"UY. Odam. Daraxt " metodikasi


Download 320.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.11.2023
Hajmi320.64 Kb.
#1752154
1   2   3   4   5   6
Keng qishloq uyi – o‘z oilasiga ega bo‘lish, farzand o‘stirishga, o‘z hayotiy 
maydonini kengaytirishga intilish. Uy atrofida devor, to‘siqlar qanchalik past 
bo‘lsa, bu odamning boshqalar bilan muloqotga ehtiyoji, ularga ishonchi 
shunchalar yuqori.
Turli qurilishlar – uy sohibiga qaratilgan agressiya yoki subyekt fikricha 
soxta va madaniy standartlarga nisbatan isyonni bildiradi.
Deraza yoki darcha eshiklari yopiq – subyekt shaxslararo munosabatlarga 
moslashishga qodir.


Yo‘lakcha (mutanosib, erkin chizilgan)shaxs boshqalar bilan 
munosabatga kirishganda xushmuomalalik va o‘z xulq-atvori ustidan nazoratni 
namoyon etadi.
Juda uzun yo‘lakcha – yanada adekvat ijtimoiylashish ehtiyoji bilan 
kechadigan kamsuqumlik.
Boshlanishdan keng, uyga yaqinlashganda torayadigan yo‘lakcha – 
yuzaki do‘stonalik orqali yolg‘izlik istagini yashirishga intilish. 
Teshik-tuynuksiz devorga olib boruvchi zina – voqelikni to‘g‘ri 
baholashga ziyon yetkazadigan nizoli vaziyatni ifodalaydi. Subyektning 
dimog‘dorligi (holbuki, uning o‘zi chin ko‘ngildan suhbatlashishni istashi 
mumkin).
Devorlar 
Orqa devor, boshqa tomondan tasvirlangan, g‘ayrioddiy joylashgan – 
o‘z-o‘zini nazorat qilishga ongli urinish, o‘zaro kelishuvga moslashish, shu bilan 
birga kuchli dushmanlik g‘arazi ham mavjud. 
Orqa devor konturining nisbatan qalinligi (yorqinroq, boshqa 
qismlarga taqqoslaganda) - Subyekt voqelik bilan aloqalarni saqlab qolishga 
intilmoqda.
Devor, uning asosini yo‘qligi – voqelik bilan sust aloqa (agar rasm pastda 
joylashgan bo‘lsa).
Asosining konturiga urg‘u berilgan devor - Sube’kt nizoli tendensiyalarni 
siqib chiqarishga harakat qilmoqda, qiyinchilik, xavotirni his qilmoqda.

Download 320.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling