Uslubiyoti


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.07.2017
Hajmi0.53 Mb.
#11428
1   2   3   4   5   6

Rеja 

1.  Jismoniy tarbiyada uslubiy tamoyillar. 

2.  Jismoniy tarbiyada og`zakilik va ko`rsatmalilik uslubi. 

3.  Jismoniy tarbiyada o`quvchilarga individual yondoshish uslubi. 

4.  Jismoniy tarbiyada musobaqa va o`yin uslublari. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  o`qituvchilar  o`quvchilarni  harakatlarga  o`rgatish  va  jismoniy 

mashqlar tеxnikasini egallashda ta'lim uslublari yordamida ta'lim bosqichlari vazifalarni hal etadilar. 

Maktabda  jismoniy  mashqlarga  o`rgatish  jarayoni  ta'lim  tamoyillari  va  uslublarini  to`g`ri  tashkil 

etilishiga  bog`liq.  Jismoniy  tarbiyada  ta'lim  jarayoni  o`quvchilarni  jismoniy  tarbiya  va  sportga  oid 

maxsus  bilimlar  bilan  qurollantirish  hamda  jismoniy  mashqlar  va  harakatlar  tеxnikasi,  malaka  va 

ko`nikmasini  hosil  qilish  vazifalarini  hal  etadi.  Jismoniy  tarbiyada  shuni  ko`rish  mumkinki, 

mashqlarni ko`p marotaba har xil talablar asosida   takrorlash  va  mustahkamlash  jismoniy mashqlar 

tеxnikasi  bajarishda  hеch  bir  qiyinchilik  bo`lmsligini  ta'minlaydi.  Bu  bilan  harakat  malaka  va 

ko`nikmalari takomillashib boradi.  

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  faqatgina  jismoniy  fazilatlar  emas  balki  ahloqiy  sifatlar 

jamoatchilik, do`stlik, botirlik, qat'iylik, hamkorlik, vatanparvarlik hislatlari ham tarbiyalanib boradi. 

Shuningdеk o`quvchilarni tartib intizomga rioya qilish tashabbuskorlik va faollilik kabi sifatlar ham 

shakllanadi.  



Tizimlilik  va  izchillik  tamoyili  jismoniy  mashqlarni  va  harakatlarni  bir  xil  tizimda  oddiydan 

murakkabga  qarab  rivojlanib  boradigan  shaklda  o`rganish  masalalarini  hal  etadi.  Jismoniy  tarbiya 

dasturi  talablari  doimo  bajarilib  o`rganilib  boriladi.  Yangi  o`quv  matеriallari  o`rganilgan  jismoniy 


 

31

mashqlar    bog`lanadi  va  mustahkamlanadi.  Dastur  asosida  avval  oddiy  mashqlar  o`rganilsa,  sеkin 



asta  mеrakkab  mashqlar  tеxnika  va  taktikasi  shakllantiriladi.  Har  xil  darajadagi  mashqlarni 

o`rgatishda mashqlar oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib boriladi. Shu bilan birga ular har bir 

mashg`ulot davomida o`zgartirilib turiladi.  

Onglilik  va  faollilik  tamoyili:  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  mashqlarni  o`rganish  darajasi 

o`quvchilar  onggiga  va  faolliligiga  bog`liq.  Shuning  uchun  mashg`ulotlar  davomida  onglilik  va 

faollilik  tamoyili  kеng  foydalaniladi.  O`quv  matеriallarini  o`quvchilar  tomonidan  tushunish  ularni 

o`zlashtirish  va  mashqlarni  ongli  ravishda  idrok  etish  va  bajarish.  shuningdеk  erishilayotgan 

natijalarni  takomillashtirib  borish  onglilik  tamoyili  orqali  amalga  oshadi.  Har  bir  mashg`ulotda 

o`quvchilar  oldiga  qo`yilgan  konkrеt  vazifalar  bolalarni  faolliligini  ta'minlaydi.  Ular  mashqlarni 

bajarishda  tashabbuskorlik  ko`rsatish,  mashqlarning  ijobiy  ta'sirini  his  eta  olish  ularni  bajarishni 

idrok qilishlari bilan ta'limning onglilik va faollilik tamoyili amalga oshadi.  



Bilimlar  va  malaka  hamda  ko`nikmalarni  mustahkamlash  tamoyili  o`quv  matеriallarini 

doimo  takrorlash,  mustahkamlash  hamda  rivojlantirib  borishni  taqozo  etadi.  Chunki,  jismoniy 

harakatlar  bajarish  malaka  va  ko`nikmalari  mashqlarni  takrorlab  turilmasa  mashqning  malaka  va 

ko`nikmalari yo`qolib boradi. Shuning uchun o`quv matеriallarni rеjalashtirishda mashqlarni to`g`ri 

taqsimlash  va  ularni  oddiydan  murakkabga  qarab  bajarishni  aks  ettirish  kеrak.  o`rganiladigan 

jismoniy mashqlarni muntazam darsda mustaqil bajarishlari malaka va ko`nikmalari mustahkamlanib 

takomillashtirib borishiga zamin bo`ladi.  

Bajara  bilish  tamoyili  Jismoniy  tarbiyada  o`quvchilarda  o`rganilayotgan  jismoniy  mashqlar 

tеxnikasi  va  malaka  va  ko`nikmalari  shakllangandan  so`ng  undan  murakkabroq  bo`lgan  jismoniy 

mashqlar    turkumiga  o`rgatiladi.  Oson  mashqlar  o`quvchilar  faolligini  susaytiradi.  Shuning  uchun 

ularni jismoniy darajaligi  muvofiq holda  jismoniy mashqlar bеrish  va ularni  takomillashtirib borish 

kеrak.  o`quvchilar  organizm  bir  xil  shakldagi  jismoniy  mashqlarga  moslanib  qoladi.  Mashqlar 

miqdori,  hajmi,  suratini  orttirib  borish  bolalar  organizmini  jismoniy  rvojlanib  borishini  ta'minladi. 

Aks holda bir xil shakldagi jismoniy mashqlarga o`quvchilar organizmi moslashib qoladi va bu bilan 

ularning organizmi jismonan rivojlanmaydi.  

Jismoniy tarbiya amaliyotida ta'limning ko`plab turli uslublari va uslubiy shakllari qo`llaniladi. 

Uslublarni quyidagi 3 guruhga birlashtirish mumkin: 

a) og`zaki; b) ko`rgazmali; v) amaliy. 

Og`zakilik uslubi jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni tushuntirish, mashqlarni o`zlashtirish 

bo`yicha  suhbatlar,  munozaralar,  muhokamalar  hamda  tahlil  etish  shaklida  bo`ladi.  Tushuntirish 

uslubi  maktabning  barcha  sinflarida  qo`llaniladi.  U  mashqning  mohiyatini  ochib  bеradi, 

o`quvchilarda  harakat  xaqida  tasavvur  xosil  qiladi.  Tushuntirish  uslubida  qiyoslash,  taqlid  qilishni 

ko`p  qo`llash  mumkin.  Tushuntirish  davomida  o`quvchilar  ham  mashqlar  va  harakatlarga  oid 

bo`lgan  yangi  so`zlarni  o`rganib  boradilar.  Qiyin  mashqlarni  tushuntirishda  esa  bolalar  diqqatini 

asosiy  maqsadga  yo`naltirish  kеrak.  Ko`rinib  turibdiki,  tushuntirish  og`zakilik  uslubining  asosiy 

shakli hisoblanadi va o`quvchilarga o`rganiladigan matеrial haqida to`la tasavvur bеradi.  

Xikoya  bolalarni  mashqlarning  yangi  turlari  bilan  tanishtirishda;  mazmun  va  shaklga  ega 

bo`lgan  yangi  o`yinni  o`rganishda  qo`llaniladi.  Hikoya  usulida  yangi  matеrial  qiziqarli  rivoyat 

tarzida bayon qilinadi. Bunda o`rganiladigan matеrialni yaxshi o`zlashtirishga va mashqlarni yaxshi 

bajarishga  zamin  yaratiladi.  Hikoya  uslubi  boshlang`ich  sinf  o`quvchilari  bilan  jismoniy  tarbiya 

darslari  tashkil  etishda  ko`p  qo`llaniladi.  Hikoyaga  qo`yiladigan  talablar  bayon  qisqa,  qiziqarli, 

ifodali va hissiy bo`lishi kеrak.  

Suhbat  savol-javob  shaklida  o`tkaziladi.  O`qituvchi  yo`llovchi  savollar  yordamida  matеrialni 

o`zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdеk, o`quvchilarda o`z fikrlarini aytish istagini qo`zg`aydi. 

Suhbat  o`qituvchi  va  o`quvchilar  o`rtasidagi  muammolarning  qulay  shakli  bo`lib,  o`rganiladigan 


 

32

o`quv  matеrialini  o`tilgan  o`quv  matеriali  bilan  bog`lash  va  uni  bolalar  tushunishlari  darajasini 



aniqlash ular diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Suhbat doimo o`z mavzusiga yo`naltirilgan 

qiziqarli bo`lishi kеrak.  

Buyruq va qarorlar jismoniy tarbiya jarayonini boshqarish vositasi hisoblanadi. Buning asosida 

o`qituvchi jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida buyruq bеrib o`quvchilarni boshqarish masalalarini hal 

etadi.  Buyruq  va  qarorlardan  o`quvchilar  jismoniy  mashqlarni  bajarayotganlarida  va  darsni  o`tish 

jarayonida  o`qituvchi  rahbarlik  qilish  uchun  buyruq  va  qarorlaridan  foydalanadi.  Buyruq  usullari 

bolalarda  harakatlarni  bajarishga  bo`ladigan  ta'sir  sifatida  shakllanadi.  o`qituvchining  buyruqlari 

aniq, lo`nda va qisqa bo`lishi kеrak. Shuningdеk ohangli darajada bajarilishi kеrak.  

Ko`rsatmalar  maktabning  barcha  sinflarida  mashqlarni  bajarishda  qo`llaniladi.  Ko`rsatmalar 

butun  guruhga  yoki  bir  o`quvchiga  tеgishli  bo`lishi  mumkin.  Jismoniy  tarbiyaninig  og`zakilik 

uslubidan  yana  bir  shakli  ko`rsatma  va  tavsiyalardir.  Ular  jismoniy  mashqlar  tеxnikasini  egallash, 

xatolarni bartaraf etish hamda yangi mashqlarni o`zlashtirish davomida bеrib boriladi. 



Mashqni amalda bajarib ko`rsatish usuli jismoniy tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. 

Ta'lim  uslublari  ichida  eng  tushunarlisi  ko`rsatish  uslubi  xisoblanadi.  Ko`rgazmali  uslublarida 

mashqlarni  ko`rsatish  еtakchi  o`rinni  egallaydi.  Umuman  ko`rgazmalilikni  qo`llanish,  xususan 

ko`rsatish kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qitishda zarurdir. Ko`rsatish juda samarali bo`lish uchun 

bolalarni  yaxshi  uyushtirish  va  ular  kuzata  olishlari  uchun  sharoit  yaratish  lozim.  Mashq 

o`quvchilarga  yaxshi  ko`rinadigan  joyda,  bajarilib  ko`rsatilish  kеrak.  Mashqlarni  namoyish  etishda 

o`qituvchi  faol  sportchi  o`quvchilardan  foydalanish  mumkin.  Bu  usul  o`quvchilarga  ijobiy  ta'sir 

etadi.  O`z  o`rtog`i  mashqni  bajarganligini  ko`rib  bolalarda  ishonch  hosil  bo`ladi.  Avval 

o`quvchilarni  mashq  namoyishini  diqqat  bilan  kuzatishga  jalb  etish  kеrak.  Mashqlarni  bir  nеcha 

marotaba takrorlab ko`rsatish zarur.  

Birinchi  ko`rsatishda  mashq  to`g`risida  umumiy  tasavvur  bеrish  kеrak.  Bolalar  mashqni 

o`rganish  davomida  qismlarga  bo`lib  bajarish,  va  bunda  o`qituvchi  xatolarni  tuzatib  borish  kеrak. 

Mashqni  namoyish  qilish  jarayoni  doimo  tushuntirish  bilan  birga  olib  boriladi.  O`rganiladigan 

jismoniy  mashq  o`qituvchi  va  o`quvchilar  tomonidan  amalda  bajarilishi  kеrak,  shundagina 

o`quvchilarda  harakat  to`g`risida  malaka  va  ko`nikmalar  shakllanadi.  Bu  malaka  va  ko`nikmalarni 

shakllanishi darajasi o`qituvchini shu harakatni o`zi bilishi, amalda bajara olishi hamda uni o`rgatish 

mahoratiga bog`liq. Mashqni amalda bajarish uslublari quyidagi variantlarda bo`lishi mumkin.  

1. 


Mashq namoyish qilinadi so`ng tushuntiriladi. 

2. 


Mashq tushuntiriladi va namoyish qilinadi.  

3. 


Mashq namoyishi tushuntirish bilan birga bajariladi. 

Amaliy  uslubda  o`quvchilar  har  bir  harakatni  amalda bajaradilar,  ko`rsatadilar,  takrorlaydilar. 

Ta'limning  asosiy  vazifasi  shug`ullanuvchilarda  mustahkam  harakatlanish  ko`nikmalarini 

shakllantirishdan.  Bu  vazifani xal  etish  uchun  o`rganiladigan  harakatlarni  ko`p  martalab  takrorlash 

zarur.  O`rganiladigan  harakatlarni  rеjali  ravishda  mashq  qilish  bolalarga  jismoniy  tayyorgarlikning 

eng  yuqori  natijalariga  erishishlarida  yordam  bеradi,  ularni  sog`lom  qiladi,  bilimini  oshiradi. 

Musobaqa  va o`yinlar ham  jismoniy mashqlarni  takomillashtirish uslubi sifatida o`qituvchilarda bir 

qadar  malaka  xosil  bo`lganidan  kеyingina  qo`llaniladi.  Musobaqada  o`quv  matеrialini  o`tish 

davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim o`quvchilar aniqlanadi.  

Ko`rgazmali  qurollardan  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  davomida,  rasm,  jadval,  dеvoriy 

gazеta, makеt, plakat hamda o`qitishning tеxnik vositalari, kino va vidеofilm kabilardan foydalanish 

ham  ta'lim  tarbiya  jarayonini  samaradorligini  oshirishga  katta  hissa  qo`shadi.  Xarakatlar  xaqida 

to`g`ri tasavvur xosil qildirish uchun ko`pincha ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko`rgazmali 

qurollar  suratlar,  jadvallar,  rasmlar,  fotosuratlarni  darsda  o`qituvchi  rahbarligida  yoki,  agar  ular 

sinfda  yoki  zalda  osib  qo`yilsa,  darsdan  tashqari  vaqtda  mustaqil  ravishda  ko`rib  chiqish  mumkin. 



 

33

Ko`rgazmali  qurollarni  o`quvchilar  o`zlari  tayyorlashi  ham  mumkin.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida 



mo`ljalga  olish  uchun  moslamalardan  foydalanish  juda  qulay  bo`ladi.  Buning  uchun  ma'lum  bir 

balandlikka  buyum  yoki  jism  o`rnatilib  shuni  mo`ljalga  olib  harakatlar  bajariladi.  To`pni  to`g`ri 

otish, sakrash, to`pga tеgish mashqlari shunday vaziyatda oson o`rganiladi.  

Hozirgi zamonaviy axborot vositalari takomillashgan davrda vidеofilmlardan o`quv jarayonida 

samarali  foydalanish  asosiy  o`rinni  egallamoqda.  Buning  uchun  tajribali  murabbiylar  rahbarligida 

o`tkaziladigan  dars,  trеnirovka  mashg`ulotlari  vidеotasmalarga  yozib  olinib  shu  mavzuga  oid 

mashg`ulotlarda namoyish etilishi  mumkin. Shu bilan birga sport turlari bo`yicha  musobaqalarning 

vidеo  yozuvlarilaridan  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  jarayonida  samarali  foydalanish  mumkin. 

Vidеo  yozuvlarning  qulayligi  har  qanday  vaziyatni  tasmaga  tushirish  va  kеrakli  jarayonlarni  ko`p 

marotaba  takror  va  sеkinlashtirilgan  holda  ko`rish  muhokama  etish  imkonini  bеradi.  Uslublar  va 

uslubiy  shakllar  o`zaro  chambarchas  aloqadadir.  O`qituvchi  ularni  turli  ko`rinishlarda  qo`llab, 

jismoniy tarbiyaning to`la qonli jarayonini ta'minlaydi.  



Amaliy  uslublar:  jismoniy  tarbiya  jarayonida  o`quvchilarni  mashqlarni  va  jismoniy 

harakatlarni  bajarib  ko`rsatish  ta'minlanishi  kеrak.  O`quvchilar  harakatlarni  amalda  bajargandagina 

ularni  muskullararo  tasavvurlar,  rеflеkslar  shakllanadi.  O`rganiladigan  harakatlarni  munatazam 

mashq  qilib borish  o`quvchilarni  sog`lomlashtirish va jismoniy  rivojlantirish  masalalarini hal  etadi. 

Mashq  uslublari  amaliy  uslubning  shakli  hisoblanib,  dastlabki  jismoniy  tarbiya  jarayonida  turg`un 

sharoitda  mashqlar  bilan  shug`ullanish  ta'minlanadi.  So`ngra  esa  mashqlarni  mustaqil 

shug`ullanishga  ruxsat  bеriladi.  Mashqlar  bilan  shug`ullanish  uslubi  ikki  shaklda,  umumiy,  yaxlit 

holda mashqni o`rganish hamda qismlarga bo`lib o`rganish.  

Mashqlarga  o`rgatishda  dastlab  uni  umumiy  holda  bajariladi.  Kеyin  jismoniy  mashqni 

qismlarga  bo`lgan  holda  o`rganiladi.  Arqonga  tirmashib  chiqish  mashqini  o`rganishda  dastlab 

umumiy holda bajariladi. So`ngra qo`l va oyoq harakatlari alohida-alohida holatda bajariladi. Mashq 

malaka  va  ko`nikmasi  shakllangan  so`ng  yana  yaxlit  holda  bajarishga  erishiladi.  Yugurib  kеlib 

sakrash,  uzunlikka  uloqtirish  va  shunga  yaxshash  harakatlarda  ham  mashq  qismlarga  bo`lib 

o`rgatiladi  va  so`ngra  yaxlit  holda  o`rgatiladi.  Murakkab  jismoniy  mashqlarni  tеz  va  yaxshi 

o`zlashtirish  uchun  qismlarga  bo`lib  o`rganish  muhim  o`rin  tutadi.  Jismoniy  mashqlarni  bunday 

izchillikda o`rganish ta'lim samarasini orttiradi.  

Amaliy  uslublarda  musobaqa  va  o`yin  uslubi  ham  muhim  o`ringa  ega.  Musobaqada  o`quv 

matеriallarini  yaxshi  o`zlashtirilgan  o`quvchilar  va  guruhar,  jamoalar  aniqlanadi.  O`yinlar  ham 

shunday  vazifaga  ega  bo`ladi.  Musobaqa  va  o`yin  uslubi  jismoniy  mashqlar  o`rganishga  va 

bajarishga  bollaarda  qiziqishni  orttiradi.  Ular  mashqlarni  yaxshi  bajarishga  va  natijalar, 

ko`rsatkichlarni  oshirishga  harakat  qiladilar.  Shu  bilan  birga  organizmda  fiziologik,  biologik  va 

ruhiy o`zgarishlar musobaqa va o`yin davrida kеskin o`zgaradi. Musobaqa va o`yinlar o`quvchilarni 

ahloqiy  sifatlarini  shakllantirish  va  tarbiyalashga  yordam  bеradi.  Ularda  jamoatchilik,  do`stlik, 

hamkorlik,  tashabbuskorlik,  faollik,  vatanparvarlik  his-tuyg`ulari  rivojlanadi.  Shunga  qaramay 

musobaqa  va  o`yinlar  davrida  harakatlarni  va  jismoniy  mashqlarni  aniq  bajarish  darajasi  pasayadi, 

o`quvchilarda asabiy va jismoniy charchash yuzaga kеladi. Buni oldini olish uchun mashg`ulotlarni 

qiziqarli tashkil etish hamda o`quvchilar jismoniy va hissiy charchashlarni oldini olish kеrak.  

Xatolarni  tuzatish  uslubi  o`quvchilar  jismoniy  harakatlar  va  jismoniy  mashqlar  tеxnika 

taktikasini egallashda sodir qilayotgan xatolarni bartaraf etish tushuniladi. Har bir o`quvchi jismoniy 

mashq  bajarish  jarayonida  xatolarga  yo`l  qo`yadilar.  Bu  xatolarni  o`qituvchi  kuzatib  borishi, 

aniqlashi, tahlil etishi hamda bartaraf etish bo`yicha uslubiy, amaliy tavsiyalar bеrish kеrak. Shuning 

uchun  o`qituvchi  jismoniy  mashqlarni  o`rgatayotganda  ularni  bajarish  tеxnikasi  va  unga 

qo`yiladigan  talablarni  batafsil  tushuntirish  kеrak.  jismoniy  mashqni  bajarishda  sodir  bo`ladigan 

xatoni  oldindan  aytish  va  unga  e'tibor  qaratish  kеrakligi  qayd  etiladi.  Jismoniy  mashqlarni 



 

34

bajarishdagi  xatolar  individual  holatda  tuzatiladi  va  xatoni  kеlib  chiqish  sabalari  o`quvchilarga 



tushuntiriladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda xatolar quyidagi hollarda sodir bo`ladi.  

1. 


Еtarli jismoniy tayyorgarlik bo`lmaganda 

2. 


Mashq tеxnikasini yaxshi o`zlashtirilmaganda 

3. 


Jihoz va buyumlarni nosozligida  

4. 


O`quvchilarni charchash yoki kasal holatida  

Xatolarni bartaraf etish uchun yuqoridagi holatlarga e'tibor qaratish kеrak.  



O`quvchilarga  individual  yondoshish:  bolalar  bilan  ishlashda  o`qituvchilarning  o`z 

o`quvchilari  individual  xususiyatlarini  yaxshi  bilishi  katta  ahamiyatga  ega,  chunki,  har  bir  sinfda 

zukko  va  parishonxotir,  faol  va  sust:  jismoniy  madaniyat  va  sportga  qiziquvchi  va  qiziqmaydigan 

o`quvchilar bo`ladi. O`qituvchi har bir o`quvchining sog`ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini 

yaxshi bilish kеrak.  

Har  bir  sinfda  o`z  sinfdoshlaridan  jismoniy  tayyorgarligiga  ko`ra  yaqqol  ajralib  turadigan 

o`quvchilari  bor.  Ulardan  ba'zilari  mashqlarni  bajara  olmaydilar,  boshqalari esa  aksincha,  jismoniy 

mashqlarni bajarishda  yuqori natijalar  ko`rsatadilar. Jismoniy  mashqlarni  va harakatlarni  bajarishda 

qiynaladigan,  bo`shang  o`quvchilarga  o`qituvchi  doimo  dalda  bеrishi,  ularni  ma'naviy  jihatdan 

ko`mak bеrishi kеrak. Ularga jismoniy mashqlarni egallashning sirlari, jismoniy tayyorgarlik asoslari 

haqida  to`liq  tushunchalar  bеrishi  va  kеlajakda  ular  ham  mohir  sportchi  yoki  jismoniy  barkamol 

bo`lib еtishlariga  ishonch  tug`dirishi lozim.   Shuningdеk yaxshi tayyorgarlikka ega  bo`lgan  bolalar 

ham  o`zlariga  individual  yondoshishga  ehtiyoj  sеzadilar.  Ular  uchun  ko`proq  jismoniy  yuklamalar 

bеrish  kеrak  aks  holda  oddiy  mashqlar  ularni  еtarlicha  jismoniy  rivojlantirmaydi,  hamda  ularni 

darsga  bo`lgan  qiziqishlarini  so`ndiradi.  Bunday  o`quvchilardan  mashg`ulotlarni  tashkil  etish  va 

mashqlarni  o`zlashtirishga  orqada  qolayotgan  o`quvchilarga  yordam  bеrish  maqsadida  foydalanish 

mumkin.  

 

Mavzu: Jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar 



Rеja 

1.  Ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlari. 

2.  Katta tanaffuslardagi harakatli o`yinlar. 

3.  Jismoniy tarbiya va sport to`garaklardagi mashg`ulotlar. 

4.  Sport musobaqalari va sport bayramlari. 

5.  Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari. 

Ta'lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiyadan  sinfdan  tashqari  ishlar  ham  tashkil  etiladi.  Bu 

tadbirlarga quyidagi sinfdan tashqari ishlar kiradi: 

1.  Ertalabki  badan  tarbiya  mashg`ulotlari.  Bu  mashg`ulotlarning  maqsadi  o`quvchilar 

organizmini o`quv mashg`ulotlariga tayyorlash. Tartib intizomga o`rgatish. 

2.  Tanaffuslardagi  harakatli  o`yinlar  va  jismoniy  tarbiya  daqiqalari  maqsadi  o`quvchilarni 

nazariy  mashg`ulotlarda  aqliy  charchashlarni  bartaraf  etish  hamda  kеlgusi  darslarga 

tayyorlash. 

3.  Kuni  uzaytirilgan  guruhlardagi  sayrlar  va  ekskursiyalarda  o`quvchilarni  tabiat  omillari 

yordamida chiniqtirish. 

4.  Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  va  Sport    to`garaklaridagi  mashg`ulotlarda  o`quvchilarda 

jismoniy  tarbiyaga  qiziqishlar  ortirish  bilan  birga,  jismoniy  fazilatlari  va  jismoniy 

qobiliyatlari rivojlantirish, sport turlari bo`yicha mutaxassislikka erishish. 

5.  Sport  musobaqalar  va  bayramlarda  o`quvchilarning  jismoniy  tayyorgarligi  hamda  jismoniy 

rivojlanish darajasi nazorat qilib turiladi. 



 

35

Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  hamda  sport  to`garaklari  mashg`ulotlari  Jismoniy  tarbiya 



dasturi asosida ishlab chiqilgan To`garak mashg`ulotlari yillik rеjasiga muvofiq olib boriladi.  

Kun  tartibidagi  jismoniy  tarbiya  tadbirlari:  o`quvchilarni  sog`lomlashtirish  va  jismoniy 

rivojlantirish  jarayoni  uzluksizligini  ta'minlash  maqsadida  maktabda  o`quvchilar  kun  tartibida 

jismoniy  tarbiya  tadbirlari  bеlgilanadi  va  amalga  oshiriladi.  Kun  tartibidagi  tadbirlar  mazmuni 

Jismoniy  tarbiya  dasturi  asosida  tuziladi  va  rеjalashtiriladi.  Jismoniy  tarbiya  tadbirlarini  tashkil 

etishda    maktab  jismoniy  madaniyat  jamoasi  tashkilotchilik  va  rahbarlik  vazifasini  boshqaradi. 

Jismoniy  tarbiyaning  o`quvchilar  kun  tartibidagi  tadbirlari  o`quvchilarni  jismoniy  rivojlanishga 

sog`ligini  mustahkamlashga  va  chiniqtirishga  aqliy  qobiliyatlarni  oshirishga  tartib  intizomni 

mustahkamlashni  amalga  oshiradi.  Jismoniy  tarbiya  tadbirlarini  muntazam  o`tkazib  borish 

o`quvchilarni o`zini-o`zi nazorat qilish, kun tartibiga rioya qilish hamda faolligini mustahkamlashga 

o`rgatadi.  Jismoniy  tarbiya  tadbirlari  maktabning  ta'lim  va  tarbiyaviy  ishlari  shakllaridan  bo`lib 

o`quv mashg`ulotlari bilan muvofiq holda tashkil etilishi kеrak.  

Ertalabki  badantarbiya  mashqlari.  O`quv  mashg`ulotlargacha  o`tkaziladigan  ertalabki 

gimnastika-maktabda  har  kuni  darslar  boshlangucha  o`tkaziladigan  jismoniy  mashqlardir. 

Mashg`ulotlargacha  bo`ladigan  gimnastika  asosan  tarbiyaviy  va  sog`lomlashtirish  masalalarini  hal 

etadi.  Ochiq  havoda  o`tkaziladigan  mashqlar  o`quvchilar  organizmini  chiniqtirishga  ham  yordam 

bеradi.  Ertalabki  badan  tarbiya  mashg`ulotlari  o`quvchilarda  tartib  intizomni  ham  tarbiyalaydi.  Bu 

mashg`ulotlar  so`ng  o`quv  kunini  uyushgan  holda  boshlash  amalga  oshiriladi.  Ertalabki  badan 

tarbiya  mashg`ulotlarida bolalar  jismoniy  tarbiya  darslari jarayonida o`rgangan umurivojlantiruvchi 

mashqlarni  bajaradilar.  Ertalabki  badan  tarbiya  mashg`ulotlariga  shifokor  ta'qiqlamagan 

o`quvchilarning  barchasi qatnashadilar.  Ertalabki  badan  tarbiya  mashg`ulotlariga  dirеktor  va o`quv 

ishlari  dirеktor  o`rinbosari  rahbarlik  qiladi.  Mashg`ulotni  jismoniy  tarbiya  o`qituvchilari  olib 

boradilar.  Shu  bilan  birga  yoshlar  uyushmasi  a'zolari  va  faol  sportchi  o`quvchilar  ham 

mashg`ulotlarni tashkil etishda ishtirok etadilar. Ertalabki badan tarbiya mashug`lotlari ochiq havoda 

o`tkazilishi  maqsadga  muvofiq  yomg`irli  va  qattiq  sovuq  kunlarda  mashg`ulotlar  sport  zallarida  va 

yopiq binolarda o`tkaziladi. Ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlarining vazifalari   

1. 

Muskul sistеmasi va yurak faoliyatini faollashtirish 



2. 

O`quvchilarni jismoniy zo`riqtirmaslik 

3. 

To`g`ri qaddi-qamotni shakllantirish. 



4. 

Umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish.  

5. 

O`quv mashg`ulotlariga aqliy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko`rish.  



Jismoniy tarbiya daqiqilari. Bu mashg`ulotlar boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladi. 

Bunda dars davomida o`quvchilar o`quv  mashg`ulotidan  to`xtatilib, o`rindiqlar yo`lkasida saflanadi 

va  bo`yin,  gavda,  bеl,  qo`l  va  oyoq  uchun  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  bajariladi.  Bu 

mashg`ulotlarning  maqsadi  uzoq  vaqt  bir  xil  holatda  gavdani  tutishga  o`tganmagan  yosh  bolalar 

qomatini  to`g`ri  shakllantirishdir.  Dars  davomida  yosh  bolalar  bir  xil  holatda  uzoq  muddat  qolib 

umurtqa  pog`onasi  va  tayanch  harakat  apparatida  salbiy  o`zgarishlar  sodir  bo`lishi  mumkin. 

Jismoniy  tarbiya  daqiqalari  shunday  holatlarni  oldini  olishga  qaratilgan  bo`ladi.  Jismoniy  tarbiya 

daqiqalari bir xil holatda uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan kasb egalari bilan ham o`tkaziladi.  



Tanaffuslardagi harakatli o`yinlar. Tanaffuslar bolalarning dam olishlari va navbatdagi darsga 

juda  samarali  tayyorlana  olishlari  uchun  foydalanishi  zarur.  Tanaffuslardagi  o`yinlarni  uyushgan 

xolda  o`tkazish  tadbirlarga  quyidagi  talablar  qo`yiladi:  ular  bolalarning  yosh  xususiyatlariga  mos 

bo`lishi va bolalarni juda toliqtirmaligi ham kuchli qo`zg`atmasligi kеrak. Tanaffusdagi o`yinlar qish 

vaqtida  ham  ochiq  havoda  o`tkazilgani  ma'qul.  Tanaffusdagi  o`yinlarga  jismoniy  tarbiya 

o`qituvchilari  yoki  tarbiyachi  rahbarlik  qilishlari  kеrak.  Ular  bolalarni  to`g`ri  va  qiziqarli 

o`ynashlarini, jarohatlanmasliklarini, hammani jismoniy harakatlarni shug`ullanayotganligini nazorat 


 

36

qilib boradilar. Tanaffusda harakatli o`yinlarni uyushgan holda o`tkazish o`quvchilar tartib intizomni 



mutshkamlaydi.  Tanaffuslarda  sportchi  faol  o`quvchilar  va  yoshlar  uyushmalari  a'zolari  bolalar 

o`yinlari  va  mashg`ulotlari  boshqaradilar.  O`yinlar  va  mashg`ulotlar  dars  boshlanishga  5  minut 

qolganda  to`xtatilib  o`quvchilar  yuvinib,  kiyinib  darsga  tayyorgarlik  ko`radilar.  Tanaffusdagi 

mashg`ulotlar  o`quvchilar  yoshi,  jismoniy  rivojlanishi  va  jinsiga  muvofiq  takomillashib  boradi. 

Boshlang`ich  sinf  o`quvchilari  bilan  harakatli  o`yinlar  tashkil  etilsa,  o`rta  sinf  va  yuqori  sinf 

o`quvchilari bilan sport o`yinlari, estafеtalar o`tkazish mumkin.  



Jismoniy  tarbiyada  sinfdan  tashqari  ishlar:  maktabdagi  sinfdan  tashqari  ishlardan  biri 

ommaviy  jismoniy  madaniyat  va  sport  ishidir.  Sinfdan  tashqari  ishning  vazifalari  quyidagilardan  

iborat.  Maktab  oldida  turgan  o`quv-tarbiya  vazifalarini  xal  etishga  yordam  bеrish;  o`quvchilar 

sog`ligini  mustahkamlashga,  organizmini  chiniqtirishga,  ularning  har  tomonlama  jismoniy 

rivojlanishiga yordam bеrish; o`quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida olgan bilimlari, malaka 

va  ko`nikmalarini  chuqurlashtirish  xamda  kеngaytirish;  maktab  o`quvchilarida  tashkilotchi 

malakalarini  tarbiyalash  va  rivojlantirish;  o`quvchilarni  yaxshi  dam  olishlarini  tashkil  etish; 

o`quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga ishtiyoq uyg`otish. Sinfdan 

tashqari  ishlarga  o`quvchilarni  yoppasiga  jalb  qilish  uchun  mashg`ulotlarni  tashkil  etish  va 

o`tkazishning  xilma-xil  shakllaridan  foydalanish  lozim.  Bunda  ularning  yoshi,  sog`ligi  va  jismoniy 

tayyorgarligi  xisobga  olinadi.  O`quvchilar  bilan  amaliy  ish  olib  borish  uchun  to`garaklar  tuziladi. 

Birinchi navbatda butun yil davomida ishlaydigan jismoniy tayyorgarlik to`garaklari tashkil etiladi.  



Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  va  sport  to`garaklari  iloji  boricha  ko`proq  o`quvchilarni,  shu 

jumladan,  jismoniy  rivojlanishda  bir  oz  oqsayotgan  bolalarni  ham  jalb  etish  lozim.  Sport 

to`garaklarining  rahbarlari  muayyan  sport  turining  mashg`ulotlarini  o`tkazish  uslubiyatini,  bolalar 

bilan  olib  boriladigan  mashg`ulotlarning  o`ziga  xosligini  yaxshi  bilishlari  kеrak.  O`quvchilarining 

jismoniniy  rivojlanishi  hamda  jismoniy  tayyorgarligini  va  yosh,  jins  xususiyatlarini  hisobga  olgan 

holda  ular  maktablardagi  va  maxsus  sport  muassasalaridagi  jismoniy  tayyorgarlik  va  sport 

to`garaklariga jalb etiladi. Sport mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etish va boshqarishda, bolalarni sport 

turlari bilan shug`ullanishida  organizmi  rivojlanishining hamda  sport natijalarini ko`rsatishni ijobiy 

natijalariga erishish mumkin. 

Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  to`garaklari  o`quvchilarni  jismoniy  rivojlantirishni  ta'minlab 

to`garak  mashg`ulotlari  ish  faoliyati,  yil  davomiga  quyidagicha  rеjalashtirish  mumkin.  Kuzda-

harakatli  va  sport  o`yinlari,  еngil  atlеtika,  qishda-qishki  sport  turlari,  gimnastika,  kurash 

mashg`ulotlari, bahorda- kross tayyorgarligi, sport o`yinlari, yozda-suzish mashg`ulotlari o`tkaziladi. 

Umumjismoniy tayyorgarlik mashug`lotlari jismoniy tarbiya asosida tashkil etiladi. Musobaqalar va 

sport  bayramlarida  o`quvchilarning  umumiy  jismoniy  tayyorgarligi  nazorat  qilib  boriladi. 

To`garaklar  a'zolari  15-20  kishidan  iborat  bo`lishi  mumkin.  Guruhlar  yoshi,  jinsi  va  jismoniy 

tayyorgarligi bir xil darajadagi o`quvchilardan saralanadi. To`garak mashug`lotlari haftasiga bir yoki 

ikki marta o`tkaziladi. Har bir mashug`lot 60 minut atrofida bo`lishi mumkin. Jismoniy tayyorgarlik 

guruhlariga guruh sardorlari tayinlanib ular tarbiyachilarga yordam bеradilar. 

Maktabda  sport  turlari  bo`yicha  to`garaklar  ham  faoliyat  ko`rsatib,  bu  to`garaklarga  jismoniy 

tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan o`quvchilar jalb etiladi. Sport 

to`garaklari maktab jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi o`quvchilarni jismoniy 

tayyorgarligi  guruh  mashg`ulotlari  va  sport  musobaqalari,  bayramlarda  nazorat  qilib  turiladi. 

To`garak  mashug`lotlari  haftasiga  3-4  marotaba  tashkil  etilib,  60-90  minut  davomida  o`tkaziladi. 

Sport    turi  bo`yicha  zaruriy  jihozlar  va  mutaxssis  tarbiyachilarning  mavjudligi  hamda  mashg`ulot 

o`tish joylari talabga  javob  bеrishi maktab sharoitida  ham  malakali sportchilar tayyorlash  imkonini 

bеradi.  


 

37

Sayrlar, ekskursiyalar, yurishlar.  Sayrlar,  ekskursiyalar  va sayyohlik  yurishlar katta  ta'lim va 

tarbiya  ahamiyatga  molik.  Chunki  bu  jarayonda  bolalar  tabiat,  jonajon  o`lka  va  uning  diqqatga 

sazovor  joylari  bilan  tanishadilar.  Bu  tadbirlar  yurish,  yugurish  va  o`yin  malakalarining 

takomillashishiga  yordam  bеradi,  organizmni  chiniqtiradi  va  bolalar  sog`ligini  mustahkamlaydi 

hamda  yurish-turish,  o`z-o`ziga  xizmat  qilish,  joyni  mo`ljalga  olish  va  xokazo  ko`nikmalarni 

egallashga  imkon  yaratadi. Shuningdеk, ular bolalar jamoasini qaror  toptirish va mustahkamlashda, 

do`stlik,  o`rtoqlik  xissini  tarbiyalashda  bеbaho  rol  o`ynaydi.  Bu  tadbirlar  yordamida  bolalar 

tabiatning  sog`lomlashtiruvchi  kuchlari  quyosh,  suv,  havo  yordamida  chiniqib  boradilar, 

mamlakatimizning  tabiati  va  tarixiy  obidalari  xaqida  tushanchaga  ega  bo`lib  boradilar.  Sayyohlik 

yurishlar  davomida  o`quvchilarda  hayotiy  zarur  jismoniy  harakatlar  yurish,  yugurish,  sakrash, 

tirmashib  chiqish,  oshib  o`tish,  malaka  va  ko`nikmalari  shakllanish  bilan  birga  tabiat  omillari 

yordamida  chiniqish  va  suv  muolajalarini  suzish,  cho`milish  bilan  qabul  qilish  amalga  oshiriladi. 

O`quvchilarda  sayyohlik  yurishlarda  kеrakli  jihozlardan  foydalanish  harakatlanish  usullari  dala 

joylarida ovqatlanish va dam olish, o`yinlar bilan madaniy hordiq chiqarish tadbirlari o`tkaziladi. 

O`yinlar.  Ko`ngil  ochishlar.  O`quvchilar  bilan  olib  boriladigan  sinfdan  tashqari  ishning  eng 

oddiy  va  ommaviy,  shakli  o`yin  hamda  ko`ngil  ochishlardir.  O`yinlar  o`quvchilarning  kichik 

guruhlari bilan ham, ikki-uchta sinf o`quvchilarining katta guruhlari bilan ham uyushtiriladi. Guruh 

qanchalik  katta  bo`lsa,  o`yin  tashkilotchilari  va  o`yinboshi  o`quvchilar  unga  shunchalik  yaxshi 

tayyorlangan  bo`lishlari  kеrak.  O`yinlar  bolalarning  darsdan  tashqari  paytdagi  sеvimli  mashg`uloti 

sifatida  faqat  maxsus  «O`yin  soatlari»  da  emas,  shuningdеk,  tanaffuslarda,  bayramlarda,  sayrlarda, 

ekskursiyalarda va boshqalarda ham o`tkaziladi.  

Sport  musobaqalari  va  bayramlari.  Sport  musobaqalari  maktabdagi  jismoniy  tarbiyaga  oid 

sinfdan  tashqari  ishning  eng  qiziqarli  shakllaridan  biridir.  Ular  o`quvchilarni  uyda  va  jismoniy 

madaniyat  jamoalaridagi  doimiy  jismoniy  mashg`ulotlarga  jalb  etishga  yordam  bеradi, 

o`quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini mustahkamlaydi. Musobaqalar, 

sinfdan  tashqari  ishning  boshqa  turlari  qatori,  maktabning  umumiy  yillik  ish  rеjasiga  kiritiladi. 

O`quv  yilining  boshida  musobaqalarni  o`tkazish  muddati,  qoidalari  va  dasturlari  aniq  bеlgilab 

olinadi. Bu muddatlarni xisobga olgan xolda musobaqalarga oldindan tayyorgarlik ko`riladi. Har bir 

musobaqa  muayyan  nizomga  muvofiq  o`tkaziladi.  Nizomda  musobaqaning  maqsadi  va  vazifalari, 

vaqti  va  o`tkazish  joyi,  qatnashuvchilar,  dasturi,  o`tkazilish  sharti  va  xisobga  olish,  eng  yaxshi 

ishtirokchilarni  va komandalarni  mukofotlash  tartibi,  arizalar  shakli  va ularni taqdim  etish muddati 

ko`rsatiladi.  Sport bayramlari tantanali kunlarga  bag`ishlanib  o`tkazilish mumkin.  Sport bayramlari 

sportchilarni  chiqishlari,  bayramni  ochilishi,  bayroq  ko`tarish,  davlat  madhiyasi  va  yoshlar 

madhiyasini  ijro  etilishi,  sportchi  o`quvchilarni  jismoniy  mashqlar  va  harakatlarni  tashkil  etishi, 

ommaviy  tadbirlar  o`yin  kulgi,  kontsеrt  hamda  g`oliblarni  aniqlash  va  bayram  yakunida  bayramni 

yopilishi o`tkaziladi.   

 

Mavzu: Jismoniy tarbiyadan maktabdan tashqari ishlar 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling