Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Xo‘jand - shahar, Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati
Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan. Xo‘jand O‘rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan bo‘lib, mil. av.1- ming -yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil.av. VI-IV asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329 -yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan.Tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha shahar VII asrning 2-yarmida Xo‘jand nomi bilan mashhur bo‘lgan. Xo‘jandda ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida O‘rta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va O‘rta dengiz havzasidagi mamlakatlar bilan bog‘lab turishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shahar aholisi hunarmandchilik mahsulotlarini qushni davlatlarga chiqarganlar. VIII asrda arab xalifaligi davrida shahar aholisining hayoti biro z qiyin kechgan. Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati ham kamaygan, shunday bo‘lishiga qaramasdan aholi savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. XIII asrda mo‘g‘ullar imperiyasi davrida shahar qudratini yo‘qotgan. XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida buyuk ipak yo‘lining shuhrati ortganligi shahar hayotini o‘zgartirib yubordi, XVI asrda Shayboniylar, so‘ngra Qo‘qon xonligi tasarrufida bo‘lgan. 1866 - yilning 24 mayida shaharni podsho Rossiyasi qo‘shinlari bosib oddi. Xo‘jand 1924 -yilda O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston tarkibiga kirgan, 1929 -yildan Tojikiston tarkibiga o‘tkazilgan. Qo‘qon Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Uning tarixi haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan oldingi II asrning boshlarida bu yerga kelgan xitoy sayyohi Chjyan Szyan manbalarida uchraydi. Davan davlati borligi, bu davlatning markazi, ulug‘vor shahar mavjudligi xususida yozib qoldirgan. Qadimshunoslar olib borgan tadqiqotlari asosida Davan davlati Qo‘qon shahri o‘rnida bo‘lganligini aniqladilar. 153 Keyingi -yillarda arxeolog olimlar Qo‘qon shahri va unga yaqin joylarda olib borgan qazishma ishlari natijasida shahar ostida olis tarixga oid madaniy qatlamlarni topdilar. Bularning hammasi shaharning yoshi 2 ming -yildan kam emasligini ko‘rsatdi. Qo‘qon shahri tarixi haqidagi yozma ma’lumotlar arab manbalarida ham uchraydi. X asr sayyohi al-Istaxriy “Kitob al-masalik” asarida “So‘x va Xuvaqand, Xuvaqand va Axsikent oralig‘i bir kunlik yo‘l”, deb belgilaydi. Muallifi noma’lum “Hudud ul olam” asarida Xavokand, Rishton ekinzorlari ko‘p, gavjum shaharchalar, deb tilga olinadi. Shaharning keyingi davrlar tarixi xususida Jamol Qarshi, Muhammad Vafo Karminagiy va XVII asr muarrixlari asarlarida ko‘p ma’lumotlar mavjud. Shaharning nomi kelib chiqishi to‘g‘risida olimlar turli xil fikrlar bildiradilar. Ba’zilari u “Xurkant” tepalikdagi shahar mazmunini bildiradi desa, boshqalari “Xo‘qan” kichik ko‘za ma’nosini anglatadi, deydi. Ayrim tadqiqotchilar esa “Xo‘kand” yoqimli, xushmanzara joy, latif shahar mazmunidan kelib chiqqan, deb baholaydilar. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling