Uy-joy kommunal
shartnomaviy munosabatlar
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- elektr energiyasi iste’molchilari ya’ni
shartnomaviy munosabatlar
O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22- avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq tashkil qilinadi. «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, "Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida", "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida", "Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida", "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va elektr energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi. Qoidalar shuningdek, iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funktsiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Mazkur mavzuga asosan elektr energiyasi iste’molchilari ya’ni - elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va elektr ta’minoti korxonasi, ya’ni - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo‘linmasi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish bilan chegaralaniladi. Elektr energiyasini yetkazib berish, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” ga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnoma shakli qonun hujjatlariga muvofiq "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi (keyingi o‘rinlarda "O‘zdavenergonazorat" DI deb ataladi) tomonidan tasdiqlanib, so‘ngra o‘rnatilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Iste’molchi va elektr ta’minoti korxonasi o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi: -shartnoma mavzusi; -iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga rioya qilish bo‘yicha tomonlarning shartlari va majburiyatlari; -elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi hamda elektr tarmoqlari va elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish chegaralari; -hisobga olish priborlarini o‘rnatilgan joyi; -iste’molchilarning elektr energiyasi uchun haq to‘lash bo‘yicha tarif guruhlari; -foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, uskunalar va priborlarning zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shartlar; -iste’molchilarni, subiste’molchilarni elektr tarmog‘iga ulash tartibi (iste’molchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar); - elektr energiyasini texnologik yoki avariyaviy bronь darajasigacha yetkazib berishning eng kam hajmi (faoliyat xususiyatlari, asosiy mahsulotni ishlab chiqarishning, ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va mazkur iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan kelib chiqib majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar uchun); -tomonlarning javobgarligi; -nizolarni hal etish tartibi; -fors-major holatlari; -tomonlarning rekvizitlari. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Qoidalarga amal qiladilar. Subiste’molchilar elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga binoan iste’molchilar bilan tuzadilar. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun "O‘zstandart" agentligi yoki uning o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari qo‘llanadi. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan birgalikda iste’molchilar iste’mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi hisobga olish priborlarining (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‘lganda hisobga olish priborlarini ulash sxemasini tekshirib ko‘rishi kerak. Aholida Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko‘ra maishiy iste’molchilarning hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini birgalikda yozib olish, zaruriyatga qarab, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hohishi yoki iste’molchilar buyurtmanomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o‘zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali o‘n kun muddatda iste’molchilarga yetkazadi. Bunda, elektr energiyasiga tariflar o‘zgargan sanadan qat’i nazar, elektr ta’minoti shartnomasi o‘z kuchida qoladi va iste’molchi olingan elektr energiyasi va quvvati uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab u bo‘yicha haq to‘lashga majburdir. Bunda iste’molchi, tarif oshirilgan taqdirda, elektr energiyasining to‘lov kunidan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun avans tarzida haq to‘langan miqdori uchun qo‘shimcha to‘lovlardan ozod qilinadi. O‘z tarmoqlari orqali subiste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib beruvchi iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini, subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, elektr energiyasining umumiy (yig‘ma) miqdori bo‘yicha tuzadilar. Iste’molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo‘llanishdan tashqari). Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchiga (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o‘zaro kelishgan elektr energiyasi yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda yetkazib berishga majburdir. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar bajarilgandagina shartnoma tuzadi. Elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”da belgilab berilgan. Mazkur texnik shartlar bajarilganidan so‘ng elektr energiyasini istemolchilarga uzatishga ruxsat beriladi. Iste’molchilarning (oldindan foydalanilayotgan uy-joylarda ulanayotganlaridan tashqari) barcha yangidan ulanayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan elektr qurilmalari Elektr qurilmalarini tuzilishi qoidalariga, shahar qurilishi me’yorlari va qoidalariga, berilgan texnik shartlarga muvofiq bajarilishi va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari hamda texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat olish va kuchlanishni iste’molchilarga uzatish tartibi va qoidalari “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”da keltirilgan. Tomonlarning elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik holati yuzasidan javobgarligi ham “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” asosida tartibga solinadi. Elektr uskunalarining holati, foydalanilishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan iste’molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi elektr uskunalarining balans bo‘yicha mansubligi bilan belgilanadi va bu elektr ta’minoti shartnomasiga ilova qilinadigan elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligini va tomonlarning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha javobgarligini chegaralash dalolatnomasida qayd etiladi. Elektr tarmoqlari va uskunalariga xizmat ko‘rsatish chegaralarini va ularning holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining vakillari tomonidan imzolanadi. Iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan energiya hajmini aniqlashda elektr energiyasini hisobga olish priborlaridan foydalaniladi va ularni o‘rnatish va ularni ekspluatatsiya qilish ishlari “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” asosida tartibga solinadi. Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob qilishda iste’molchilar majburiy tartibda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bilan, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan iste’molchilar esa - Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan ko‘p funktsiyali elektron hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari ko‘rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining ta’sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bo‘lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga hamda iste’molchilar va subiste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi. Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minotining bitta manbaidan ta’minlanganda tegishli hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun alohida o‘rnatilishi lozim . Hisobga olish priborlari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va energiyani o‘lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o‘rnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak. Hisobga olish priborlari, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va tizimlari o‘z balansida bo‘lgan korxona javob beradi. Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, ko‘p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida ob’ektlarda o‘rnatiladi. Ko‘p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida hisobga olish priborlari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan joylarda o‘rnatiladi. Har bir xonadonga o‘rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlari o‘rnatiladi. Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo‘ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchining mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o‘tkaziladi va o‘rnatiladi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va plombalanadi. Hisobga olish (tok va kuchlanishni o‘lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yo‘qolishi) iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda hisobga olish priborlarini almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslashidan o‘tkazish va o‘rnatish, shu jumladan ulash bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasining xizmatlariga haq to‘lash iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Iste’molchi o‘lchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini hamda o‘z balansida bo‘lgan va o‘zi foydalanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini ta’minlashi shart. Shartnoma bo‘yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuvchi iste’molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko‘rgan taqdirda, elektr tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuklanadi. Hisobga olish priborlarida: -kojuxlar mahkamlangan joyida, to‘lov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarida esa - alohida ajratilgan joylarda "O‘zstandart" agentligining yoki uning hududiy bo‘linmasining belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak; -hisobga olish priborining klemmnik qopqoqlarida, shuningdek sinov bloklarida, o‘tuvchi klemmniklar qopqoqlarida, kuchlanishning ajratuvchi o‘lchov transformatorlari simlarida - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining (yoki uning vakolatli xizmatlarining) belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak. Hisobga olish priborlarini va o‘lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazish "O‘zstandart" agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili bilan birgalikda iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi kerak. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili o‘zida tegishli amal qilish muddati ko‘rsatilgan, o‘z nomi yozilgan guvohnomasi bo‘lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida, jihozlar ko‘rsatkichlarini yozib olish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari va sxemalarini to‘sqinliksiz borib ko‘rish huquqiga ega. Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish faqat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining roziligi bilan amalga oshiriladi. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‘zgartirish yoki uning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ishlarni bajarish uchun iste’molchi, ishlarni boshlashdan oldin, bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling