Usullami yaratish imkonini beradi
tok hisoblanadi. Nominal quvvat nominal tok va nominal kuchlanish orqali topiladi. • Salt ishlash rejimi
Download 100.12 Kb. Pdf ko'rish
|
TOSHTEMIROV .QUVONCH ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1.M.I 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa tutashuv rejimi
tok hisoblanadi.
Nominal quvvat nominal tok va nominal kuchlanish orqali topiladi. • Salt ishlash rejimi deganda tashqi zanjir manbadan ajratilgan va uning R qarshiligi amalda cheksizga teng bo`lib (R ) zanjirdan tok o`tmagandagi ( I 0) holat tushuniladi. Bu holda manba qismlaridagi kuchlanish " U" uning EYUKga teng bo`ladi (E Y ). 3-rasm. Salt ishlash rejemini harakterlovchi sxema. • Qisqa tutashuv rejimi deb zanjir elemetlarining qarshiliksiz o`zaro ulanib qolishiga aytiladi (4-rasm). Elektr qurilmalari uchun qisqa tutashuv rejimi salbiy holat hisoblanadi. Chunki zanjirning qisqa tutashuv bo`lgan paytida qarshiligi bo`lishi natijasida qisqa tutashuv toki nominal qiymatidan bir necha marta ortib ketadi. Elektr qurilmalarini bu tokdan himoyalash uchun zanjirni shikastlangan joyini tarmoqdan avtomatik ravishda uzib qo`yadigan himoya qurilmalaridan foydalaniladi. 4-rasm. Qisqa tutashuv rejemini harakterlovchi sxema. 3- mavzu. Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash Reja: • Kirxgorfning birinchi qonuni. • Kirxgrofning ikkinchi qonuni. 3.Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi • Kirxgorfning birinchi qonuni. Elektr zanjirning uchta va undan ortiq qismlari bir-biriga ulanadigan nuqtasi tugun deyiladi. Tugunga qarab yo‘nalgan toklar yig‘indisi undan chiqayotgan toklar yig‘indisiga teng (Kirxgofning birinchi qonunini, 5.1 - rasm). I 1 = I 2 + I 3 + I 4 (5.1) Yoki tenglamaning bir tomoniga o‘tkazilsa, I 1 - I 2 - I 3 - I 4 =0 Umumiy ko‘rinishda: 5.1-расм. Кирхгофнинг биринчи қонуни ΣI=0, (5.8) Ya’ni tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng. Tugun toklar tenglamasini yozish uchun tugunga qarab yo‘nalgan toklar musbat, tugundan chiqayotgan toklar esa manfiy ishora bilan olinadi. Kirxgrofning ikkinchi qonuni. Umuman, elektr zanjir bir necha EYUK manbalaridan va rezistorlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Masalan, 5.4 - rasmda E 1 va E 2 manbalar generator rejimida ishlaydi, ya’ni ulardagi EYUK Lar va o‘tayotgan toklar bir xil yo‘nalgandir. Bunda V va A nuqtalar orasidagi kuchlanishni quyidagicha aniqlash mumkin: U VA =E 1 -I 1 ·R 1 , U VA =E 2 -I 1 · Yoki E 1 -I, R=E 2 -I 2 ·R 2 Bundan: E 1 - E 2 = I· R 1 - I 2 · R 2 Umumiy ko‘rinishda: ΣE= Σ (I· R) 5.4 - rasm. Ikki tugunli murakkab zanjir. So‘nggi tenglama Kirxgrofning ikkinchi qonuni nomi Bilan mashhur: har qanday yopiq konturda barcha EYUKlarning algebraik yig‘indisi o‘sha konturdagi qarshiliklarda yuzaga kelgan barcha kuchlanishlar tushishlarining algebraik yig‘indisiga teng. Elektr yurituvchi kuchlarning va kuchlanishlar tushishlarining ishorasini aniqlash uchun konturni aylanib chiqishda ixtiyoriy yo‘nalish tanlab olinadi. Agar EYUK ning yoki qarshilikdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi konturni aylanib chiqish yo‘nalishi Bilan bir xil bo‘lsa, u holda EYUK va kuchlanishning tushishi I· R “+” ishorasi bilan, agar EYUK yoki tokning yo‘nalishi konturni aylanib chiqish yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lsa, “-” ishora bilan olinadi. Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi Yqorida ko‘rib o‘tilganidek, passiv elementlarning ulanish sxemalari ketma - ket, parallel va aralash bog‘lanishda bo‘lishi mumkin. Ketma - ket bog‘lanish deb, har bir elementdan o‘tayotgan tokning qiymati bir xil bo‘lgan holatdagi bog‘lanishga aytiladi. 5.5-rasm, a,b dagi sxema uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan U 1 +U 2 +...+U n =U, yoki R 1 I+R 2 I+...+R n I=R ekv I, bundan R ekv =R 1 +R 2 +...+R n . (2.15) Ketma-ket ulangan elementlarning ekvivalent qarshiligi, elementlar qarshiligining yig‘indisidan iborat. Zanjirdagi tok I=U/R ekv , (2.16) n - elementning kuchlanishi uchun U n =R n U/R ekv , (2.17) n - elementda iste’mol qilinayotgan quvvat: (2.18) 5.5– rasm. 5.6-rasm, a da elementlar qarshiliklari parallel ulangan sxema berilgan. Hamma elementlar A va V tuguni oralig‘ida joylashgan. Tugunlar orasidagi kuchlanish manba kuchlanishiga teng. SHuning uchun har bir tarmoq toki munosabatlar bilan aniqlanadi. 5.6 – rasm. 5.6-rasm, a dagi sxema uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan: Download 100.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling