Utayeva feruza xolmamatovna
Quva Farg‘ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
9.3.Quva Farg‘ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan
biri Quva Farg‘ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri. Shaharning vujudga kelishi va nomi haqida turli rivoyatlar mavjud.”Farg‘ona tarixi”ning muallifi Ibratning yozishicha, Quva Qubod yoki Qubo deb atalib, keyinchalik “Quva” shaklini olgan. Istaxriyning ta’kidlashicha, Quva kattaligi jihatidan Farg‘onada Axsikatdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxun (Sirdaryo) gacha etib boradigan nahr sohilida qad ko‘targan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga ilova qilingan xaritasida ko‘rsatilishicha-Quvada hunarmandchilik rivojlangan. Temirchilik va shishasozlik yuksak darajaga yetgan, shaharning o‘z tangasi zarb qilingan. “Boburnoma” da Quva Andijondan 4 og‘och (farsax) narida joylashgan qishloq deb aytiladi. Tarixchi A.Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi “Qaviybod”, “Qavobod” yoki “Qaybod” shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning taxti o‘rnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri - poytaxt ma’nosini anglatgan. Keyinchalik o‘zgarib Quva shaklini olgan. Quva, o‘rta asr manbalarida Qubo deb yuritilgan maydoni 12 ga. Eng quyi qatlami I-III asrlar. 1956 -yildan boshlab Quva shahar xarobasi o‘rganila boshlandi. 1970 -yilgacha arxeologik tadqiqotlar olib borilib Quva shahri tarixi shahar hayoti o‘rganildi. 150 1990 -yil Quvada ya’na tekshirish ishlari boshlandi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharning savdo sotiqqa ta’luqli manbalari, hunarmandchlik sohasiga ta’luqli manbalar ko‘plab topildi. 1996-1999 yil O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti maxsus guruh tuzib, Quva shahrida arxeologik tadqiqotlar olib borganlar. Quva atamasi haqida bir necha qarashlar bor. Etnografik yondashib,Quba xudosi bo‘lib ular bu xudo nomiga otlarni qurbonlik qilganlar. Samoviy otlar Davan, Marhamat, Aravon, Asaka atrofida mashhur bo‘lgan Quva esa qushni hudud bo‘lgan va Quvada yerlar serhosil bo‘lib, otlar uchun yem hashak ya’ni beda shu yerlarda yetishtirilgan degan xabarlar uchraydi. Arxeologik ma’lumotlarda 8 metr chuqurliklarda V-VI asrlarga oid mudofa devorlari topilgan. Kulolchilik charxisiz qo‘lda yasalgan, ostki qismi yumaloq idishlar va kulolchilik charxida qilingan silliqlangan idishlar topilgan. Yozma manbalarda Quva (Qubo) nomi VIII asrda birinchi marta tilga olingan. Arab tarixchisi at-Tabariyning (839-923) xabar berishicha, xalifalikning Xurosondagi noibi Nasr ibn Sayyor Shoshda o‘z g‘animlarini yengib bitim tuzgandan so‘ng 738-739 yillarda Farg‘ona tomon birinchi yurish qiladi. Quva shahri aholisi ularga keskin qarshilik qiladi. Hatto quvaliklar bosqinchilar qo‘liga tushmasin deb oziq-ovqatni yashirib, yem hashaklarni yoqib yuboradilar. Kuchlar etishmasdan Farg‘ona taslim bo‘ladi va arablarga har yiliga 600 kg.dan ziyod kumush va mingalab qullar yetkazib berish majburiyatini oladi. VIII asr oxirlariga ta’luqli tangalar topilgan va Quvada pul zarbxonasi bo‘lgan, shahar iqtisodiy jihatdan vodiyning eng yirik shaharlaridan bo‘lgan.VII-VIII asrlarda shahar dahalarga (kvartallarga) ga bo‘lingan. Har bir dahada umumiy odamlar yig‘iladigan maydon va diniy marosimlar uchun maxsus xonalar mavjud bo‘lgan va maxsus devor bilan o‘rab olingan. X asrdan boshlab Quva to‘g‘risida ko‘p malumotlar uchraydi. Quva shahri uch qismdan iborat, ark-hokim qarorgohi, shahriston-ichki shahar, aholi yashaydigan va tirikchilik qiladigan joy va savdo-sotiq, hunarmandchilik, bog‘-rog‘lar rabod-tashqi shaharda joylashgan. Aholi dahalarda uy xo‘jaliklariga bo‘lingan. Ma’lum qismi hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Sharqiy tomonida shisha ishlab chiqarilgan, g‘arbiy tomonida simob ko‘zacha ishlab chiqariadiga 151 ustaxona bo‘lgan. Shahristonda oddiy aholi tor ko‘chalar bo‘ylab yashagan. Dahalarda alohida uy xo‘jaliklari bo‘lib, oila er-xotin va bolalari yashagan. Yashaydigan uyning o‘ng tomonida ovqat tayyorlaydigan o‘choq joylashgan. X-XII asrlarda shahar aholisining uylari devorlarining qalinligi 1,5 metr, balandligi 2 metr bo‘lgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling