Utayeva feruza xolmamatovna
XVIII-XIX asarlarda Buxoro
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat boshqaruvi
10.3. XVIII-XIX asarlarda Buxoro
XVIII-XIX asarlarda madaniyat: Buxoro muhitida “Tuhfai xoniy” (Muhammad Vafo Karminagiy), “Toj - ut - tavorix” (Muhammad Sharif), “Mang‘it xonlari tarixi” (Mirzo Abdulazim Somiy), “Tarjimai ahvoli amironi Buxoro” (Ahmad Donish) va boshqa badiiy-tarixiy asarlar yaratildi. Bu asarlarda qimmatli ma’lumotlar qoldirilgan. Ahmad Donish Amir Nasrullaxonning nazariga tushib, saroyda xizmat qilgan. Amirning taklifi bilan 1865-yil “Manozir ul-qavoqib” (Sayyoralarning joylashishlari) nomli astronomiyaga oid, ”Risolai dar nazmi tamaddun va taovut” (Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola) kitoblarini yozgan. Ammo undagi islohotlar to‘g‘risidagi fikrlari amirga yoqmay uni saroydan uzoqlashtirgan. XIX asrda Buxoro qandakorlik maktabi shakllangan. Qandakorlik shakli soda, xushbichimligi, naqshlari esa murakkab va nafisligi bilan ajralib turadi. Qo‘qon qandakorlik maktabi yaratgan san’at asarlariga qaraganda, Buxoro qandakorlik maktabi asosan me’moriy obidalar tasvirlari aks ettirilgan. XVIII-XIX asarlarda bir qator yirik inshoatlar qirildi. Shayx Jalol darvozasi va xonaqosi, Domullo Tursunjon madrasasi (1796-1797), Halifa Xudoydod ansambli (masjid, madrasa, sardoba va mozor) 162 (1773-1855), Chorminor (1807), Amir madrasasi (XX asr boshi), Sitorai Mohi Xossa (XIX asr oxiri- XX asr boshi) va 20 dan ortiq madrasalar. Nasrulloxonning Buxorodagi O‘g‘lon darvozasi yaqinida qurilgan Chorboxossa tashqi saroyi, Amir Muzaffarning Shirbudin saroyi, Amir Abdulahadxon tomonidan Mohi Xossa saroyi barpo etilgan. Davlat boshqaruvi: Amirlikda oliy hukmdor amir,ijro etuvchi hokimiyat qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Qo‘shbegi-oliy mansab egasi bo‘lib, amir poytaxtda bo‘lmagan vaqtda u amirlikni boshqargan. Ikkita qo‘shbegi bo‘lgan. Birinchisi “qo‘shbegiyi bolo”, ya’ni yuqori qo‘shbegi,ikkinchi qo‘shbegi “qo‘shbegiyi poyon”,ya’ni quyi qo‘shbegi. Buxoro qozi kaloni Sadri Ziyo-Muhammad Sharifjon ibn qozi Abd ush-Shakur o‘zining esdaliklarida Buxorodagi amal va unvonlar va ularning vazifalari haqida yozgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling