Usmanova Nilufarning "Ekspermental Psixologiya"


Download 9.47 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi9.47 Kb.
#1572566
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish- eksperimental


Nizomiy nomidagi TDPU
Amaliy Psixologiya (sirtqi)
201-guruh talabasi
Usmanova Nilufarning
“Ekspermental Psixologiya” fanidan Mustaqil ishi
Mavzu: Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira
Xotira -individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira – bu atrof muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda sakdash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel…) da uchraydi. Xususan, Farobiy xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.
Xotirani o’rganish soxasidagi eksperimental tadqiqotlarni dastavval assotsiativ psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira muammosi ko’p tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb etgan. Akademik Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga ko’ra, bosh miya po’stidagi nerv hujayralari nihoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu xujayralar nozik sezgirlik va o’zgaruvchanlik bosh miya po’stida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya po’stida turli murakkablikdagi shartli reflekslarning xosil bo’lishi, miyada uzoq muddat saqlanib turishi, tormozlanib vaqtincha so’nib qolishi, keyinchalik yana qaytadan tiklanishidan iborat bo’lgan murakkab jarayonlar yotadi.
Xotiraning asosida ilgari idrok qilingan narsa va xodisalarning obrazlari yotadi. Ayni chog’da idrok qilinmasa ham ammo ilgari idrok etilgan narsa va xodisalarning miyada aks etuvchi obrazlari xotira tasavvurlari deb ataladi.
Xotira soxasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi:
  • Esda olib qolish,
  • esda saqlash,
  • esga tushirish, va
  • unitish jarayonlari.

  • Bu xotira jarayonlari faoliyatda tarkib topadi. Va ularni faoliyat belgilab beradi.
    Faoliyatning maqsadiga binoan xotira;
  • ixtiyorsiz,
  • ixtiyoriy kabi turlarga bo’linadi.


Download 9.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling