Ustyopma plitalar fermalar, struktura va vant konstruksiyalari
Download 140.97 Kb.
|
Asos va fundament, ustun, ora yopma va tomlar.
6.1- jadval
Binolarning ustini yopish uchun, shuningdek, devorlarning bo'ylariga bir bo'ylama to'sinlarga ko‘ndalang yo‘nalishda joylashtiriladigan 3x 18 va 3x24 m li ikki yoqlama og‘ma yirik 0‘lchamli plitalar qo'llaniladi. Bunday plitalaming bo'ylama qovurg'alarining balandligi o'zgaruvchan bo‘ladi va plitaning chetlarida (II- simon phtalarda) yoki plita enining 0,25 qismiga teng (qo‘shtavr turidagi plitalarda) masofada joylashadi. Amaliyotda 6><6 m va 6x9 m o'lchamli va nishabi bir tomonga yoki ikki tomonga bo'lgan tavr kesimli stropil to'sinlar qo'llaniladi, ular payvand karkaslar bilan armaturalanadi. Oraliq masofa 12 m va 18 m bo'lganda to'sinlar oldindan tortib zo'riqtirilgan armatura bilan armaturalangan. To'sinlarning kesimi ikki tavrli bo'lib, devorining qalinligi 60—100 mm. Katta ko'ndalang kuchlar ta’sir ko'rsatadigan tayanchlar atrofida devoming qalinligi sekin-asta ortib boradi. To'sinlarning balandligi oraliqning 1/10—1/15 qismini tashkil etadi, bu ularning bikrligini ta'minlaydi. Yuqoridagi siqilgan tokchaning eni to'sin tekisligidan mustahkamlikni ta'minlash sharti bo'yicha ravoqning 1/50—1/60 qismiga teng qilib olinadi. Pastki tokchaning o'lchamlari ishchi armaturaning joylashish sharoitlari va betonlash qulayligi bilan aniqlanadi. Siqilgan tokcha va devor to'sinlari payvand karkaslar bilan armaturalanadi, bo'ylama tortuvchi kuchlanishlar oldindan tortilgan kanatli yoki yuqori mustahkamlikka ega sterjenli (yoki simli) armaturaga uzatiladi. Ayrim hollarda tortilgan qismi kesimda juft-juft joylashgan o'zgamvchan kesimh juda mustahkam sim bilan armaturalanadi. Shuningdek. to'g'ri burchakli kesimli 18 m oraliqli, oldindan kuchlangan ikki tomonga nishabli to'sinlar ham qo'llaniladi. Bunday to'sinlaming o'rta qismida ulami yengillashtirish maqsadida katta sakkiz yoqli teshiklar qilinadi. Bu teshiklarning har birining yuzi 0,5—1 m2 bo'ladi. Shuning uchun ham ularpanjarasimon to'sin deyiladi. Qo'shtavr kesimli stropil to'sinlari panjarali to'sinlardan ancha tejamlidir, ularda po'Iat va beton sarfi taxminan 15% kam. FERMALAR, STRUKTURA VA VANT KONSTRUKSIYALARI Temir-beton fermalar asosan 18 m va 24 m oraliqli binolami yopishda qo'llaniladi. Umuman, fermalar belbog'laming shakli va panjarasining bor-yo'qligiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: yuqori belbog'i siniq shaklli, segment panjarali, parallel belbog'li panjarali, xovonsiz segmentli, xovonsiz parallel belbog'li va boshqa turlari bo'lishi mumkin. Temir-beton fermalarda po'lat sarfi po'lat fermalardan deyarli ikki barobar kam; sftuning uchun oraliq 30 m dan kam bo'lganda faqat temir-beton fermalami qo'llash lozim. Oraliq undan katta bo'lganda po'lat fermalami qo'llagan ma'qul. Chunki ularning massasi, tayyorlashdagi mehnat sarfi kam qiymatga ega, temir-beton fermalardan ancha arzon. Biroq qurilishda oralig'i 60 m va undan ortiq bo'lgan hollarda, oldindan kuchaytirilgan ko‘p oraliqli qo‘shma fermalardan muvaffaqiyatli foydalanilayotganiga misollar juda ko‘p. Fermalarning balandligi, odatda, oraliqning 1/7—1/9 qismini tashkil etadi. Fermalaming yuqori bo‘g‘inlari orasidagi masofa 3 m ga teng bo‘lib, u ustyopma qovurg‘ali (qirrali) plitalaming bo‘ylama qovurg'alari orasidagi masofaga mos keladi. Bu esa fermaga qo‘yiladigan yuklami faqat tugunlarga uzatishni va xovonli fermalardagi yuqori belbog'ning egilmasligini ta’minlaydi. Agar binolardan foydalanish shartlariga ko‘ra ustunlaming qadamini 18 m gacha orttirish talab qilinsa, u holda stropil fermalar bo'ylama yo‘nalishda qo'yiladigan stropil osti fermalariga tiraladi. 6> Download 140.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling