Usmonli imperiyasi


Usmoililar davlatining Oʻrta Osiyo xonliklari bilan oʻzaro munosabatlari


Download 30.72 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi30.72 Kb.
#1063618
1   2
Bog'liq
Usmonli imperiyasi

Usmoililar davlatining Oʻrta Osiyo xonliklari bilan oʻzaro munosabatlari
Asrlar davomida ikki xalq vakillari, avvalo, ulamolar, olimlar, shoirlar, sanʼatkorlar madrasalarda birgalikda tahsil olishlari, ziyoratlari, savdo-sotiq munosabatlari va oʻzaro tashriflar jarayonida doʻstona aloqalar oʻrnatganlar. Ikki oʻrtadagi munosabatlarda davlat rahbarlari tomonidan olib borilgan elchilik aloqalari muhim oʻrin tutadi. Safaviylar davlatiga qarshi birgalikda kurashish uchun sulton Salim I elchi Muhammadbek orqali Shayboniylar hukmdori Koʻchkunchixon oʻzaro maktub joʻnatgan (1514). Xususan, sulton Sulaymon I Qonuniy va Buxoro xoni Ubaydullaxon Eronga qarshi birgalikda kurashish uchun harakat qilishgan. Shayboniylarning Samarqanddagi hukmdori Abdulatifxonga Sulaymon I katta miqdorda qurol-yarogʻ joʻnatgan (1551). Buxoro xoni Subhonqulixon sulton Sulaymon II huzuriga elchilar yuborib (1690) doʻstona munosabatlarni rivojlantirgan. Buxoro amiri Doniyolbiy 1779-yilda Ernazar Masʼud oʻgʻlini dastlab Rossiya imperiyasi, soʻngra Usmonlilar sultonligiga elchi qilib tayinlab, oʻzaro aloqani mustahkamlamoqchi boʻlgan. Doniyolbiy 1783—1784-yillarda 2 marta sulton Abdulhamid I huzuriga Muhammad Sharifni elchi qilib joʻnatgan. Turk sultoni elchisi Mahmud Sayd ogʻa Buxoro amiri Shohmurod huzurida boʻladi. (1786) Sulton Salim III ham 1789-yilda oʻz elchilarini yuborgan. Buxoro amiri Haydar devonbegi Eshmuhammad va Mirzo Muhammad Yusuf qoʻrchiboshini maktub bilan Istanbulga yuborib, sulton Mahmud II dan shariatga doir kitoblarni soʻratadi (1815). Mahmud II oʻz elchisi Hasan Chalabiydan Buxoroga 32 jildli kitob yuborgan. Xiva xoni Olloqulixon xonlikka karshi Perovskiy ekspeditsiyaitan soʻng Istanbul va Angliyaga elchilar yuborib, harbiy yordam soʻraydi. Biroq, Xiva xoniga masofa olisligi uchun harbiy yordam joʻnatilmay, toʻp yasovchi turk ustalari yuboriladi. Qoʻqon xoni Sulton Sayidxon (1865) va Buxoro amiri Muzaffar muftiy Xoja Muhammad Porsoni (1866) elchi qilib Istanbulga joʻnatishgan va sultonlikdan harbiy yordam soʻragan.
Shuningdek, mazkur davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalar keng yoʻlga qoʻyilgan. Asli bursalik Qozizoda Rumiy Mirzo Ulugʻbekning rasadxonasida mudirlik qilgan, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasida bosh mudarris boʻlgan. Ulugʻbek oʻlimidan soʻng uning shogirdi Ali Qushchi Istanbulda sulton Mahmud II saroyida xizmat qilgan va avliyo Sofiya madrasasining bosh mudarrisi boʻlgan. Jaloliddin Rumiyning butun ongli faoliyati Koʻniya (Kichik Osiyo)da kechgan. Tasavvufning naqshbandiya va yassaviya tariqatlari Usmonli imperiyasi hududida ham keng tarqalib, bu yerda Bahouddin Naqshband va Ahmad Yassaviyning Yunus, Xoja Bektosh Vali, Kiyikli bobo singari izdoshlari yetishib chiqqan. Tilshunos olim, shoir va elchi Sulaymon Buxoriy 19 asr oʻrtalarida Istanbulda yashab, "Lugʻati chigʻatoy va turki usmoniy" (2 jildli) lugʻatini tuzgan.
20 asr boshlarida Turkistondan borgan 100 dan ortiq talabalar (ularning orasida Fitrat, Usmon Xoʻja, Otaulla Xoʻjayev, Bekjon Raxmonov va boshqalar boʻlgan) Istanbulda tahsil olgan. Yosh turklarning gʻoyalari Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar dunyoqarashiga ijobiy taʼsir qilgan. "Ittihod va taraqqiy" partiyasi maorif boʻlimi mudiri doktor Nozim va turkistonlik talabalar tashabbusi bilan Istanbulda "Buxoro taʼlimi maorif jamiyati" (1908) tashkil qilingan. Jamiyat Istanbuldagi Gʻalaba koʻprigi yonidagi yangi Jomeʼ masjidida turkistonlik oʻquvchilar uchun alohida maktab ochgan va ularni tekin oʻqitgan. Jamiyat tomonidan Fitratning koʻplab asarlari ilk marta Istanbulda bosilgan.


XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga boʻlingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qoʻshini edi. Qoʻshinni yer egalarining lashkarlari tashkil etardi. Sulton harbiy majburiyat evaziga yer-suv taqsimlab berardi. Harbiy majburiyat evaziga ajratilgan katta-katta yer egalari zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari esa tumorilar va sipohiylar deb atalgan. Ularga harbiy harakat vaqtida sulton farmon bergan hamonoq, yerlarining katta-kichikligiga qarab belgilab qoʻyilgan miqdordagi qurolli dehqonlar bilan belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklangan edi. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qoʻshini — yanicharlari, shuningdek, kuchli harbiy-dengiz floti ham boʻlgan. Bu omillar Usmonli turklar sultonlariga keng koʻlamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini bergan. Bunday urushlar natijasida Usmonli turklar davlatining ulkan imperiyaga aylanganligi Sizlarga VII sinf „Jahon tarixi“ darsligidan maʼlum. Imperiya XVI asrda ham bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. Sulton Salim I 1514-yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qoʻshinini tor-mor etdi. Bu gʻalaba sultonga shohning ittifoqchisi Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashga yoʻl ochdi. 1516-yilda yoʻl-yoʻlakay Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517-yilda esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hatto Afrikada ham mustamlakalarga ega boʻldi.
Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling