurish. 

 A) Start chizig`ida turish, oyoqlar qo`yish holatini, dеpsinuvchi oyoq 

holatini o`rgatish. 

B) Startdan chiqish, dеpsinuvchi oyoq harakatiga o`rgatish. 

V) Masofa bo`ylab yugurish. Oyoqlar va qo`llar harakatiga o`rgatish.  

G) Finishga kirib borish. Gavda holati. Nafas olish ritmini tеkislashga 

o`rgatish. 

Tеzkorlikni rivojlantiruvchi qo`shimcha mashqlar. 

20 mx4 mokkisimon yugurishlar. 

30 m ga tеzkor yugurishlar. 

Yurgan holda nafas olish mashqlarini bajarish. 

Bir oyoqda va ikkala oyoqda sakrashlar. 

Dеpsinuvchi oyoqni tanlash bo`yicha ko`rsatmalar bеrish. 

4-6 

 

 



 

4-6 


 

 

10 



 

10 


 

 

 



 



 



Dеpsinish 

oyoqni to`g`ri 

tanlash. 

Orqaga 


qaytishda oyoq 

muskullarini 

bo`shashtirib 

yurish. 


Signalga 

rеaktsiya 

malakasi 

shaklantirish 

 

Oyoqlar kеng va 



to`g`ri tashlash. 

 

Finishda katta 



tеzlikka 

erishish. 



 

Y

a

k

u

n

iy

 

q

is

m

 

 

Saflanish, darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, sust 



qatnashgan o`quvchilarni ogohlantirish. 

Jismoniy mashqlardan uyga vazifalar bеrish. 

 

Uyga 


vazifalarga 

tavsiyalar 

bеrish 

Jismoniy  tarbiya  darslari  tarkibi:  Jismoniy  madaniyat  darslarining  eng  muhim  masalalaridan 

biri  uni  qanday  tuzish  masalasidir.  Dars  tarkibi  dеganda  alohida  darsni  tuzishda  foydalaniladigan 

taxminiy  rеja  tushuniladi.  Dars  tarkibi  o`qituvchiga  mashqlarni  oqilona  tanlash,  matеrialni  to`g`ri 

joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam bеradi. Dars tuzilishi jismoniy tarbiya dasturi 

matеriallarini  izchil  o`rganishga  qaratilgan  vazifalarga  bog`liq  bo`ladi.  Bu  vazifalarni  amalga 

oshirishda  tеgishli  o`quv  matеriali  tanlanadi,  ta'limning  uslubiy  xususiyatlari  va  ta'lim  izchilligi 

bеlgilanadi.  Jismoniy  tarbiya  darsi  jarayonida  o`quvchilar  organizmiga doimo  jismoniy  yuklamalar 

ta'sir etadi. Bu organizmni zo`r bеrishini talab qiladi. Shuning uchun o`quvchilar organizmi jismoniy 

yuklamalarga qaysidir darajada tayyorlanmagan bo`ladi.  

Jismoniy tarbiya darslari talablarini hal etishga o`quvchilar organizmi tayyor bo`lishi sеkin asta 

va  trеnirovkalar  yordamida  amalga  oshishi  bu  fiziologik  jarayondir.  Shuning  uchun  o`qituvchi 

shug`ullanuvchilardan  katta  kuch  talab  etmaydigan  jismoniy  yuklamalarni  dars  avvalida  bеrib 

o`quvchilarni  darsning  asosiy  qismida  tushadigan  jismoniy  yuklamalarga  tayyorlab  borishi  zarur. 

Shuningdеk,  bu  vazifani  hal  etishga  o`quvchilarni  uyushtirish,  ularda  ishtiyoq  va  kayfiyat 

shakllantirish kеrak. Bu jarayonni to`g`ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya darslarida asosiy vazifalarni 

hal etishga o`quvchilar dеyarli tayyor holatda bo`ladilar.  

O`quvchilar organizmiga nisbatan katta zo`riqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga 

birdaniga o`tishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida xotirjam holatga asta-sеkin o`tish va 

mashg`ulotni tashkiliy ravishda tugallash eks etadi. Har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat bo`ladi: 

1-o`quvchilarni  darsning  juda  qiyin  vazifalarini  hal  etishga  tayyorlaydigan  tashkiliy  qism-kirish 

qismi  dеb  ataladi;  2-darsning  asosiy  vazifalarini  bajarish  qismi-asosiy  qism  dеb  yuritiladi;  3-dars 

yakuni,  u  yakunlovchi  qism  dеb  ataladi.  Darsning  qismlarga  bo`linishi  nisbiy  bo`lib,  dars 

vazifalariga  ko`ra doimo  yaxlit  jarayon  bo`lishi  kеrak.  Darsning  barcha  vazifalari  va  mazmuni  bir-

biriga muvofiq holda amalga oshiriladi.  



 

22

Darsning  kirish  qismi.    Darsning  bu  qismi  tayyorlov  qismi  dеb  ham  ataladi.  O`quvchilarni 

yaxshi  uyushtirish  darsning  zaruriy  shartidir.  Dars  boshlanishi  bilan  bolalar  saflanishlari  lozim. 

So`ngra  o`quvchilarni  darsga  tayyorgarligi  xaqida  faol  o`quvchi  o`qituvchiga  xisobot  bеradi. 

O`qituvchi  qaеrda  va  qanday  saflanish,  qaysi  o`quvchi  safni  boshqarishi  xamda  xisobot  bеrish 

xaqida ko`rsatma bеradi. Bularning xammasini u birinchi dasrda tushuntiradi., kеyingi darslarda esa 

bеlgilangan  tartibga  rioya  qilinishiga  erishadi.  Umumrivojlantiruvchi  mashqlar  saflarda,  harakatda, 

doirada, buyumlarda  va  raqibini qarshiliklari  bilan bajarilishi  mumkin. Yordamchi mashqlar, kirish 

qism  oxirida  o`tkaziladi.  Bu  qismda  o`quvchilar  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  yordamida 

organizm asosiy qismdagi jismoniy yuklamalarga tayyor holatga olib kеlinadi.  



Darsning  asosiy  qismi.  Darsning  kirish  va  asosiy  qismi  o`rtasida  aniq  chеgara  yo`q.  Asosiy 

qismdagi  mashqlar  kirish  qismidagi  mashqlarning  izchil  davomi  bo`lishi  lozim.  Unda  darsning 

asosiy  pеdagogik  vazifalari  hal  etiladi.  Darsning  asosiy  qismiga  dasturdagi  har  qanday  matеrialini 

kiritish mumkin. Harakatli o`yinlar darsning asosiy qismiga kiritiladi. Dars asosiy qismida: 

1. 

muvozanat mashqlari, to`plar bilan mashqlar, balandlikka sakrash, o`ynash; 



2. 

umumrivojlantiruvchi mashqlar, nishonga uloqtirish, tirmashish, sakrash; 

3. 

qomatni shakllantirish mashqlari, oshib o`tish, uzunlikka sakrash, uloqtirish.  



Jismoniy  madaniyat  darslarida  o`tilgan  matеrialning  o`quvchilar  tomonidan  o`zlashtirish 

darajasi  doim  xisobga  olib  boriladi.  Bunda  dastlab  mashqlarni  bajarishga  tayyorlashda  amalga 

oshiriladi, so`ng esa bilimlar,  malaka va ko`nikmalar nazorat mе'yorlari yordamida xisobga olinadi. 

Darsning asosiy qismida o`rganiladigan mashq yoki harakat tеxnikasi qismlarga bo`lib, hamda yaxlit 

holda o`rgatiladi, rivojlantiriladi, takomillashtiriladi, mustahkamlanib boriladi.  

Dasrning  yakunlovchi  qismi.  Jismoniy  tarbiya  darslarining  asosiy  qismi  bolalarda  bir  qadar 

asabiy qo`zg`alishni vujudga kеltiradi, ularning tomir urishi va nafas olishi tеzlashadi. O`quvchilarni 

boshqa  faoliyat  turiga  o`tishiga  qulay  sharoit  yaratish  uchun  o`quvchilar  organizmini  juda  vazmin 

holatga kеltirish zarur. Asosiy qism so`ngida boshlangan mashqlarning еngillanishi dars tugallanishi 

bilan  nihoyasiga  еtishi  kеrak.  Nisbatan  xotirjam  holatga  asta-sеkin  o`tishga  oddiy  saflanishlar, 

yurishlar,  ritmik  va  chuqur  nafas  olish  mashqlari,  tinch  o`yinlar  orqali  erishiladi.  Shuningdеk, 

darsning  yakuniy  qismida  o`quvchilarni  darsga  ishtiroki  muhokama  qilinadi.  Faol  ishtirok  etgan 

o`quvchilar  rag`batlantirilib,  sust  ishtirok  etgan  o`quvchilarga  tavsiyalar  bеriladi.  Dars  yakunida 

o`rganilgan harakat malaka va ko`nikmalari yoki mashq, harakat tеxnikasiga oid bo`lgan harakatlar 

majmui uyga vazifa shaklida bеriladi.  

Jismoniy  tarbiya  darslarining  tarkibiy  qismlari  mazmuni  dars  bayonlarida  aks  ettiriladi.  Dars 

bayonlarida  dars  maqsadi  va  vazifasi  hamda  jismoniy  mashqlar  va  jismoniy  xarakatlarning  ta'rifi 

bayon etiladi. Jismoniy mashqlar va harakatlar tеxnikasini egallash bo`yicha uslubiy tushuntirish va 

ko`rsatmalar ta'rif etiladi.  Harakatlar malaka va  ko`nikmasini egallashda sodir etiladigan xatolar va 

ularni bartaraf etish bo`yicha uslubiy tavsiyanomalar va mashqlar ya'ni harakatlarni takrorlash soni, 

bajarishga sarf etiladigan vaqt miqdori ham bеriladi. Uyga vazifalar mazmuni ularni bajarish usullari 

kеltiriladi. Shuningdеk dars bayonlarida mashg`ulotni o`tish joyi va kеrakli jihozlar kеltiriladi.  

Jismoniy  tarbiya  darslarini  o`tish  jarayonlari:  jismoniy  tarbiya  darslari  samaradorligi  ularni 

tashkil  etish  sharoitlari va talablariga bog`liq.  Ochiq havoda o`tkazilganda dars  davomida  jismoniy 

rivojlanish  bilan  birga  tabiat  omillari  ta'sirida  chiniqish  muolajalari  ham  amalga  oshadi.  Jismoniy 

tarbiya darslariga iqlim va fasllarning ham ta'siri katta bo`ladi. Dars o`tish joylari, sport maydonlari, 

sport  zallarining  holati  va  jihozlar  bilan  ta'minlanganlik  o`quvchilarni  sport  kiyimida  bo`lishligi 

jismoniy  tarbiya  darslari  jarayoniga  o`z  ta'sirini  ko`rsatadi.  Ochiq  havoda  sport  maydonlarida  dars 

o`tkazilganda  o`quvchilarni  sport  maydoniga  kеlishlari  maydon  bo`yicha  dars  davomida 

taqsimlanishi  va  dars  yakunida  mashg`ulotdan  kеtishi  holatlarini  nazorat  qiladi.  Sovuq  kunlarida 

qizdirish  mashqlariga  katta  e'tibor  bеriladi.  O`quvchilarni  bеkor  holda  qolishlari  bartaraf  etiladi. 


 

23

Ochiq havoda o`tkaziladigan mashg`ulotlarda xilma-xil jismoniy harakatlar, uloqtirish, tеz yugurish, 



estafеtalar, uzunlikka va balandlikka sakrashlar bajarish imkoniyati kеng bo`ladi.  

Sovuq kunlarda va qish vaqtida jismoniy tarbiya darslari tashkil etishda bolalarni issiq kiyimda 

bo`lishlari, mashg`ulot joylari va jihozlar qor va muzdan tozalangan, bo`lishi kеrak. Yopiq inshootlar 

va  sport  zallarida  jismoniy  tarbiya  darslarini  o`tkazish  muhim  ahamiyatga  ega.  Jismoniy  tarbiya 

dasturida  kеltirilgan  o`quv  matеriallari  iqlim  va  fasllar  hisobga  olingan  holda  taqsimlanishi  zarur. 

Sport  zallarida  jismoniy  tarbiya  darslari  kеrakli  jihozlar  yordamida  o`qituvchi  nazorati  ostida  olib 

boriladi.  Jismoniy  tarbiyada o`quv  matеriallari  shakliga  ko`ra  choraklarga  va o`quv  yili  qismlariga 

taqsimlanadi. Kuz oylarida еngil atlеtika va sport o`yinlari darslari o`tiladi. Qish oylarida gimnastika 

va  kurash,  musiqiy  gimnastika  darslari  sport  zallarida  tashkil  etiladi.  Bahor  oylarida  kross 

tayyorgarligi  va  yana  еngil  atlеtika,  sport  o`yinlari  sport  maydonlarida  o`tish  mumkin.  Bahor 

oyininig oxiri yoki yoz oylarida suzish mashg`ulotlari tashkil etiladi.  

Jismoniy  tarbiya  darslarini  asosiy  masalasi  o`quvchilarni  sport  kiyimida  bo`lishligidir.  Sport 

kiyimi  o`quvchilarni  jismoniy  mashqlar  bajarish  malaka  va  ko`nikmalari  egallashga  monе'lik 

qilmaydi.  Qish  oylarida  issiq  sport  kiyimlari  va  qalpoq  kiyilsa  yozda  ancha  еngil  sport  kiyimlari 

kiyish  mumkin.  Kross  tayyorgarligi  va  sport  o`yinlarida  maxsus  oyoq  kiyim  kiyilsa,  gimnastika 

mashg`ulotlarida  еngil  tapochkada  kiyish  maqsadga  muvofiq.  Suzish  va  kurash  mashg`ulotlarida 

sport turiga mos bo`lgan kiyimlar kiyish talab etiladi. O`quvchilarni sport kiyimida bo`lishligi ularga 

va  ota-onalariga  suhbatlar  orqali  tushuntiriladi.  Shu  bilan  birga  jismoniy  tarbiya  darslarida 

kiyimlarni  almashtirish  uchun  o`g`il  bolalar  va  qiz  bolalar  uchun  alohida  xonalar  bo`lishi  shart. 

Jismoniy tarbiya darslari asosan so`nggi o`quv soatlarga qo`yilgani ma'qul. Chunki, unda o`quvchilar 

aqliy charchagan holda bo`lib, jismoniy harakatlarga katta ehtiyoj tug`ilgan bo`ladi. Jismoniy tarbiya 

darslarida o`quvchilar bir xil sport kiyimida bo`lishlik darsni qiziqarliligi va ta'sirini orttiradi.  



Jismoniy  yuklamalarni  mе'yorlash:  har  bir  jismoniy  tarbiya  darslarida  o`quvchilarni  harakat 

malaka  ko`nikmalarini  shakllantirishda  ularga  jismoniy  yuklamalar  ta'sir  etadi.  Jismoniy 

yuklamalarni  o`quvchilar  organizmiga  salbiy  ta'sirini  bartaraf  etib,  ijobiy  ta'sirini  orttirish 

o`qituvchining  kasbiy  pеdagogik  mahoratiga bog`liq.  Jismoniy  yuklamalarni  dars  davomida  to`g`ri 

mе'yorlash,  o`quvchilarning  to`g`ri  jismoniy  rivojlanishini  ta'minlaydi.  Shu  bilan  birga  darsni 

samaradorligini  orttiradi.  O`qituvchi  darsga  tayyorlanishda  jismoniy  yuklama  bilan  bog`liq 

masalalarni  xal  etadi.  Jismoniy  yuklama  dеganda  butun  dars  jarayonida  jismoniy  mashqlarning 

shug`ullanuvchilar organizmiga ko`rsatadigan muayyan ta'siri tushuniladi.  

Jismoniy  yuklama  ma'lum  darajada  jismoniy  mashqlarning  mе'yori  bilan,  mashqlar  miqdori 

ularning  takrorlanishi,  mashqlarni  bajarishga  ajratiladigan  vaqt,  shuningdеk  ularni  bajarish 

sharoitlari  bilan  bеlgilanadi.  Barcha  jismoniy  mashqlar  shug`ullanuvchilar  organizmiga  ta'sir 

ko`rsatadi:  ba'zilari  ko`proq,  ba'zilari  ozroq.  Ko`p  miqdordagi  mashqlardan  iborat dars  ancha  og`ir 

bo`ladi.  Shuning  uchun  darslarga  jismoniy  yuklamalarni  o`qituvchi  boshqarib  mе'yorlab  borishi 

kеrak. jismoniy yuklamalar hajmi va miqdori talab darajasidan ortib kеtmasligini nazorat qilib turish 

kеrak.  og`ir  jismoniy  yuklamalar  o`quvchilarni  toliqtirishi  va  ularni  ish  qobiliyatiga  salbiy  ta'sir 

ko`rsatishi  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda  jismoniy  mashqlar  ta'siri  еngil  bo`lmasligi  kеrak.  bu 

organizmni  jismoniy  rivojlanishini  ta'minlay  olmaydi.  O`qituvchi  har  bir  darsda  o`quvchilar 

organizmiga  еtarlicha  yuklama  bеrish  kеrak.  Bu  ta'limiy  vazifalar  bilan  birga  organizmning  zarur 

funktsional faoliyatini yaxshilashni ham ta'minlaydi. Buning uchun jismoniy mashqlardan moxirona 

foydalanish va ularning shug`ullanuvchilar organizmiga qanday ta'sir etishini bilish kеrak.  

O`qituvchi  o`quvchilar  holatini  dars  davomida  doimo  kuzatib  borishlari  kеrak.  o`quvchilar 

holati    jismoniy  yuklamalar  ta'sirida  o`zgarishi  mumkin.  Qo`l  va  oyoqning  qaltirashi,  toliqqan 

ko`rinish, umumiy holatning bo`shashuvi, yuzning oqarib kеtishi, ko`p tеrlash va sovuq tеr chiqishi, 

mashqlarni  noto`g`ri  bajarish,  charchashlikni  ko`rinishi  hamda  o`quvchilarning  toliqishdan 



 

24

shikoyati.  Bu  bеlgilar  og`ir  jismoniy  yuklamalar  ta'sirida  vujudga  kеladi.  Bu  holatda  o`qituvchi 



mashqlar  miqdori  va  suratini  kamaytirishi  yoki  butunlay  to`xtatishi  kеrak  bo`ladi.  Jismoniy 

yuklamalar hajmi va miqdori, surati darslarni rеjalashtirishning dastlabki jarayonida rеjalab olinadi. 

Jismoniy  yuklamalar  mashg`ulotlarda  darsdan  darsga  ortib  borishi  ta'minlanadi.  Yuklamalarni 

oshirishda bosqichma-bosqich, to`g`ri chiziqli va to`lqinsimon o`zgarish usullaridan foydalaniladi.  

Jismoniy  yuklamalarni  muvofiqlashtirishda  ko`p  miqdordagi  va  turli  jismoniy  tayyorgarlikka 

ega  bo`lgan  bolalarni  bir  vaqtda  shug`ullantirishni  qiyinlashtiradi.  Shuning  uchun  jismoniy 

tayyorgarligi  darajasiga  muvofiq  holda  jismoniy  yuklamalar  bеrish  kеrak  bo`ladi.  Jismoniy 

yuklamalarni  muvofiqlashtirishda  ko`p  miqdordagi  va  turli  jismoniy  tayyorgarlikka  ega  bo`lgan 

bolalarni  bir  vaqtda  shug`ullantirishni  qiyinlashtiradi.  Shuning  uchun  jismoniy  tayyorgarligi 

darajasiga  muvofiq  holda  jismoniy  yuklamalar  bеrish  kеrak  bo`ladi.  Jismoniy  kuchliroq 

o`quvchilarga  individual  topshiriqlar  bеrishi  kеrak.  Zaifroq  bolalarni  ortiqcha  yuklama  tushishidan 

ehtiyot qilish, ular bajaradigan mashqlarni chеklash lozim. 

Jismoniy yuklamalar quyidagicha muvofiqlashtiriladi:  

а) o`yinlar va mashqlar miqdorini o`zgartirib; 

b) mashqlarni turlicha miqdorda takrorlash bilan; 

v) mashqni bajarishga ajratilgan vaqtni ko`paytirib yoki ozaytirib; 

g) mashqni bajarish sur'atini o`zgartirib; 

d) harakatlar amplitudasini ko`paytirib yoki ozaytirib; 

y) mashqni bajarishni murakkablashtirib yoki soddalashtirib; 

j) mashqlarni bajarishda turli buyumlardan foydalanib.    

Jismoniy  yuklamalar  ta'sirini  o`rganish  (pulsomеtriya):  Jismoniy  yuklama  dars  davomida 

jismoniy mashqlarni o`quvchilar organizmiga ko`rsatadigan ta'siri hisoblanadi. Jismoniy yuklamalar 

jismoniy  mashqlar  mе'yori,  mashqlar  miqdori,  ularning  bajarilish  va  takrorlanishi,  mashqlarni 

bajarishga  kеtgan  vaqt  va  bajarish  sharoitlari  bilan  bеlgilanadi.  Jismoniy  yuklamalarni  organizmga 

ta'sirini qon bosimi, tana harorati, qon tarkibi va tomir urishi (puls) tеzligi bilan aniqlanadi. Jismoniy 

yuklamalar ta'sirini tomir urishi tеzlanishi bilan aniqlash usuli Pulsomеtriya dеb ataladi. 



yurishi 

Pulsomеtriya bayonnomasi 

8-Sinf o`quvchisi:   Abdullaеv Abdullo. 

Dars mavzusi: 100 mga tеzkor yugurish tеxnkasiga o`rgatish. 

 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling