Қутуриш касаллигидан огоҳ БЎлинг


Download 108 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi108 Kb.
#1190494
Bog'liq
QUTURISH




SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATI OGOXLANTIRADI!


Quturish kasalligidan ogoh bo‘ling!



Quturish - hayvonlar va odamda uchraydigan, asab tizimining og‘ir shikastlanishi bilan kechadigan hamda o‘lim bilan yakun topadigan o‘ta havfli yuqumli virusli kasallikdir. Odamlar uchun kasallik manbai bo‘lib: quturgan uy hayvonlari - it, mushuk, sigir, ot, eshak, cho‘chqa, yovvoyi hayvonlardan - chiyabo‘ri, tulki va bo‘rilar hisoblanadi. Odamlarga quturish kasalligi 90-95 % holatlarda itlarlardan yuqadi.



Kasallik odamga qanday yuqadi?

Odamga quturish kasalligi shu kasallikka chalingan hayvonlarning tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi, shuningdek, jarohatlangan teri va shilliq qavatlariga so‘lagi tushishi paytida yuqadi. Kasallik o‘ta og‘ir kechib, doimo o‘lim bilan tugaydi.




Quturish kasalligiga chalingan hayvonlarda kuzatiladigan belgilar:








  • yorug‘likdan qo‘rqadi, qorong‘u joyga kirib olishga harakat qiladi, egasi chaqirganida oldiga kelmaydi;




  • ovqatlanishdan bosh tortadi, to‘g‘ri kelgan jismlarni og‘ziga solib, yutadi, keyinchalik yutinishi qiyinlashadi, og‘zidan juda ko‘p so‘lak oqadi, bezovta bo‘ladi, tovushi bo‘g‘ilib, yo‘qola boshlaydi va orqa oyoqlari yurmay qoladi, ya’ni falajlanish holatlari kuzatiladi. Hayvonlarda ham kasallik o‘lim bilan yakun topadi.



Siz agar it va boshqa uy hayvonlaringizda kasallikning shunday belgilarini kuzatsangiz, darhol veterinariya
vrachiga murojaat eting!

Yodingizda bO‘lsin!









  • Itni doimo bog‘langan holda saqlash, ko‘chaga olib chiqilganda tumshuq tasmasini taqish, itni tunda ko‘chaga chiqarib yubormaslik va ko‘chada qarovsiz qolishi hamda yovvoyi hayvonlar bilan muloqotda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

  • Farzandlaringizni qarovsiz qolgan va begona itlar bilan o‘ynashiga hamda ularni uyga olib kelishiga aslo yo‘l qo‘ymang;

  • Itni o‘z vaqtida hududiy veterinariya idoralariga olib borib, ro‘yxatdan o‘tkazish, har yili uni veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib, quturishga qarshi emlatish zarur.

















Agar, Sizni hayvon tishlasa yoki so‘lagi jarohatlangan teri va shilliq qavatingizga tushsa, unda Siz zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishingiz hamda mutaxassis vrachning tavsiyasiga ko‘ra, quturishga qarshi o‘z vaqtida va to‘liq emlanishingiz kerak.
Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling