Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Yettusuv qozoqcha Jetisu Qozog‘istonning janubiy-sharqiy 
qismida joylashgan. Tarixiy manbalarda Yettisuv deganda ancha katta 
hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Yettisuv 
Markaziy Osiyo  madaniyatining qadimgi markazlaridan biri. 
Yettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan.
VI asr oxirlarida Yettisuvda G‘arbiy Turk xoqonligi,VIII asrning 
o‘rtalarigacha qarluqlar hukmronlik qilishgan. Yettisuvni X asrning 
o‘rtalaridan 
Qoraxoniylar, 

asrning 
30-
yillaridan Qoraxitoylar boshqargan. Mo‘g‘ullar bosqinchiligi davri 
(1219-21)da Yettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiq 
zarar ko‘rgan.  
XVI asrda Yettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. 
XIX asrning o‘rtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan. 
O‘tror Janubiy Qozog‘istondagi Aris daryosining Sirdaryoga qu-
yilish joyida joylashgan. O‘tror 3 qism iborat: ark, shahriston, 
raboddan. O‘trordan ko‘chalar, hammom, turar joy binolari 
qoldiqlari, uyro‘zg‘or, zargarlik buyumlari, kamon o‘qlari va 
boshqalar topilgan.
Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va 
hunarmandchilik shaharlaridan biri bo‘lgan. O‘tror mudofasidan so‘ng 


154 
mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Oq O‘rda xonlari uni XIV 
asrda tiklaganlar. 
Bu davrda masjid, madrasa, qurilgan. Amir Temur va temuriylar 
davrida muhim harbiy shahar, qal’a bo‘lgan. Bu davrda Yevropadan 
Osiyoga boradigan yangi savdo yo‘li vujudga kelgan. Bu yo‘ldan 
musulmon 
savdogarlari 
ham, 
yevropalik 
tijoratchilar 
ham 
foydalanishgan. O‘trordan ko‘plab allomalar etishib chiqqan; shahar 
obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. XVI asrdagi o‘zaro ichki 
nizolar paytida huvillab qolgan. 
Isfijob oʻrta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri 
bo‘lgan. Aris daryosi vodiysida Qozogʻistonda joylashgan. 
Shaharning qachon vujudga kelgani nomaʼlum. Isfijobning arki X 
asrdayoq vayrona holatda boʻlgan, faqat shahriston va rabod 
saqlangan. Rabod devorining aylanma uzunligi 1 farsax (6–7 km)ni 
tashkil qilgan. Shaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron 
va Buxoro boʻlgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome 
masjidi 
va 
bozorlar 
joylashgan. 
840-yilda 
Isfijob 
viloyati 
somoniylardan Nuh ibn Asad qoʻl ostiga oʻtgan. Viloyatni 
koʻchmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad 
Isfijob atrofini devor bilan oʻrattirgan. Isfijob Buyuk ipak yoʻli ustida 
boʻlib, bu yerda boʻz, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga 
yaqin mustahkam qoʻrgʻon va rabotlari boʻlgan. X asr oxirlarida 
qoraxoniylarga, XIII asr boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219-
yildan moʻgʻullarga boʻysungan, shaharning yangi nomi Sayram 
dastlab shu davrdan 122 -yildan tilga olinadi. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling