Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vobkent tarixi
Qisqacha siyosiy tarixi: Romitan qadimiy tarixga ega bo‘lib, u
haqidagi dastlabki ma’lumotlar tarixchi Abu Bakr Muhammad Ja’far ibn Narshaxiyning “Buxoro tarixi” (943-944 yy) asarida keltiriladi. Arab tarixchisi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Taboriyning “At- Taboriy tarixi” asarida Romitanning arablar bosqini davri tarixiga oid, o‘rta asr arab geografi Istaxriy asarlarida esa Romitan va uning atrofidagi qishloqlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Romitan tarixi bo‘yicha H. Vamberining “Buxoro yohud Movarounnahr tarixi” asarida, V. Bartoldning “Turkistonning sug‘orilish tarixidan” va “Movarounnahrning geografik ocherki” asarlarida ham yozilgan. I. Mo‘minovning tahriri ostida chiqqan “Buxoro tarixi” nomli kitobda qadimgi Romitan haqidagi ma’lumotlar mavjud. 1937-yilda arxeolog V. Shishkin Buxoro vohasining g‘arbiy qismida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijalariga ko‘ra Romitan haqida dastlabki umumiy arxeologo-topografik tavsifnoma bergan. U topografik suratlar asosida bu qo‘hna shahar - antik davrning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan, degan fikrga kelgan. 1972- yilda Zarafshon arxeologik guruhi a’zosi R. Ravshanov tomonidan qo‘hna shaharda qisman o‘lchov va qazish ishlari olib borilgan. Ilmiy va tarixiy adabiyotlarda Romitanning XVI-XIX asrlardagi tarixi bo‘yicha ma’lumotlar juda kam. A. Muhammadjonov XIX 96 asrdagi Buxoro vohasida mavjud bo‘lgan tumanlar va bekliklar haqida ma’lumot berib, Romitan (Somjan) tumanini ham ro‘yxatga kiritgan. Vobkent tarixi: Vobkent tumani shimoldan G‘ijduvon tumani bilan, shimoli g‘arbdan Shofirkon tumani bilan, g‘arbdan Peshko‘ va Romitan tumanlari bilan, janubdan Buxoro tumani bilan, sharq va shimoli-sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaralanadi. Vobkent o‘g‘uz shevalaridagi “Vob” yoki “Vaxob” hamda forsiy “kent” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Bo‘zdagi, bo‘z yer, qo‘riqdagi qishloq” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi Vobkent hududida joylashgan qishloq qo‘rg‘onlari o‘tmishda katta harbiy siyosiy vazifani o‘tagan. Vobkent Buxoro amirligining tumanlaridan biri bo‘lib kelgan. 1924-1925-yillarda Turkistonda o‘tkazilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida tashkil topgan. Tuman markazi Vobkent shahriga tutash yerda Mug‘iyon qishlog‘i bor. Narshaxiy bunday qishloqlar, ya’ni Mug‘on, Mug‘iyon, mug‘lar qishloqlari ko‘p deydi. Mug‘ so‘zi arabchada “otashparast” yoki “g‘ayridin” ma’nosida ishlatiladi. Aynan arablar istilosi davrida ana shu “Mug‘” deb ataluvchi qishloqlar otashparastlik dinining eng rivojlangan joylari hisoblangan. O‘zbekiston hududida sak qabilalari yashaganligini hisobga olsak, Kumushkent Q.F.yig‘ini hududidagi hozirgi Saktafon (aslida, Sakto‘fon, ya’ni “saklar to‘pi” ma’nosida) qishlog‘i nomi ana shu qabila nomidan kelib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. XVI asr boshlaridan va XVII-XVIII asrlarda Dashti Qipchoqda (Volga va Dnepr daryolari oralig‘idagi yerlar) yashovchi ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larining katta qismi O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga kelib o‘troqlashishi jarayoni avj oldi. Vobkentdagi Saroy, Qatag‘an, Nayman, Qo‘ng‘irot, Minglar, Burqut, Qirg‘izon, Xitoy, Qalmoqlar, Baqalon, Pichoqchi, Bahrin, Boyqozon qishloqlari ana shu o‘zbek urug‘lari nomi bilan atalgan. Qipchoq va Qo‘ng‘irot QFY hududida Bahrin ( yoki Bahrincha) qishloqlari bor. Asli bahrinlar turklashgan mo‘g‘ul qabilalaridan biri bo‘lib, ular mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Dashti Qipchoqdan kelib o‘rnashgan. XVIII-XIX asrlarda esa bahrinlarning katta bir qismi Toshkent, Farg‘ona va Zarafshon vohalariga kelib o‘troqlashgan. U yerlarda ham Bahrin degan qishloqlar mavjud. Ehson QFY hududida Boyqozon qishlog‘i bor. Asli, bu qishloqning nomi “Boyovut”- mo‘g‘ul qabilasining bir urug‘i 97 nomidan. Boyovut mo‘g‘ulcha boylar, alplar, bahodirlar ma’nosida bo‘lib, o‘zbekcha va tojikchada Boy, Boydor, Boylar, Boylik, Boyot, Boyqozon, Boyto‘pi, Boyho qishloqlari sifatida yuritiladi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling