Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Manba va adabyotlar
1. Мирзиёев Ш.М.Нияти улуғ ҳалқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти 
ёруғ ва келажаги фаровон бўлади Т .,”Ўзбекистон”. 2019 йил
2. Абу Бакр Мухаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро 
тарихи. Тошкент, 1993.
3. Абдуразаков А. А и др. Реставрация колонны из 
Еркургана. Реферативный сборник “Реставрация, исследование и 
хранение музейных художественных ценностей”. Вып. I, 1976 
4. Аннаев Т., Шайдуллаев Ш. Сурхондарё тарихидан 
лавҳалар. Тошкент, 1997 
5. Асқаров А. Энг қадимги шаҳар. Тошкент, 2001 
6. Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. Тошкент, 1998 


20 
7. Eshov B. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. - T, 2004
8. Эшов Б Қадимги Ўрта Осиё шаҳарлари тарихи Тошкент: 
Фан, 2006 
9. O‘zbekiston Miliy Ensiklopediyasi.T .8.T. O‘z.M.E 
nashriyoti. 2006 
 
2-mavzu: Janubiy Turkmaniston shaharlari urbanizatsiyasi 
Reja: 
2.1. Marv - Orta Osiyoning eng qadimgi shahri
2.2. JTAKEning Govurqal’a va Erkqal’adagi tadqiqotlari 
2.3. XI-XIII asrlarda Marvning ravnaqi 
2.4. Sultonqal’a
Tayanch so‘z va iboralar: Marv, Erk qal’a, Govurqal’a, 
Xorazmshohlar, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks 
ekspeditsiyasi, Marg‘iyona, Sultonqal’a, Oltintepa, Yoztepa, Sulton 
Sanjar maqbarasi, Yoqut Hamaviy 
 
2.1. Marv - Orta Osiyoning eng qadimgi shahri 
Marv O‘rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. Marv 
Avestoda Mouru deb tilga olingan. Marvning qoldiqlari 5 qal’a 
xarobalaridan iborat. Quyidagilar: Erkqal’a, Govurqal’aSulton qal’a, 
Abdullaxon qal’a, Bayramalixon qal’a. Marv haqidagi ma’lumotlarni 
dastlab arxeologik ma’lumotlarga e’tibor qaratamiz. Dastlab, XIX 
asrning 80-yillaridan V.A.Jukovskiy, 1946--yildan M.E.Masson 
rahbarligidagi 
Janubiy 
Turkmaniston 
arxeologik 
kompleks 
ekspedistiyasi, keyingi - yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va 
Sankt-Peterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib 
borgan. Maydoni 12 ga bo‘lgan Marvning eng qadimgi qismi Erk 
qal’a miloddan avvalgi 1-ming -yillikning 1-choragidan mavjud 
bo‘lgan. Marvning ravnaq topgan davri Parfiya va ilk sosoniylar 
miloddan avvalgi II milodiy III asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Marv 
Govurqal’a va Erk qal’a hududlaridan iborat bo‘lib, Erk qal’a 
Marvning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km
2
) mudofaa 
devori bilan o‘rab olingan.
Metallga ishlov beradigan texnika po‘lat ishlab chiqarish 
texnologiyasi birinchi bo‘lib Axsikent, Pop, Marvda paydo bo‘lgan, 
keyin Damashqqa, so‘ngra esa, g‘arbga yetib borgan. Yunon tarixchisi 


21 
Plutarx tomonidan I asrda shu qadar maqtalgan toblangan po‘lat ishlab 
chiqariladigan haqiqiy sanoat ustaxonalari Marvda bo‘lgan. Yahudiy 
hunarmandlari Misrdan Marvga shishadamgarlik texnologiyalarini 
olib kelganlar. 
Milodiy III asrdan Marv Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, VII 
asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. VIII asr o‘rtasida Marv 
Abu Muslim harakati markazi bo‘lgan. IX asrda Marvda ilm-fan 
ravnaq topdi, u arab xalifaligining Xuroson va Movarounnahr 
noibligining poytaxti rolini o‘ynadi. Ma’mun ibn Horun ar-Rashid 
davrida Marvda Bag‘dod akademiyasining asosini tashkil etgan 
marvaziylar maktabi tarkib topdi. O‘rta asrdagi Marvning ravnaq 
topgan davri XI-XII asrning 1- yarmiga to‘gri keldi. Bu davrda u 
buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti Sulton qal’a bo‘lgan. Hozir 
Sulton qal’a xarobasida Sulton Sanjar maqbarasi joylashgan.
XII asr oxiri XIII asr boshida Marv Xorazmshohlar davlatining 
yirik markazi bo‘lgan. 1222 -yilda shahar mo‘g‘ullar tomonidan 
vayron qilingan. XII asr o‘rtasi XIII asrda shaharning rabod qismi 
tiklangan. XV asr boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq 
topgan. Marvdan o‘rta asrlarda ko‘plab olimu fuzalolar etishib 
chiqqan. 1510 - 1524 va 1601 - 1747 -yillarda Marv forslar qo‘lida 
bo‘lgan. Marv urushlar tufayli inqirozga yuz tutgan.1790 -yil shahar 
markazi Marvdan 30 km g‘arbga Mari shahriga ko‘chgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling