Utayeva feruza xolmamatovna
-mavzu: O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi va
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
1-mavzu: O‘rta Osiyo shaharlarining paydo bo‘lishi va
rivojlanishi Reja: 1.1. Fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari 1.2. Shaharlarni shakllantiruvchi shart-sharoitlar va omillar 1.3. Shahar belgilari 1.4. Ilk shaharlar 1.5. Shahar davlatlarning paydo bo‘lishi Tayanch so‘z va iboralar: Madaniyat, sivilizatsiya, davr yodgorliklari, shahar belgilari, shaharlar, shahar-davlatlar, hunarmandchilik, metallurgiya va kulolchilik, mudofaa devorlari. 1.1. Fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiya fanining obyektini ilk shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davrida shahar aholisining madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shahar - davlatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi qolaversa, vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni. Fanning maqsadi - O‘rta Osiyo shaharlarining rivojlanish jarayonlarini tariximizda kengroq yoritish, talabalarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, tarixga nisbatan xolisona baho berishga o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifalari: - O‘rta Osiyoning shaharlarining rivojlanish jarayonida xalqimiz turmush tarzining yuksalib borishining muhimligini anglash; - Dunyo ahamiyatiga molikligi ya’ni iqtisodiyotning turli sohalarida savdo aloqalari olib borganligi; - O‘rta Osiyo shaharlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ashyolar xalqimiz tarixining ma’naviy moddiy merosining tarixiy ahamiyatini talabalarga tushuntirish; - Shaharlar tarixining keng o‘rganilishi, yurtimiz tarixini qadimiylashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini talabalarga tushuntirish; Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi: O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiyasi fanining maqsad va vazifalarini yechishda bir qator fanlarga tayanadi. Xususan, 6 arxeologiya, xronologiya, etnografiya, numizmatika, tarixiy badiiy asarlar, me’morchilik, adabiyot va boshqa sohalar. Jumladan, adabiyot fani bilan bog‘liqligi izoh; Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling