Utayeva feruza xolmamatovna


 Shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

1.5. Shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi 
Ilk davlatlarning asosiy belgilari: 


15 
Arxeologik belgilar 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
belgilar 
Shaharlarning paydo bo‘lishi, shahar atrofida 
qishloq manzilgohlarning kopayishi 
Ilk davlat 
markazining vujudga 
kelishi bu -
shaharning 
mavjudligi 
Turar 
joy 
manzilgohlarining 
oshishi, 
manzilgohlarning hududiy kengayishi, qabrlar 
va ularda uchraydigan topilmalarning son va 
sifat ko‘rsatgichlari 
Aholi soning oshishi 
va ijtimoiy 
tabahalanishni 
ko‘rsatuvchi belgilar 
Mehnat qurollarining takomillashuvi, suniy 
sug‘orish shahobchalari va kanallarning paydo 
bo‘lishi,ekin turlari sonining oshishi 
Dehqonchilikning 
rivojlanishi 
Uy hayvonlari suyaklari sonining oshishi 
Chorvachilikning 
rivojlanishi 
Hunarmandchilik sohalarining markazlashish 
jarayoni, 
hunarmandchilik 
mahsulotlari 
turlarining 
oshishi, sifatiy o‘zgarishlar 
Hunarmandchilikning 
rivojlanishi 
Harbiy istehkomlar mavjudligi, qurollarning 
takomillashuvi, mudofa inshoatlar, burjlar 
Harbiy ishlarning 
takomillashuvi 
Moddiy madaniyat na’munalari, qadimgi aloqa 
yo‘llarining takomillashuvi 
Savdo va madaniy 
aloqalar 
Muhr 
Xususiy 
mulk, 
siyosiy 
birlashma 
belgisi 
Yozuv 
Jamiyatning 
stivilizastiya darajasi 
Temirning kashf etilishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning, ayniqsa, 
sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning keyingi rivoji, bir 
tomondan, yangi vohalarning o‘zlashtirilishiga, ikkinchi tomondan
ko‘proq qo‘shimcha mahsulot yaratish imkonini yaratdi. Bunday 
sharoitda kuchliroq bo‘lgan ayrim shahar-davlatlar o‘z atroflaridagi 
bir muncha zaif bo‘lgan qo‘shni shahar-davlatlarni o‘zlariga iqtisodiy, 
siyosiy jihatdan qaram qilib oladi. Zaifroq shahar-davlatlar o‘zidan 


16 
kuchli shahar-davlatga o‘lpon to‘lab turishga, zarur bo‘lib qolsa 
harbiy kuch bilan yordam berishga majbur edilar. 
Shunday qilib, bir nechta shahar - davlatlar konfederatsiyalari - 
podshohliklar paydo bo‘ladi. Bunday podshohliklar siyosiy jihatdan 
unchalik mustahkam bo‘lmasada, (sababi, konfederatsiya tarkibidagi 
shahar-davlatlar ma’lum muxtor huquqlarini saqlab qoladilar), lekin 
ular ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, iqtisodiy jihatdan tez 
rivojlanish imkoniga ega bo‘ladilar. 
O‘rta Osiyo hududidagi dastlabki podshohliklar Katta Xorazm va 
Qadimgi Baqtriya podshohliklari shu tariqa eramizdan avvalgi VIII-
VIIasrlarda paydo bo‘lgan. Ular O‘rta Osiyoning kattagina qismini o‘z 
ichiga olgan. Ushbu davlatlar mustaqil rivojlanish jarayoni 
ahomoniylar bosqini natijasida eramizdan avvlgi VI asrda barham 
topadi. 
Davlatchilik shaklanish jarayonini turli hududlarda turli davrlarda 
kechishi, o‘sha joylardagi tabiat, iqlim, yer unumdorligi va shu kabi 
xususiyatlar bilan izohlanadi.
O‘rta 
Osiyoning 
janubiy 
hududlarida 
davlatchilikning 
shakllanishi shimoliy hududlarga qaraganda ertaroq va tezroq boradi. 
O‘rta Osiyoning janaubiy qismi (Marg‘iyona, Baqtriya, Parfiya)da 
davlatchilikning erta shakllanishi qulay tabiiy sharoit, dehqonchilikda 
qo‘lga kiritilgan tarixiy tajriba hamda bu hududlarning davlatchilik 
tizimlari bir muncha erta shakllangan. Qadimgi Xorazmda esa bu 
jarayon bir muncha boshqacha tarzda kechadi. Xorazm yuqoridagi 
sivilizatsiyalardan uzoqda, Bo‘z-qir madaniyati va ko‘chmanchilar 
dunyosi bilan bo‘lgan chegarada joylashgan. Chegarada joylashganligi 
sababli ham bu yerda ayriboshlash munosabatlari tez sur’atlar bilan 
rivojlanib borgan. Aynan ayriboshlash munosabatlarining rivoji 
Xorazmda davlatchilik tizimini shakllantirgan asosiy omillardan 
hisoblanadi. Ushbu hududda ilk davlatlar eramizdan avvalgi VII-VI 
asrlarda paydo bo‘ladi.
Shimoliy-sharqiy o‘lkalar (Farg‘ona, Choch, Ustrushona)da 
davlatchilikning shakllanish jarayoni bir muncha kechroq boshlanadi. 
Bu avvalambor iqtisodiy taraqqiyotning pastligi (bu yerlarda 
dehqonchilik er.avv. I ming - yillik boshlaridagina paydo bo‘ladi) 
bilan 
izohlanadi. 
Sivilizatsiya 
markazlaridan 
uzoqdaligi, 
bu 
hududlarda ko‘chmanchilarning doimiy ravishda o‘troqlashib borishi 
ham ularda davlatchilikning shakllanish jarayonini kechiktirgan 


17 
omillardan hisoblanadi. Ushbu hududlarda ilk davlatlar er.avv. IV-III 
asrlarda paydo bo‘ladi. Ular jumlasiga “Qang‘” va “Dovon” 
davlatlarini keltirish mumkin. 
Antik davr, ilk va o‘rta asrlarga ta’luqli shaharlar sivilizatsiyasi 
arxeologlar 
tomonidan 
keng 
o‘rganilgan va o‘rganilmoqda. 
Arxeologik ma’lumotlarga tayanib qadimgi shaharlar tarixi batafsilroq 
yoritilib 
borilmoqda. 
Mustaqillik 
-yillarida 
shaharlarning 
yubiliylarining kehg miqyosda o‘tkazilishi shaharlar tarixini yanada 
kenroq yoritilishiga imkon yaratdi. Jumladan: Janubiy Turkmaniston 
shaharlaridan - Marg‘iyona, Tohirboy, Cho‘pontepa, Anov 
madaniyati; Surxondaryo vohasi shaharlaridan -Budrochtepa
Xolchayon 
Zartepa, 
Kampirtepa, 
Katta 
tepa, 
Mirzaqultepa; 
Qarshqadaryo vohasi shaharlari - Shahrisabz, Yerqurg‘on, Kesh, Nasaf; 
Samarqand O‘rta Zarfshon shaharlari - Afrosiyob; Buxoro vohasi 
shaharlari - Poykand, Katta tuz kon makoni, Zamonbobo madaniyati, 
Varaxsha; Xorazm vohasi shaharlari - Qadimgi Xorazm
Xazorasp, Mizdahon, Qiyot, Devkesgan qal’a, Xiva; Toshkent 
vohasi shaharlari -Toshkent, Nukat, Chochtepa, Qanqa; Farg‘ona 
shaharlari - Sho‘rabashot, Qovunchi madaniyati, Chust madaniyati
Andijon-Sartepa, Mingtepa; Sirdaryo vohasi shaharlari - Munchoqtepa 
yodgorligi, Kultepa, Axsikat, Banokat; Samarqand qo‘yi Zarafshon 
Tojikiston shaharlari – Ustrushona, Sug‘d. 
O‘rta Osiyo shaharlari arablar bosqinidan so‘ng rivojlanish 
darajasi pasaygan bo‘lsada IX asrda o‘z ahamiyatini qayta tikladi. 
Somoniylar davrida shaharlar Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari bilan 
savdo diplomatik, madaniy aloqalarni olib bordilar. Buyuk ipak yo‘li 
ahamiyati ko‘tarildi. IX-XII asrlarda shahar madaniyati yuksaldi. 
XIVasrda Temur va Temuriylar davrida shaharsozlik yuqori chuqqiga 
chiqdi. Shaharlar obodonlashtirildi bog‘-rog‘lar barpo etildi. Shahar 
iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib bordi.

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling