Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Afrosiyob - er.avv. VI asrda paydo bo‘lgan. Hozirgi 
Samarqandning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Er.avv. I ming - 
yillik o‘rtalarida shahar 219 gektarni tashkil etgan. Shahar dastlab 
tuproq bilan o‘rab olingan bo‘lgan. Keyinchalik, xom g‘ishtdan 
qurilgan devor bilan o‘rab olingan. Devorning ma’lum joylarida o‘q 
otish uchun mo‘ljallangan shinaklar bo‘lgan. Shaharning shimoliy 
qismida ark joylashgan bo‘lib, bu qism qo‘shimcha ravishda 
mustahkamlangan bo‘lgan. Afrosiyob ilk bor yozma manbalarda 


14 
Marakanda nomi bilan Aleksandr Makedonskiy bosqini bilan bog‘liq 
voqealar munosabati bilan tilga olinadi. 
Yerqo‘rg‘on - er. avv.VI asrda paydo bo‘ladi. Ushbu davrda 
shahar mudofaa devoriga ega bo‘lgan bo‘lsada, ushbu devor bizgacha 
saqlanmagan. Er. avv. VI asrda shahar kengayib, yangitdan mudofaa 
devori bilan o‘rab olinadi. Devor qalinligi 3 metr, balandligi 8 metr 
bo‘lgan. Devorning har 10-12 metrida minoralar joylashgan. 
Shaharning shimoliy qismida ark joylashgan. Arkning shimoliy 
qismida esa saroy joylashgan. Shahar maydoni ushbu davrda 35 
gektarni tashkil etadi. Shahar markazida ibodatxona bo‘lgan. Bundan 
tashqari shaharning sharqiy qismida hunarmandchilik mahallalari 
joylashgan bo‘lgan. Shahar er. avv. III-II asrlarda 150 gektarni tashkil 
etib, yangitdan tashqi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Ushbu 
davrga oid aholi turar joylari, maqbara ochib o‘rganilgan. Shahar 
atrofida ham aholi manzilgohlari zich joylashgan.
Qiziltepa - er. avv. VIII-VII asrlarda aholi manzilgohi sifatida 
paydo bo‘ladi. Er. avv.VI asrda mudofaa devori bilan o‘rab olingan. 
Shahar ushbu davrda to‘rtburchak ko‘rinishga ega bo‘lib, umumiy 
maydoni 30 gektarni tashkil etgan. Shaharning janubiy-g‘arbiy 
qismida ark joylashgan. Uning maydoni 2 gektarni tashkil etadi. 
Uzunqir - Sho‘robsoy bo‘yida joylashgan. Uzunqir er. avv.VII 
asrda paydo bo‘lgan. Shaharning umumiy maydoni 70 gektarni tashkil 
etadi. Shahar dastlab mudofaa devori bilan er. avv.VII asrda o‘rab 
olingan. Devor to‘rtburchakli xom g‘ishtdan qurilib, to‘rtburchakli 
minoralar bilan mustahkamlangan. Minora ichidagi xonalar va 
devordagi shinaklar shahar mudofaasini kuchaytirishga xizmat qilgan. 
Er. avv.VI-V asrlarda ikkinchi devor birinchiga taqab quriladi. Er. 
avv. VI-IV asrlarda shahar uchinchi marotaba devor bilan o‘rab 
olinadi va bu devor ham oldingi devorlarga taqab quriladi. Natijada 
shahar mudofaa devorining qalinligi 6 metrga etadi. Uzunqir 
Qashqadaryo vohasining sharqiy qismidagi ma’muriy va xo‘jalik 
markazi vazifasini bajargan. Qarshi shahrining 2700 -yillik 
yubileyining nishonlanishiga ham Uzunqirdan topilgan arxeologik 
materiallar asos bo‘lgan.

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling