Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Govurqal’a shahar hayoti: VIII asr ya’ni islom dini 
tarqalgunga 
qadar 
O‘rta Osiyo aholisi otashparastlik 
(zardushtiylik) diniga e’tiqod qilgan bo‘lib, ularni “gabr” yoki 
“mug‘” deb ataganlar. Gabrlar xo‘jalik va harbiy mudofaa uchun 
ko‘plab qal’a va qo‘rg‘onlar barpo etganlar. Otashparastlarning qal’a 
va qo‘rg‘onlari vayronaga aylanib asl nomi yo‘qolib ketgach, aholi 
o‘rtasida ular “gabr qal’a” yoki “gabrlar qal’asi” deb ataladigan 
bo‘lgan. Arxeologik qazishlar paytida metall buyumlar ishlanadigan 
ustaxonalar, ibodatxona, ko‘shk qoldiqlari va tegirmonchilar guzari 
(III asr) ochilgan. Govurqal’a tepaligining ustida III-IV asrlarga 
mansub ark qoldig‘i hozirgacha saqlangan. V-VI asrlarda Xorazm 
hukmdorlari Govurqal’aning bir qismini yangidan tiklab, undan 
harbiy istehkom sifatida foydalanganlar. Aholi quduqlardan ham 
foydalangan. 
VIII-IX asrlarga kelganda Marv shahrining markazi Sulton 
qal’aga ko‘chib, Govurqal’a arki xarobaga aylanadi. Shunga 


24 
qaramay, Govurqal’ada kulolchilar mahallasida hayot yana ancha -
yillar davom etgan. Govurqal’adan VIII-IX asrlarga mansub masjid 
xarobasi ham topilgan. 
2.3. XI-XIII asrlarda Marvning ravnaqi
Bartoldning yozishicha, IX asrda sharqiy Yevropadagi Tohiriylar 
sulolasi davrida kambag‘al dehqon bolalari o‘qish uchun shaharlarga 
yuborilgan. Arab geografi Yoqut Al-Xamaviy (1179-1229) Marvdagi 
12 ta kutubxonada o‘zining uch - yil vaqtini o‘tkazgan. Ushbu 
kutubxonalarning har birida 12 000 ta kitob saqlangan. O‘z navbatida, 
Markaziy Osiyo shaharlari o‘zlarining kitob kvartallari bilan ham 
mashhur bo‘lganlar. 
Mo‘g‘ul istilosidan biroz oldin bu yerdan chiqib ketgan Yoqut 
Hamaviy shaharda o‘sha vaqtda o‘nta kutubxona bo‘lganligi 
to‘g‘risida yozgan edi. Jome masjidi kutubxonasida 12 ming jild kitob 
bo‘lgan. Shahardagi barcha kutubxonalardan foydalangani va shu 
tufayligina asarlarini yoza olganini e’tirof etgan. Yoqut Hamaviy 
Marvda lozim bo‘lgan asar nusxalari ham ko‘p bo‘lganligini, asosiy 
e’tibori bilan dunyoning biror shahardagi kutubxona ham Marv bilan 
bellasha olmasligini qayd qilgan edi. Bu Xorazmshohlar davrida 
Mavrning buyuk bir madaniyat markaziga aylanganligidan dalolat. U 
yerda Aristotel va Platonning kitoblarini ham topish mumkin bo‘lgan.
Turkmanistonda joylashgan qadimiy Marv shahri XII asrda 
Xitoyning Xanchjou shahrini ortda qoldirgan holda, dunyodagi eng 
ulkan shahar hisoblangan. Tertius Chandler o‘zining “Shaharlar 
rivojining to‘rt ming -yili” nomli tadqiqotida, 1150-yilda Marv shahri 
200 000 aholisi bilan dunyoning eng yirik shahri bo‘lgani haqida 
yozgan XI asrda Marvning raqibi bo‘lmish (Shimoliy Erondagi) 
Nishopur shahrini London bilan taqqoslab, o‘sha paytda Nishopur 
aholisi 200 000 dan 500 000 gacha bo‘lgan bir paytda, London aholisi 
soni 10 000 nafar kishini tashkil etgan. Djordj Kerzon Sistan hududi 
(Sharqiy Eron)dan o‘tayotib, dunyoning hech bir yerida bu qadar ko‘p 
sonli xarobalar bo‘lmagan, deb yozadi. Shaharlar qurilishida 
ishlatilgan qum vaqt ta’siriga shunchalik tez emirilganidan, ilgarigi 
me’morchilik merosining kam qismigina asrlar osha bizgacha etib 
kelgan.
Markaziy Osiyo o‘rta asr shaharlarining suv ta’minoti tizimi yana 
bir mo‘jizaning o‘zi Marv shahrida gidravlika tizimining ishlashini 
ta’minlash uchun 12 000 nafar kishi, ushbu tizimga qarab turish uchun 


25 
300 nafar suvga sho‘ng‘uvchilar mehnat qilgan. Shaharlar dambalar, 
sopol yer osti quvurlari, yomg‘ir suvlarini yig‘ish va tozalash 
markazlari kabi murakkab hamda texnik jihatdan a’lo darajadagi suv 
ta’minoti tizimlariga ega bo‘lgan. 
Markaziy Osiyo savdogarlari ipakni o‘zlarida ishlab chiqarish 
afzalligini X asrdayoq bilganlar. Marv shoyi ishlab chiqarish va uni 
G‘arbga yetkazib beruvchi yagona yirik markaz bo‘lgan. Shu 
jumladan ipakchilik sanoatini ta’minlab turuvchi o‘z tarmoqlariga ega 
bo‘lgan. Somoniylar dinori xalqaro savdoda eng keng tarqalgan 
tangalardan bo‘lgan. Xalqaro savdoda islom olamining asosiy 
hunarmandchilik markazlari bo‘lgan Toshkent, Buxoro, Samarqand, 
Balx, Hirot (Afg‘oniston), Nishopur (Shimoliy Eron), Marv 
(Turkmaniston) 
zarbxonalarida 
zarb 
etilgan 
tangalardan 
foydalanilgan.
Marv moddiy jihatdan nihoyatda gullab-yashnagani singari, ilm-
fan va san’at markazi sifatida ham Xurosonning buyuk shaharlarini 
ancha ortda qoldirib ketdi. Marv Sulton Sanjarning poytaxti bo‘lgan 
davrda gullab-yashnagan o‘z mavqeini saqlab qolgan. Biroq, mo‘g‘ul 
istilosi oqibatida bu shahar tanazzulga yuz tutib, orqada qoldi. 
Mo‘g‘ullar katta talafotlarni keltirgan. Balx, Nishopur, Tus, Gurgandj, 
Hirot odam yashamaydigan sahrolarga aylantirilgan. Mo‘g‘ul 
bosqiniga qadar taxminan 200 000 kishi aholisi bo‘lgan Marvning 
o‘zida aholining 90 % o‘ldirilgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling