Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Sopollitepa - Surxondaryo hududidagi eramizdan avvalgi 2 ming 
- yillikning o‘rtalariga oid qadimiy shahar. Yodgorlik Muzrabot 
tumanidagi Ulanbuloqsoy etagida joylashgan va yaxlit bir qurilish 


13 
usulida bunyod etilgan. Yodgorlik kvadrat (82 x 82 m.) shaklida 
bo‘lib, uch qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Mudofaa 
devorlari “T” shaklida bo‘lib, unda aldamchi darvozalar joylashgan. 
Qal’aning haqiqiy darvozasi bitta bo‘lib, u aldamchilardan farq 
qilmagan. Qal’a ichida 8 ta mahalla joylashgan. Ular alohida-alohida 
qurilgan va yo‘laklar orqali bir-birlari bilan bog‘langan. Sopollitepa 
aholisi uy poli yoki devor tagiga dafn qilingan. 
Jarqo‘ton - Surxondaryo viloyatining Sherobod shahri yaqinida 
bo‘lgan. Maydoni 100 gektar. Eramizdan avvalgi 2 ming -yillik 
o‘rtalariga oid. Yodgorlik akademik A.Asqarov boshchiligidagi 
olimlar tomonidan o‘rganilgan. Yodgorlik uch qismdan iborat: 
1. 
Ark-5gektarni tashkil qilgan. Mudofaa devorlari bilan o‘rab 
olingan. Bu yerda saroy qoldiqlari ochib o‘rganilgan. U kvadrat 
shaklida(o‘lchami 36x 36 metrga teng) bo‘lib, atrofi qalinligi 4,5 metr 
bo‘lgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arkka maxsus darvoza 
orqali kirilgan.
2. 
Shahriston - 50-75 gektarni tashkil qilgan. Uning eng 
baland qismida otashparastlik ibodatxonasi joylashgan bo‘lgan. 
Ibodatxonaning atrofi qalinligi 4,5 metr bo‘lgan devor bilan o‘ralgan 
bo‘lgan. Ibodatxona ikki qismdan, muqaddas otashkada va ishlab 
chiqarish - xo‘jalik qismlaridan iborat bo‘lgan. Ibodatxonaning 
muqaddas qismi kvadrat shaklida (35 x 35 metrga teng) bo‘lib, u 
yerda muqaddas olov va suvga sig‘inish bilan bog‘liq unsurlar 
(muqaddas quduqlar, mehroblar, xilxona, xazinaxona va 4 ta bosh 
mehroblar joylashgan baland maydon) bo‘lgan. Ibodatxonaning ishlab 
chiqarish - xo‘jalik qismida muqaddas ichimlik-xaoma tayyorlaydigan 
xona, mozor inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va ibodatxonaga 
ajratilgan oziq-ovqat ombori joylashgan bo‘lgan. Bu ibodatxona 
umumshahar ibodatxonasi hisoblangan.
3. 
Qabriston - 15-20 gektarni tashkil qilgan

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling