Utayeva feruza xolmamatovna
Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
6.5. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro
Amir Husayn va Amir Temur birgalikda mo‘gullarga qarshi kurashdilar. O‘zlarining markazlashgan davlatini barpo etish uchun harakat qildilar. 1366-1370-yillarda Movarounnahr hukmdori bo‘lish uchun Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasida kurash kuchayib, Qarshi va Buxoroni egallashga bir necha bor harakat qilindi. 1366 -yil Amir Temur Qarshida qishlaydi va Mahmudshoh Buxoriyni Buxoroning devonga berishi lozim bo‘lgan solig‘ini yig‘ib kelishni amr qiladi. Amir Temur 1366-1370 -yillarda Buxoroning iqtisodiy jihatlaridan va ko‘p bora Buxoroninng boshqaruv ishlaridan xabordor edi. 1370-yil Amir Temur rasman Movarounnahr hukmdori bo‘ldi. Xorazm hukmdorlarining Buxoro va uning atrofidagi yerlarga to‘xtovsiz hujumi Xorazmga yurish qilishga undadi. 1381-1382-yillarni qishni Buxoroda o‘tkazgan. Ammo bu yerda dam olishning imkoni bo‘lmadi, o‘sha kunlari uning suyukli qizi Og‘abegim olamdan ko‘z yumgan edi. Bir necha kun qayg‘uga botgan Amir Temur yana davlat ishlariga qaytdi. 1388-yili To‘xtamishxon qushinlari Buxoro viloyatini va atrofdagi qishloqlarni egalladi. Buxoro amirlari shaharni himoya qildilar. Xalq orasida Amir Temurning qaytib kelayotgani to‘g‘risida xabar tarqalib, dushman askarlari bu yerda tuxtab turishni maqul ko‘rmay, ortlariga qaytib ketishgan. 1389- yil Mo‘g‘iliston yurishidan g‘alaba bilan qaytib kelgach katta to‘y beradi va qishda Buxoroga boradi. Gazli yo‘lidagi qishloqda ov tashkil etadi. Qish bo‘yi Buxoroda qoladi. 1392-yil 7- iyunda Amir Temur Eronni fath etish uchun yurishga otlanib Buxoroga keladi va bu erda ob-havo ta’sir qilib salomatligi o‘zgaradi. Samarqanddan o‘gillari va xotinlarini Buxoroga chaqirishadi. Tezda Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o, Sulton Baxt begim va farzandlari yetib kelgan. Amir Temurni fors tabiblari davolaydi va xalqqa qo‘y so‘yib xayr ehson qildilar.1392-yil iyulda jang safariga jo‘nab ketadi. Amir Temur o‘zinig 35 yillik hukmronligi davrida mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun harakat qilgan. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro madrasalarida oylik ish haqlarini belgilab bordilar. Amir Temurning tashabbusi bilan masjidu madrasalar va kasalxonalarga hayr ehsonlar uyushtirganlar. Nemis Tarixchisi F.Shlosser (1770-1861) Temur haqida shunday degan: ”Umrini yurishlarda o‘tkazgan Temur tez-tez Buxoroga kelib turgan” 100 Amir Temur davrida Najmiddin Kubroning shogirdi, mashhur avliyo Shoabdurahmon Vali sharafiga Qorako‘lda masjid barpo etilgan. Sayyid Mir Kulol Buxoriyga Kogonda qabri ustiga maqbara o‘rnatilgan. 1380 -yil Chashmayi Ayub yodgorligida me’moriy bino barpo etildi. Xorazmga yurishi vaqtida mashhur ustalarni Buxoroga olib kelib maqbaralarni ta’mirlashda ishlatgan. Minorai Kalon yonida Bayonqulixon maqbarasini qurilishga farmon bergan. Amir Temur har yurish safariga chiqishidan oldin Buxoroga tashrif buyrgan va so‘ngra safarga otlangan. Mirzo Ulug‘bek davrida 1417-yil Buxoroda, 1433-yil G‘ijduvonda madrasa qurildi. Ozi bir necha bor Buxoroga kelgan. Uning ko‘rsatmasi bilan ilmu-toliblarga xayr-ehson qilingan. Buxoro shahridagi madrasaning darvozasiga Ulug‘bekning ko‘rsatmasiga ko‘ra, “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir” deb yozib qo‘yilgan. Amir Temur va temuriylar davrida Buxoroda Buyuk ipak yoli uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Suv tanqis bolgan joylarga suv chiqarildi. Masjid va madrasalar ta’mirlandi. Aholi savdo karvonlarida savdo shahobchalarida ish bilan ta’minlandi. XV asrning oxirlarida temuriylar o‘rtasidagi toj-taxt uchun kurash avjiga chiqdi Hirot va Samarqand o‘rtasidagi tortishuvda Buxoro ham chetda qolmadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling