Utayeva feruza xolmamatovna


Romitan va Vobkent haqida tarixiy manbalar


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

6.3.Romitan va Vobkent haqida tarixiy manbalar
Romitanning qadimiyligi haqidagi ma’lumotlar Abu Bakr 
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida keltiriladi. Unda yozilishicha, 
“Romitan bu katta bir ko‘handizga ega va mustahkam bir qishloq 
bo‘lib, Buxorodan qadimiyroqdir. Ba’zi kitoblarda bu qishloqni 
Buxoro deb ataganlar. Bu qishloq qadim vaqtlarda podshohlarning 
turar joylari bo‘lgan, (keyinroq esa) Buxoro shahri bino bo‘lganidan 
keyin podshohlar qish faslidagina bu qishloqda turadigan bo‘lganlar. 
Bu yerlar islom davlatiga o‘tgandan keyin ham shunday bo‘lib turgan. 
Bu qishloqni Afrosiyob bino qilgan. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga 
kelganida shu qishloqdan boshqa joyda turmagan.”
Shuningdek, Narshaxiy o‘z asarida Romitan nomining kelib 
chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham berib o‘tadi: “Afrosiyobning 
bir qizi bo‘lib, uning doim boshi og‘rir ekan. Romitanga kelib yashay 
boslagach, unga bu yerning havosi muvofiq kelib, darddan xalos 
bo‘ladi va bu maskanga “Oromitan” -“Tan oromi” deb nom qo‘yadi. 
(Keyinchalik xalq orasida bu yerning nomi “Romitan” sifatida 
mashhurlashib ketadi)”.


95 
Bundan tashqari, Romitan-Mitan qabilasi yoki mitan qo‘rg‘on, 
qal’a atamasidan nom olgan bo‘lishi ham mumkin. I. Magidovich 
Buxoro vohasida “Rometi” degan kichkina bir urug‘ bo‘lganini aytadi 
va Romitan o‘sha etnonimdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, degan 
fikrga keladi. 
Akademik V. Bartoldning “Turkistonning sug‘orilish tarixi” 
nomli asarida Romitanning qadimgi davri haqida quyidagicha 
ma’lumotlar bor: Eronliklarning qadimdan Zarafshon bo‘ylarida 
qarorgohlari, 
hattoki 
shaharlari 
bo‘lgan. 
Iskandar 
zamonida 
Zarafshonning quyi oqimida Maroqanda shahridan tashqari yana bir 
shahar bo‘lganligini qayd etib o‘tgan. Hijriyning birinchi -yillarida 
mahalliy an’analarda qator manzilgohlar o‘zlarini Buxorodan qadim 
deb e’lon qildilar. Mana shunday qarorgohlardan biri Romitan 
qishlog‘idir. Romitan Riyomitan, Romisan, Ayramisan, Chorshanbe 
nomlari bilan atalgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling