Usmanova Nilufarning "Ekspermental Psixologiya"
Download 9.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqMustaqil ish- eksperimental
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyoriy xotira
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror faoliyatda oʻz-oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq.
Ixtiyoriy xotira - bu ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma'lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so’z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallaydi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan keng ko’lamdagi ma'lumot, xabar, axborot, ta'surotlarning ko’pchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta'sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi. materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir. Serb psixologi Radosavlevich o’z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo’llanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so’ng u material bilan olti marta o’ib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan. Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo’lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo’yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma'noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 9.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling