Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet resurslar: 1. www.ziyonet.uz 2. www.history.ru 3-Mavzu: Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi
- Tayanch so‘z va iboralar
Manba va adabyotlar
1. Алламберганов М. Қадимий мудофа деворлари. Тошкент, 2007. 2. Виноградов А. Неолитические памятники Хорезма. Материалы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. Вып. 8. Москва, 1962. 3. Исо Жабборов. Буюк Хоразмшоҳлар давлати. Ташкент, 1999. 4. Polatov X. Shaharsozlik tarixi.- O‘quv qo‘llanma - T., “Fan va texnologiya” Ташкент 1992 5. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқарув тарихи. Тошкент, 2012. 30 6. Ўзбек совет энциклопедияси “Ўзбекистон Давлат энциклопедияси Бош Редакцияси”. Тошкент, 1971. Internet resurslar: 1. www.ziyonet.uz 2. www.history.ru 3-Mavzu: Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi Reja: 3.1. Qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni joylashish o‘rni va turi 3.2. Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar 3.3. O‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ko‘hna shahlar 3.4. Termiz shahri manbalarda 3.5. Termiz shahri ilk va o‘rta asrlar davrida 3.6. Amir Temur va temuriylar davrida Termiz shahri Tayanch so‘z va iboralar: Chag‘oniyon, Yunon - Baqtriya, kushonlar davri madaniyati, mudofaa istehkomlari, Xolchayondagi tangalar, Budrochtepa, Termiz, Jayhun daryosi, Temiz Arxeologik Kompleks Ekspeditsiyasi 3.1. Qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni joylashish o‘rni va turi Termiz shahri haqida ma’lumotlar va qadimgi davr shaharlarini tiplarga bo‘lish shaharni joylashish o‘rni va turini aniqlashda arxeologik ma’lumotlarning o‘rni muhim. Termiz shahri va atrofining tarixiy davrlarini belgilash hamda arxeologik materiallar to‘plash maqsadida O‘rta Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan ilmiy ekspedistiya Temiz Arxeologik Kompleks Ekspeditsiyasi (TAKE), 1936- 1938-yillarda o‘z faoliyatini boshlagan. Ilmiy tadqiqot ishlariga M.E.Masson rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaga O‘zbekiston qadimgi va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasi (Uzkomstaris), Leningrad davlat ermitaji, Moskva dinga qarshi kurash Markaziy muzeyi, Samarqand va Termiz tarix muzeylari xodimlaridan iborat bir necha guruh tuzilgan. A.P.Okladnikov rahbarligidagi guruh Teshiktosh 31 g‘oridan muste davriga oid bolaning skeleti qoldiqlarini topib, dunyo ahamiyatiga molik kashfiyot qildi. Termiz shahrining tarixiy topografiyasi tuzildi. Chingiztepa va Qoratepa qadimgi budda ibodatxonasi ochilib, antik davr frizlari topildi; Ayritom xarobasida arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Termizshohlar saroyining xarobalarini o‘rganish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. Termiz va uning atrof rayonlarining sug‘orish tarixi bilan bog‘liq holda o‘rta asr me’moriy yodgorliklari ham o‘rganildi. Miloddan avvalgi 1-asr va milodning 1-asrga oid sopol buyumlarning kompleks san’at namunalari topildi va Kushon podsholigi tarixini o‘rganishga jiddiy qadam qo‘yildi. O‘zbekistonda birinchi marta tosh idishga bitilgan kxaroshti hind yozuvining namunasi topildi. Bu arxeologik topilmalar, asosan, O‘rta Osiyoda quldorlik jamiyatining paydo bo‘lish, rivoji va tushkunlikka yuz tutish davrlarini belgilab berishda katta rol o‘ynadi. Umuman ekspeditsiyaning faoliyati Termiz va uning atrof rayonlarini o‘rganish bilan cheklanibgina qolmay,balki O‘rta Osiyo tarixini arxeologik jihatdan tadqiq etish hamda davrlashtirishda ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 1970 -yillarda Shimoli-g‘arbiy Baqtriya yodgorliklari, shu jumladan Kushon davri yodgorliklarini o‘rganish natijalariga asosan E. V. Rtveladze ularni ilk bor turlarga ajratdi: - Birinchi guruh. Yirik shaharlar, eng qadimgi shaharlarga to‘g‘ri keladi - Ikkinchi guruh. Yarim shahar, yarim qishloq tipidagi yodgorliklar - Uchinchi guruh. Qishloq tipidagi yodgorliklar - To‘rtinchi guruh. Tog‘li qishloqlar - Birinchi tip: arki-a’loli katta maydonni egallagan, mudofaa istehkomi bilan mustahkamlangan shaharlar (Eski Termiz) - Ikkinchi tip: Ko‘plab qishloq va boshqa turdagi inshootlarni o‘ziga qamrab olgan arki-aloli va maydoni yagona mudofaa istehkomlari bilan o‘rab olinmagan shaharlar - Uchinchi tip ikki shakldan iborat: - Birinchi shakli - o‘rta kattalikdagi shaharlar, arki-a’loli, tarhi to‘g‘riburchak yoki to‘rtburchak shakldagi mudofaa istehkomlari va xandak-g‘ov bilan o‘rab olingan shaharlar. Umumiy maydoni 10 32 gektardan 30 gektargacha. Bularga Dalvarzintepa, Zartepa kabi shaharlar kiradi. - Ikkinchi shakli - umumiy maydoni 5 gektardan 10 gektargacha, shaharning bir burchagida yoki undan alohida joylashgan arki-aloli, ularning tarhi to‘g‘ri burchak yoki ko‘p burchakli ko‘rinishda bo‘lib, mustahkam mudofaa inshootlari bilan muhofazalangan. Mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlangan. Bularga Hayitobodtepa, Jondavlattepa, Beshkapa, Degriztepa kabilar kiradi. - To‘rtinchi tip: Umumiy maydoni 1 gektardan 3 gektargacha bo‘lgan shaharlar. Bular tarhi ko‘pincha to‘g‘ri to‘rtburchak yoki o‘g‘riburchak shaklida bo‘lib, arki - a’lo ularning ma’lum burchagida joylashgan. Burjlar bilan muhofazalangan istehkomlari bilan o‘rab olingan. Asosiy qismdan tashqarida tashqi shahar singari inshootlar mavjud. Bu turdagi inshootlar Shimoli-g‘arbiy Baqtriya hududida juda keng tarqalgan. Bularga Oqtepa, Ismoiltepa, Karvontushdi, Bobotepa, Hayrabodtepa kabilar kiradi. Yarim shahar yarim qishloq turkumidagi yodgorliklar: bu turdagi inshootlar o‘zining tuzilishi, xususiyatlari bilan birinchi va uchinchi turdagi inshootlarga o‘xshamaydi. Bularning arki-a’losi va mudofaa istehkomlari yo‘q. Bularning umumiy maydoni bir necha gektar, ba’zida 10 gektardan ko‘proq maydonni tashkil etadi. Bu turdagi inshootlarga Xotinrabod, Kultepa, Oqtepa va Ayritomlar kiradi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling