Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
Download 332.96 Kb. Pdf ko'rish
|
182-сон 25.03.2020
Oldingi
tahrirga qarang. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya to‘lovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. (5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14- oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931- son) 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini ko‘rsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda e’lon beradi. 7. Ariza beruvchining taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi: Oldingi tahrirga qarang. o‘rganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — Davlat soliq qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalari; (7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14- oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931- son — 2022-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. o‘rganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari. (7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14- oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931- son — 2022-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi) 8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha to‘lanadi. Download 332.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling