170
Antonim nomlar ‒ bir-biriga teskari ma’noli geografik nomlar:
Oqdaryo ‒ Qoradaryo, Yuqori Chirchiq ‒ Quyi Chirchiq, Oqtog‘ ‒
Qoratog‘ va boshqalar.
Antrotoponim nomlar ‒
kishilarning ismi, familiyasi, taxallusidan
olingan nomlar:
Navoiy shahri, Beruniy tumani, Vashington shahri,
Amir Temur ko‘chasi.
Arealli nomlar ‒ bir xil qo‘shimcha yoki
topoterminlar ishtirokida
yasalgan geografik nomlar joylashgan hududdagi toponimlar: kent,
tepa, qo‘rg‘on va boshqa terminlar ishtirokida yasalgan tarqalgan
hudud. Masalan: Toshkent viloyatida kent termini yordamida yasalgan
nomlar ko‘p: Alimkent, G‘azalkent,
Toshkent, Parkent, Zarkent va
boshqalar.
Ark ‒ shaharning hokim qasri joylashgan qismi.
Band ‒ to‘g‘on
Bozor ‒ savdo qilish joyi
Bozori sha’b ‒ kechki bozor, aksari ramazon oyida uyushtirilgan
Bog‘ot ‒ shahar tashqarisidagi bog‘li joylar
Varaxsha ‒ Buxorodan 40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji
koʻlining qadimiy Rajfandun vohasida joylashgan bo‘lib,
uning
maydoni 9 gektar va balandligi 10-20 metrli ulkan tepa shaklida
saqlangan.
Guzar ‒Buxoro, Samarqand kabi shaharlardagi kichik shaharsozlik
bo‘linmalarga
nisbatan ishlatiladigan ibora, mahalla, mahalla (yoki
mahallalar) markazi
Geradod asarlarida ‒ Araks ‒ Amudaryo, Yaksart ‒
Sirdaryo,
Maroqand ‒ Samarqand
Darb ‒ kirish joyi, shaharning kichik darvozasi (mas. Binkadda)
Darvoza ‒ shaharlarga yirik kirish joyi
Daha ‒
yirik shaharsozlik bo‘linma
Do'stlaringiz bilan baham: