Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
2.4. Sultonqal’a
Marv shahar xarobasini tashkil etgan qal’alardan biri. VIII asrdan boshlab Sultonqal’ada aholi gavjum yashagan. Abu Muslim hukmronligi davrida Majan kanali bo‘yiga ark, jome masjidi va asosiy bozorlar ko‘chirilishi oqibatida Sultonqal’a Marvning ma’muriy markazi sifatida shakllangan va IX-X asrlarda mustahkam shaharga aylangan. Sultonqal’a 2 qator devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, devor ichining ma’muriy va jamoat binolari joylashgan joyida ark qurilgan. Shaharning markazida jome masjidi va saljuqiylar saroyi bo‘lgan. Kosiblar, kulollarning mehnati qadrlangan. Sanjar hukmronligi davrining oxirida ko‘chmanchi o‘g‘uzlar poytaxtni ikki marta talontaroj qilgan va 1153-yil Sultoqqal’a birinchi marta inqirozga yuz tutgan. Sultonqal’a 1193-yilda Xorazmshohlar davlati tarkibida bo‘lgan, 1221-yilda mo‘gullar tomonidan zabt etilgan. Mo‘g‘ullar 26 Sultonband to‘gonini buzib tashlagan, natijada Marvning qayta tiklanishi ancha kechikkan. Sultonqal’a xarobasida XIII-XIV asrlarda yana aholi yashay boshlagan. Aholi shaharni qayta tiklab savdo-soyiq bilan shug‘ullana boshlaganlar. XIV-XV asrlarda Temuriylar hukmronligi davrida aholi Sultoqqal’adan janubga siljib, yangi shahar Abdullaxonqal’aga ko‘chirilgan. 1786 - yil Shohmurod Marv hokimi Bayramalixon ustiga bir necha bor qo‘shin jo‘natgan. Birinchi hujum vaqtida Bayramalixon o‘ldirilib, shahar atrofi talontaroj qilingan. O‘zaro tuzilgan bitimga ko‘ra, Bayramalixonning o‘g‘illaridan Muhammad Karimxon Marv hokimi etib tayinlangan. Ammo u tezda hokimiyatdan chetlatilib, o‘rniga akasi Xoja Muhammad Husayn o‘tqazilgan. 1788 - yilda Shohmurod yana Marvga yurish qilib, shahar va uning atrofini suv bilan ta’minlaydigan Murg‘ob daryosidagi Sultonband to‘g‘onini (uni qo‘riqlab turgan qal’a boshlig‘ining xoinligi tufayli) egallab, uni buzdirib tashlagan. Marv suvsiz qolgan, biroq u taslim bo‘lmagan. Aholi o‘rtasida ochlik, qashshoqlik avjga chiqqan, natijada shahar bo‘ysunishga majbur bo‘lgan. Shohmurod Marvga 5 ming kishilik qo‘shin kiritib, ularni shahar aholisi uylariga joylashtirgan. Marvning 15 ming (ayrim manbalarda 30 ming) aholisini Buxoro va Samarqand viloyatlariga ko‘chirtirib kelgan. Marvni boshqarish Shohmurodning ukalari Umarbiy va Fozilbiylarga topshirilgan. Sultonband to‘g‘oni qayta tiklangan. Murg‘obning quyi oqimida Islomobod qal’asi qurilgan. Biroq Marv yana Shohmurodga bo‘ysunishdan bosh tortgan. Shohmurod 1790-yil yana Marvga qo‘shin tortib kelgan, lekin shaharni qo‘lga kirita olmagach, Sultonband to‘g‘onini buzdirib tashlab, shahar va uning atrofini yana suvdan mahrum qilgan. Marv vohasi cho‘lu-biyobonga aylangan. Shahar aholisi Umarbiyga qarshi isyon ko‘tarib, shahar darvozasini Shohmurodga ochib bergan. Umarbiy ukasi Fozilbiy bilan Shahrisabzga qochgan. Marv hokimligi Shohmurodning o‘g‘li Din Nosirbiyga topshirilgan. Bugungi kunda Marv YUNESKOning Jahon merosida Buyuk Ipak yo‘lidagi yaxshi saqlanib qolgan eski markaz sifatida qayd etilgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling