Utayeva feruza xolmamatovna
Hirot Аlisher Navoiy davrida
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
10.2. Hirot Аlisher Navoiy davrida
Mirzo Ulug‘bekning vafotidan so‘ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan uning poytaxti Hirotga ko‘chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa buyuk shoir va mutafakkir, ga’zal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli nihoyatda beqiyos bo‘ldi. Ma’rifatli hukmdor bo‘lmish Sulton Husayn (Boyqaro) butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning o‘zi Husayniy taxallusi ostida g‘azallar yozgan. Sulton Husayn (Boyqaro) hayrihohligi va homiyligi madaniy yuksalishga katta turtki bo‘lgan. Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko‘radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo‘lib, u yerda ikki -yilcha turib, o‘z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469 -yili Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkandan so‘ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik so‘ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida (1472-1476) mamlakatda imkon boricha osoyishtalik va adolat o‘rnatishga harakat qiladi.Uning hatti-harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi, suv chiqarilib, ko‘pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo- 160 sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat ahliga shaxsan o‘zi homiylik ko‘rsatdi. Garchi toju-taxt uchun kurashlarda va fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari bir oz sovugan bo‘lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo‘lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to‘n kiygizib, uning hech bir iltimosi hech qachon yerda qolmasligini aytadi. Alisher Navoiyning birgina o‘zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘ladi. Hirotdagi Injil daryosi bo‘yida uning qurilish ishlari uchun maxsus yer ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi Ixlosiya, Shifoiya majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi qator sug‘orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini o‘ylagan Navoiy o‘z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi. Odamiy dersang demagil odamiy, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami, deb, o‘z ta’rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo‘lgan va ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta’mir etib o‘z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi jome masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining go‘zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyondasi Sharq Rafaeli nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan -Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan - Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar etishib chiqdilar. Alisher Navoiy ilk bora o‘zga shoirlardan farqli ravishda turkiy tilda 1483-1485 yillarda beshta dostondan iborat Xamsa asarini yozdi. Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlari mavjuddir. Ular “Xazoyinul maoniy”, “Lison ut tayr”, “Mahbub ul qulub”, “Majolisun nafois”, “Munshaot”, “Muhokamatul lug‘atayn”, “Mezonul avzon” va boshqalardir. Bular tarixiy, falsafiy, ahloqiy mezonlarni o‘z ichiga olib, ularda insoniyatga xos bo‘lgan barcha ijobiy xislatlar ulug‘lanadi. Navoiy o‘z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o‘sgan yeriga 161 nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi, muhabbat va sadoqat, halollik va poklik, do‘stlik va hamkorlik, ezgulik va adolat kabi o‘chmas g‘oyalar tarannum etiladi. Buyuk mutafakkir insonlarni o‘zaro mehr- oqibatli, insof-diyonatli, bag‘rikeng, olijanob, mehnatsevar bo‘lishga chaqirib, aynan yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan insongina mamlakat ravnaqiga bevosita hissa qo‘shishi mumkinligini, har bir kishi o‘z ahloqi va odobi ila jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishi mumkinligini uqtirib o‘tadi. Ilm olishga intilmak, xat-savodli bo‘lish, o‘z halol mehnati, pok kalbi bilan umr kechirish haqidagi ezgu fikrlar uning asarlaridan keng joy olgan. Jahon ahli Navoiyni nafaqat ulug‘ shoir va davlat arbobi, balki buyuk insonparvar shaxs, qomusiy olim, betakror so‘z san’atkori, Gomer, Nizomiy, Shota Rustaveli, Shekspir, Balzak, Pushkin, Tolstoy, Tagor kabi adabiy dunyo daholari qatoridan joy olganligini e’tirof etadi. Moskva, Tokio, Boku shaharlarida ushbu mutafakkirga haykallar o‘rnatilganligi, asarlarining o‘nlab jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganligi yuqoridagi fikrning tasdig‘i bo‘lib qoladi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling