Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Yettusuv qozoqcha Jetisu Qozog‘istonning janubiy-sharqiy
qismida joylashgan. Tarixiy manbalarda Yettisuv deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Yettisuv Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi markazlaridan biri. Yettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan. VI asr oxirlarida Yettisuvda G‘arbiy Turk xoqonligi,VIII asrning o‘rtalarigacha qarluqlar hukmronlik qilishgan. Yettisuvni X asrning o‘rtalaridan Qoraxoniylar, X asrning 30- yillaridan Qoraxitoylar boshqargan. Mo‘g‘ullar bosqinchiligi davri (1219-21)da Yettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiq zarar ko‘rgan. XVI asrda Yettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. XIX asrning o‘rtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan. O‘tror Janubiy Qozog‘istondagi Aris daryosining Sirdaryoga qu- yilish joyida joylashgan. O‘tror 3 qism iborat: ark, shahriston, raboddan. O‘trordan ko‘chalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uyro‘zg‘or, zargarlik buyumlari, kamon o‘qlari va boshqalar topilgan. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri bo‘lgan. O‘tror mudofasidan so‘ng 154 mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Oq O‘rda xonlari uni XIV asrda tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qal’a bo‘lgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yo‘li vujudga kelgan. Bu yo‘ldan musulmon savdogarlari ham, yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. O‘trordan ko‘plab allomalar etishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. XVI asrdagi o‘zaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan. Isfijob oʻrta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri bo‘lgan. Aris daryosi vodiysida Qozogʻistonda joylashgan. Shaharning qachon vujudga kelgani nomaʼlum. Isfijobning arki X asrdayoq vayrona holatda boʻlgan, faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uzunligi 1 farsax (6–7 km)ni tashkil qilgan. Shaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron va Buxoro boʻlgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome masjidi va bozorlar joylashgan. 840-yilda Isfijob viloyati somoniylardan Nuh ibn Asad qoʻl ostiga oʻtgan. Viloyatni koʻchmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad Isfijob atrofini devor bilan oʻrattirgan. Isfijob Buyuk ipak yoʻli ustida boʻlib, bu yerda boʻz, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qoʻrgʻon va rabotlari boʻlgan. X asr oxirlarida qoraxoniylarga, XIII asr boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219- yildan moʻgʻullarga boʻysungan, shaharning yangi nomi Sayram dastlab shu davrdan 122 -yildan tilga olinadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling