Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namozgohtepa
1.4. Ilk shaharlar: O‘rta Osiyo yagona tarixiy-geografik hudud
hisoblansada, uning barcha hududlarida shaharlar bir vaqtda paydo bo‘lgan emas. Masalan Turkiston va O‘zbekistnnning janubida ilk shaharlar eramizdan avvalgi III-II ming - yillikda paydo bo‘lgan 12 bo‘lsa, O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlarida bir oz kechroq, eramizdan avvalgi I ming - yillik boshlarida paydo bo‘ladi. Buning asosiy sababi, bizning nazarimizda, O‘rta Osiyoning shimoliy- sharqida ishlab chiqarish rivojining nisbatan sust borganligi bilan bog‘liq. Ilk shaharlar hayot tarziga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: Namozgohtepa - Turkistonning janubidagi qadimgi Parfiya hududidagi eng yirik ilk shahar. Uning maydoni 70 gektarni tashkil etadi. Er. avv. IV-II ming - yilliklarga oid yodgorlik. Ko‘p xonali uylardan iborat. Uylarning devori xom g‘ishtdan qurilgan. Har bir uy o‘zining kichik hovlisiga ega. Xonalarning ko‘pi to‘g‘ri burchak shaklida qurilgan. Ular ichida supalar va o‘choqlar bo‘lgan, devorlariga tokchalar o‘rnatilgan bo‘lgan. Namozgohtepa sopol idishlari rangli va naqshlidir. Naqshlar ichida o‘simliklar va hayvonlar rasmlari uchraydi. Rivojlangan bronza davriga kelib (er. avv. III- ming - yillik o‘rtalarida- II-ming - yillik birinchi yarmi) Nomozgohtepada sopol idishlar charxda yasala boshlagan va ikki yarusli xumdonlarda pishirilgan. Kulolchilik charxi O‘rta Osiyoda birinchi bor aynan shu yerda -Turkmanistonning janubida paydo bo‘lgan. Oltintepa - bu shahar ham Turkmanistonning janubida, qadimgi Parfiya hududidagi maydoni 30 gektar bo‘lgan qadimiy shahar. Eramizdan avvalgi III-II ming - yillikka oid. Yodgorlikda ko‘p xonali uylar topib tekshirilgan. Arxeologlar fikricha, bunday uylarda katta patriarxal oila (Avestodagi “nafa”) jamoalari yashagan. Uylarning maydonlari 50-100 kvadrat metrga teng keladi. Ular to‘g‘ri burchakli uy-joy va ro‘zg‘or-xo‘jalik xonalaridan iborat. Turar joylarning markaziy yoki burchak qismida paxsadan o‘choq qurilgan. Oltintepa yodgorligida paxsa va xom g‘ishtdan ishlangan zinapoyali minora- ibodatxona (zikkurat) topilgan. Zikkurat katta, to‘rt zinapoyali binoga o‘xshaydi. Zikkuratning poydevori 55 metr, balandligi 12 metrni tashkil etadi. Zikkuratning yonida bir necha xona qazib ochilgan, ularning birida muqaddas o‘chog‘ bo‘lib, unda muqaddas olov yongan. Yana bir xonaning ichidan qabrlar topilgan. Arxeologlar fikricha, qabrlarga zikkurat-ibodatxonaning xizmatchilari ko‘milgan. Muhim arxeolog topilmalar ichida oltindan ishlangan xo‘kiz kallasi ajralib turadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling