Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya
-bob. Mas’ul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash
Download 332.96 Kb. Pdf ko'rish
|
182-сон 25.03.2020
3-bob. Mas’ul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash
tartibi 14. Davlat xizmatlari markazi so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga elektron tarzda yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma avtomatik tarzda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga yuboriladi. Ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunda ariza beruvchi boshqa hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali ariza topshirgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi bir ish kuni mobaynida arizani fuqaro ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi komissiyaga yuboradi. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilishga subsidiya ajratish uchun kelib tushgan arizalar fuqaroning mulk huquqi asosida mavjud bo‘lgan qurish va rekonstruksiya qilinishi lozim bo‘lgan uy-joyi joylashgan hududdagi komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizani mas’ul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqish faqat anketa- arizada ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. 15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi. Mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash uchun mas’ul xodim ichki buyruq asosida biriktiriladi. Biriktirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi. Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni: tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini; davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi. Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi; tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini; tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son — 2022-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 15 . Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi: ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi; ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi; ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi. (15 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son — 2022-yil 1- dekabrdan kuchga kiradi) 16. Agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob- kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin. 1 1 17. YIDXPda mas’ul tashkilotlar o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra kiritilgan ma’lumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar ko‘rinishida baholanadi. 18. YIDXPda mas’ul tashkilotlarning baholash natijalari komissiya kotibiga yuboriladi. 19. Tuman (shahar) hokimlari va komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari komissiyaning samarali va qonuniy faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi. Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari hisobot oyidan keyingi oyning 5- kunidan kechiktirmagan muddatda komissiya tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish holati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlariga tizimli ravishda ma’lumot kiritib boradi. Download 332.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling