Utayeva feruza xolmamatovna
Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
3.2. Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar
Chag‘oniyon qadimiy shahar bo‘lib arabchada Sag‘oniyon deb yuritilgan Surxondaryo (Chag‘onrud) ning o‘rta va yuqori oqimi bo‘ylarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat. Dastlab Syan Szan tomonidan milodiy taxminan 630 -yilda qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qadimgi izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Miloddan avvalgi 2-ming -yillikning 2-yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Mo‘lalitepa), miloddan avvalgi 1-ming -yillik o‘rtasida esa ilk shahar Qiziltepa vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 1-asr milodiy 1 - asrda Chag‘oniyon 34 yuechjiylar davlatining asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Milodiy I - III asrlarda Chag‘oniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Chag‘oniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq topgan, ko‘plab shahar va qishloqlar vujudga kelgan, tovar-pul munosabatlari, sug‘orma dehqonchilik, turli kasb-hunarlar, tasviriy va amaliy san’at ayniqsa, haykaltaroshlik rivojlangan. Milodiy III- IV asrlarning 2-yarmida Chag‘oniyon sosoniy kushonshohlar qo‘l ostida bo‘lgan. Milodiy V asrning 2-yarmi VI asrda viloyat avval Eftaliylar, so‘ngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. VI asrning 2- yarmidan VIII asrning 2 - yarmigacha Chag‘oniyonni mahalliy sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari turkiy yabg‘ularga bo‘ysungan. Chag‘oniyonning ayrim hukmdorlari yoki chag‘onxudotlarning ismlari yozma, epigrafik va numizmatik ma’lumotlar bo‘yicha aniqlangan: Fag‘anish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Milodiy VII asrning 2 - yarmida Chag‘oniyonga arablar kirib kelgan, ular VIII - asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. IX asr ning o‘rtasi yoxud 2 - yarmidan XI asr boshigacha Chag‘oniyon - somoniylarning eng qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan bo‘lgan hokimlarning merosiy mulki bo‘lgan. Bu sulola amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941 -yilda vafot etgan), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad - Abu Ali Chag‘oniy (955/956 -yilda) Somoniylar saroyida eng muhim ma’muriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipohsolorlik) egallaganlar. Muxtojiylar davrida Chag‘oniyon tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyatidan tashqari Tojikistonning shimoliy-g‘arbidagi Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan. Chag‘oniyon poytaxti ham Sag‘oniyon deb atalib, Denovdan 6 km janubiy-sharqdagi Budroch shahri xarobasi o‘rnida bo‘lgan. Chag‘oniyon (Sag‘oniyon) shahri bu davrda Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Chag‘oniyon amiri Ahmad ibn Muhammad esa ko‘plab buyuk shoirlar Daqiqiy, Farruxiy, Manjuqiy homiysi (mamdux) sifatida Sharqda shuhrat qozongan. XI asrning 1 - yarmida Chag‘oniyon ma’lum darajada qoraxoniylarga qaram bo‘lgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. XI asrning 2-yarmi XII asrning 1-yarmida Chag‘oniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. XII asrning 2-yarmi XIII asr boshi Chag‘oniyonni qoraxoniylar, qarluqlar, g‘uriylar, xorazmshoxlar 35 idora etgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng XIII asr o‘rtasida Chag‘oniyon Chig‘atoyxonning nabirasi Yesun Tuvaning, so‘ngra uning o‘g‘li Baroqning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda Yangi shahar ilgarigi rabod o‘rnida vujudga kelib XVI - asr boshiga qadar mavjud bo‘lgan, so‘ngra Shayboniyxon tomonidan bosib olingan. Shundan so‘ng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov) ga ko‘chgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling