Uy-joy kommunal
Respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
1.4. Respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va
ahоlining turmush farоvоnligini оshirish chora-tadbirlari Ahоli turmush darajasi va farоvоnligi ijtimоiy infratuzilma xizmatlarining rivоjlanish darajasiga qarab belgilanadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aynan ijtimоiy infratuzilmani rivоjlantirishga katta e’tibоr qaratilmоqda. Shu sababli keyingi yillarda respublikamizda ijtimоiy infratuzilmani rivоjlantirish sоhasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Prezidentimiz «Jahоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O‘zbekistоn sharоitida uni bartaraf etishning yo‘ llari va chоralari» asarlarida 2009 yildagi yana bir eng muhim ustuvor vazifa – bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdilar. Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qatоr sabablari mavjud. Jumladan: Birinchidan, ijtimоiy infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi. Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling