Uy joy kommunal boshqaruv asoslari


Download 0.6 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1580367
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abduraxmonov Raxmiddin uy-joy kommunal boshqaruv asoslari

Respublikamizda turar joylarni boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularnita ’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko'rsatishning aniq bozorini shakllantirish ishlarini tubdan yaxshilash, aholining ko‘p kvartirali uylarni saqlash va mukammal ta ’mirlashdan m anfaatdorligini oshirish, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o ‘zini o ‘zi boshqarish instituti sifatida shirkatlarning nufuzini, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 2006-yil 12-aprelda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xususiy uyjoy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 64-sonli Qarori qabul qilindi.

Kommunal xo‘jaligi sohasining jamiyatdagi roli va tarixi

Insoniyatning tarixiy rivojlanishi davomida asosiy va muhim vazifalardan biri aholining turmush darajasini yaxshilash masalasi boiib kelgan. Aholining turmush darajasi, hayot kechirishi bilan bog'liq bo‘lgan moddiy ne’matlar mavjudligi va ijtimoiy sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tashkil etilish darajasiga bog‘liq. O'z navbatida m a’naviy va moddiy ne’matlar inson tafakkurining mahsuli, samarali mehnati natijasi hisoblanadi. Hozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan uslubga muvofiq dunyodagi mamlakatlarning taraqqiyot darajasi reytingi ularning iqtisodiy salohiyati yoki harbiy qudratiga qarab emas, balki, aholi turmush madaniyati va inson resurslarining rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Aholining turmush darajasi mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat va ijtimoiy sohaning rivojlanishi bilan bog‘liq bo'ladi. 0 ‘z navbatida ijtimoiy soha aholiga moddiy va m a ’naviy ne’matlar yetkazib beruvchi infratuzilmalardan tashkil topadi. T a’lim, madaniyat, san’at, sport va sog'liqni saqlash kabi sohalar aholini komil inson qilib tarbiyalash uchun xizmat qilsa, uy-joy xo'jaligi va kommunal xizmatlar tizimining rivojlanishi aholining farovon hayot kechirishi va munosib turmush tarzining shakllanishi uchun sharoit yaratadi. Uy-joy qurilishi va kommunal xo'jaligi tarixiga nazar solganimizda bu sohada mamlakatimizda uzoq tarixga va cheksiz manbaga ega bo'lgan maktab mavjudligining guvohi bo'lamiz.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling